1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim?

Download 284.38 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi284.38 Kb.
#1413027
  1   2   3
Bog'liq
29 VariantMoliyaviy rejalash Yakuniy Nazorat

29-variant
1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok
etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim?
2. Moliyaviy rejalashtirishda normativ metoddan qanday holatlarda
foydalaniladi?
3. Jarayon sifatida strategik rejalashtirish qanday faoliyatni qamrab oladi?
1. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning o ’rnini to’liq idrok
etish uchun nimalarni atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim?
Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy
tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun tizimning
shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat
daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib
chiqmoq lozim.
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak.
Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy
mo‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko‘rsatadi. Shunga
mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy
tuzilmasi va hajmi moliyaviy tizim faoliyatining natijalarini o‘zida
aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida
o‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo‘qmi, degan savolning
javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini
aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo‘yicha
klassifikatsiya qilish mumkin.
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan
xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo‘lsa, u holda davlat pul
mablag‘lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o‘ziga xos tarzda
transformatsiyalashuvi sodir bo‘ladi va shu munosabat bilan
bunday xarajatlarni transformatsion xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
• davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy
ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar
uchun to‘lovlar, ishlab chiqarishga dotatsiya berish; davlat qarziga
xizmat ko‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu yerda
ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);
• davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining
asosiy kapitali va aylanma fondlarining o‘sgan qismiga
investitsiyalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet
kreditlari).
Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi
sharoitida transformatsion xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar
va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita o‘zgartiradiki,
bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir
vaqtning o‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pensiyalarni (yosh
bo‘yicha, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganda, alohida xizmatlari
uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini
yo‘qotganda, ishsizlik bo‘yicha) to‘lashga yo‘naltirilsa, u holda
davlat tomonidan mablag‘larni berishning o‘ziga xos tarzda
berilishi sodir bo‘lib, u transfert deb ataladi va bunda mablag‘lar
soliq to‘lovchilardan shu to‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va
mazkur operatsiyada uchrashuvchan xizmatlarning taqdim etilishi
sodir bo‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va
huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar iste’moli
berilishi kuzatiladi. Bu transfert xarajatlar jamiyatning jami
daromadini uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanishini o‘zgartiradi
(korrektirovka qiladi).
Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va
transfertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari)
bo‘linadiki, bunday bo‘linish takror ishlab chiqarish parametrlari
dinamikasiga moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir.
Shuningdek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy
daromadlar) va kapitalga (joriy qo‘yilmalar va investitsiyalar)
xizmat qilishi mezoni bo‘yicha ham klassifikatsiya qilinishi
mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni
iste’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga
imkon beradi.
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional
prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki
muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro
munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha
funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik,
tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu
narsaning o‘zi tizimlashtirilgan ko‘rinishda yo‘nalishlarning
ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish
jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan,
davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya,
tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar
olishga tegishli sharoitlarni yaratadi. Bu esa sotsial
munosabatlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlab, jami talabning
hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
• ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar
iste’moli qismiga nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning
barqarorligini ta’minlaydi;
• ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun
tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning
juda ko‘p segmentlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi;
• maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot
obyektlarining kengaytirilishi, uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari
bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirib
qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni
yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bo‘lgan predmetlar uchun
talabni oshiradi.
Bundan tashqari, davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar
xarajatlari bu o‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini
tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning
ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini
qo‘llab-quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol

ko‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi
jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xo‘jaligi
korxonalariga subsidiya va kredit berishda, infratuzilma
obyektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish
uchun qurol-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini va ular
bo‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor konyunkturasi keskin
o‘zgaradi. Yuqorida bayon etilgan xarajatlar hajmining
o‘zgartirilishi investitsiyalarning o‘lchamiga, jami talabning
hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.

Download 284.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling