1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim?


Moliyaviy rejalashtirishda normativ metoddan qanday holatlarda


Download 284.38 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi284.38 Kb.
#1413027
1   2   3
Bog'liq
29 VariantMoliyaviy rejalash Yakuniy Nazorat

2. Moliyaviy rejalashtirishda normativ metoddan qanday holatlarda
foydalaniladi?
Shuningdek, davlat byudjeti loyihasini tuzishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi: • iqtisodiy tahlil usuli – bu usuldan foydalangan holda o‘tgan yilgi davlat byudjetining bajarilish darajasi aniqlanadi va joriy yil uchun davlat byudjetining bajarilish darajasi o‘rnatiladi, farqlarning sabablari aniqlanadi; • normativ usul – bu usulning asosida davlat tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning birligiga to‘g‘ri keluvchi moliyaviy xarajatlarning normativi yotadi. Natural birlikni normativga ko‘paytirib har bir bosh taqsimlovchi, taqsimlovchi va davlat byudjeti tashkiloti bo‘yicha mablag‘ xarajatlarining summasi aniqlanadi. • ekstrapolyatsiya usuli – unga ko‘ra oldingi yillarning hisobot ma’lumotlari dinamikasi asosida moliyaviy ko‘rsatkichlar aniqlanadi va ular kelgusi yil uchun ekstrapolyatsiya qilinadi.
Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini
normativ usul tashkil etadi. Unga ko‘ra aylanma mablag‘larning
normativi belgilanadi, transport, sug‘urta, tayyorgarlik, texnologik,
joriy zaxiralarni ham qo‘shgan holda zaxiralar normalashtiriladi,
moddiy resurslarning barcha ko‘rinishlari, tugallanmagan ishlab
chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar
normasi o‘rnatiladi.


Normativ (me’yoriy) usul o’rnatilgan iqtisodiy norma va normativlardan foydalanishni talab etadi.


normativ metod - bu metodning asosida davlat tomonidan
taqdim etilayotgan xizmatlarning birligiga to'g'ri keluvchi moliyaviy
xarajatlarning normativi yotadi. Natural birlikni normativga
ko'paytirib har bir bosh taqsimlovchi, taqsimlovchi va byudjet
tashkiloti bo'yicha mablag' xarajatlarining summasi aniqlanadi.

Rejani texnik-iqtisodiy jihatdan asoslashning eng muhim asoslaridan biri bu normativ usuldir. Rejalashtirish jarayonida iqtisodiy normativlarning roli beqiyos. Ular yordamida rejalashtirilayotgan davr sharoitlarini (mahsulot berish topshiriqlari, narx, foydadan byudjetga ajratma, ish haqi fondlarini tashkil etish normativlarini) oldindan bilgan holda korxonalar jamoalari ishlab chiqarishni o’stirishning yuksakroq sur’atlarini, uning samaradorligini ancha oshirishni ta’minlaydigan rejalarni ijodiy tarzda, barcha imkoniyatlarni oshkora qilishdan cho’chimasdan tuza oladilar.


Normativ usulning mohiyati shundan iboratki, unda reja ko’rsatkichlari rejali norma asosida aniqlanadi. Bu usul yordami bilan ishlab chiqarishdagi ilg’or tajribalarni umumlashtirishning barcha bo’g’inlaridagi balanslari (mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ishchi kuchi, moddiy va moliyaviy balanslari)dan keng foydalanishni nazarda tutadi.
Rejalashtirishda norma va normativlarning uch guruhi: iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik guruhlaridan foydalaniladi.
Iqtisodiy normativlar resurslardan foydalanish samaradorligini eng past mumkin bo’lgan miqdorini ifodalaydi.
Masalan, rejalashtirish va prognozlashda kapital mablag’lardan foydalanishning normativ koeffitsienti (En) ko’rsatkichidan keng foydalaniladi. Faraz qilaylik, rejalashtirishda uning miqdori En = 0,15 kesimida belgilanadi.
Bu milliy iqtisod rivojiga sarflangan mablag’larning har bir so’mi 15 tiyin bilan qaytishi kerak. Shunday bo’lsa, sarflangan kapital mablag’ taxminan 7 yilda o’zini to’la qoplaydi. Agarda u har yili 15 tiyindan kam tejam keltirsa, kapital qo’yilmalar (investitsiyalar) samarasiz foydalanilganligini anglatadi.
Ijtimoiy normativlar jamiyat va uning a’zolari ehtiyojlari muayyan davrga qondirilishining mumkin bo’lgan darajasini, insonning tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro aloqasi xarakterini belgilaydi. Ayrim mahsulot turlarining bir kishi tomonidan iste’mol qilinishi normasi ijtimoiy normativlar namunasidir. Masalan, bir kishining bir yilda oyoq kiyimiga bo’lgan iste’mol normasi 3,3 juft hajmida belgilangan. Texnologik normativlar chiqarilayotgan mahsulot birligiga resurslarining solishtirma sarfi miqdorini ifodalaydi. Masalan, 1kVt soat elektroenergiya ishlab chiqarishga sarflanayotgan Yonilg’i normasi, xom paxtadan paxta tolasini chiqarish normasi.

Download 284.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling