1 Turkiy tillarda ohangdoshlik (singarmonizm) hodisasi va uning mohiyati


Download 103.51 Kb.
bet1/3
Sana17.01.2023
Hajmi103.51 Kb.
#1097784
  1   2   3
Bog'liq
TIPALOGIYA

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI AMALIY FILOLOGIYA FAKULTETI KOMPYUTER LINGVISTIKASI YO’NALISHI TILLAR TIPALOGIYASI Bajardi: Abduqodirova Zuhra Tekshirdi: Muhammadiyeva Dilfro’z

REJA:

  • 1. . Turkiy tillarda ohangdoshlik (singarmonizm) hodisasi va uning mohiyati.
  • 2.Undoshlar geminatsiyasi haqida umumiy tushuncha.
  • 3. Turkiy tillarning undoshlar tizimidagi asosiy xususiyatlari.

Turkiy tillarda singormanizm

  • Turkiy tillardagi singarmonizm -hodisasi oldingi bo‘g‘in (yoki o‘zak)dagi unliga keyingi b o 'g 'in (yoki bo‘g'inlar)dagi unlilar, ba’zan undoshlarning artikulyatsiya o'rni va usuliga ko'ra moslashuvidir. A.M. Sherbak ta’kidlaganidek,
  • bir bo'g'inli so'zlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil bo'lib, ko‘p bo‘g ‘inli so'zlardagi keyingi unlilar esa birinchi bo'g'inga muvofiqlashadi. Masalan, bar -gan -lar, kol-ga (o‘zbek tili qipchoq shevalari), yuksaltmak (ozarbayjon tili). Singarmonizmning bu ko‘rinishi - palatal yoki tanglay singarmonizmida birinchi bo‘g‘in unlisi mustaqil bo'lib, keyingi bo‘g‘indagi unlilar unga tobe bo'ladi, ya’ni birinchisiga moslashadi. Palatal yoki tanglay singarmonizmi qadimiy bo'lib, turkey bobo til davriga oiddir. Turkiy tillar oilasiga mansub bo'lgan hozirgi uyg'ur tilida singar- monizmning boshqa ko'rinishi ham mavjud. Bu tilning o'ziga xos xususiyati asl turkiy bir bo'g'inli so'zlarda (ba’zan ko'p bo'g'inli so'zlarda ham) keyingi bo'g'indagi tor i unlisi ta’sirida undan oldingi bo'g'indagi keng a unlisi torayadi va e tovushiga o'tadi: bas-besi, bala-belesi. Bu hodisa teskari singarmonizm deb ataladi. Teskari singarmonizm, uyg'ur tilidan tashqari, o'zbek tilining Namangan va Uychi shevalarida ham uchraydi: belik “baliq ”, jeyim “joyim ”, temirj “toming”, yeyi "yangi”.

O 'zaklar tarkibidagi unlilar turkiy tillarda, b a’zan bir turkiy til doirasida ham, bir xil bo'lavermaydi: ayni bir so'zning birinchi bo'g'inida bir turkiy tilda yoki shevada oldingi qator unlisi, ikkinchi turkiy tilda ( shevada ) orqa qator unlisi kelishi mumkin. Bunday hodisa turkologiyada singarmonistik variantlar deb yuritiladi. Masalan, qadimgi uyg‘. turna - tirna, qirg' .comul - cotnul, qoz. say-say, ozarb. okuz-dkuz.

  • O 'zaklar tarkibidagi unlilar turkiy tillarda, b a’zan bir turkiy til doirasida ham, bir xil bo'lavermaydi: ayni bir so'zning birinchi bo'g'inida bir turkiy tilda yoki shevada oldingi qator unlisi, ikkinchi turkiy tilda ( shevada ) orqa qator unlisi kelishi mumkin. Bunday hodisa turkologiyada singarmonistik variantlar deb yuritiladi. Masalan, qadimgi uyg‘. turna - tirna, qirg' .comul - cotnul, qoz. say-say, ozarb. okuz-dkuz.
  • Turkiy tillarda dastlabki bo'g'indagi unlilarning lablanishi natijasida keyingi bo'g'indagi unlilar ham lablanadi: qirg1. kollarda, alt. kalda, yoq. qorobun "ko'ryapm an”; turuoxput "turamiz”, ogolar “bolalar”, qirg'. quldor “qo'llar”, turk. kolu “q o 'li” .Turkiy tillardagi labial singarmonizm unli hosil bo'lishida labning ishtirokiga asoslanadi: o, 6, u, ii unlilari lablangan, a, a, 1, i, unlilari lablanmagan unlilardir. Labial singarmonizm, ayniqsa, qirg'iz tilida yaqqol ifodalanadi: duioloro “tuyalarga”, oglonloro “o'g'illarga”, qopoloq “kapalak”, tun do “tunda”, koldomnuzdim
  • “qo'llaringizdan” .

Download 103.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling