1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi


Download 74.79 Kb.
bet9/15
Sana06.05.2023
Hajmi74.79 Kb.
#1434127
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot

Turkistoi muxtoriyatining muvaqqat hukumati nomidan uning a’zolari: M. Tinishboyev, M. Cho‘qayev, U. Xo‘jayev, Yu. Agayev, O. Mahmudov, A. O‘razayev, I. Shoahmedov, S. Gersfeld imzosi ostida xalqqa qarata murojaat qilindi. Murojaatnoma “Ulug‘ Turkiston” (1917-yil 8-dekabr)da e’lon qilingan.

Murojaatda ko‘p millatli Turkiston xalqining istagiga muvofiq demokratik inqilobning ulug‘ asoslari bo‘lmiga xalqlarning ozodligi, millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashini amalga oshirish maqsadida Turkiston umummusulmonlarining favqulodda O‘lka qurultoyi Turkistonni Rossiya Federativ Respublikasi tarkibidagi muxtor respublika, deb e’lon qilgani qayd etilgan.

Fitrat Turkiston muhtoriyati haqida quyidagi fikrlarni bildirgan “ellik-yildan beri shundayin haqsizliqlar va zulmlar orasida boʻgʻulib kelgan Turkiston bukun oʻz muxtoriyatini Hoʻqandda e’lon qildi. Hoʻqandda ijtimoʻ etgan Turkistonning toʻrtinchi qurultoyi oʻz bayonnomasinda Fedaratsa asosiga qurulgʻan Rusiya jumhuriyati ila birlikda qolgʻani holda Turkiston muxtoriyati degan soʻzni yozib, rus hukumatigʻa sodiq qoldigʻini bildurdi Shuning ila barobar Turkistonda aqliyat tashkil qilgʻan millatlarning huquqtarining har jihatdan saqlanmogʻini ham tantanali suratda e’lon etilib, adolat bayrogʻini koʻtardi”.

O‘lkadagi jamiki uyushmalar oldida turgan muhim va mas’uliyatli masalalarni e’tiborga olib, Turkistonda yashayotgan turli millatlar ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyot darajalarini hisobga olib va ular o‘rtasida do‘stlikni ta’minlash uchun, o‘lkaning hamma joylarida tartib va intizom joriy etish maqsadida o‘lka musulmonlar qurultoyi muvaqqat Turkiston xalqi Sho‘rosi (Millat majlisi)ni sayladi. Mazkur sho‘ro hay’ati Turkiston muxtoriyatining Muvaqqat hukumatini tashkil qildi, deyilgan edi murojaatnomada. Umummusulmonlar o‘lka qurultoyi birlik, hurriyat, tenglik asoslarini tasdiqlagan. Turkistonning barcha fuqarolarini, musulmonlarini, rus , ishchi, askar va yevropalik dehqonlarni, o‘lkada yashovchi hamma elat, xalqlarni, shahar va zemstvo idoralarini, barcha davlat mahkamalarini, umumiy va xususiy muassasalarini e’tirof etib, ularga o‘z zimmalariga olgan og‘ir vazifalarini hal etishda yordam berilishi ham shu murojaatda ko‘rsatilgan.


Download 74.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling