4-ma’ruza. Moliyaviy funksiyalar bilan ishlash va ma’lumotlar jadvalini qurish
REJA:
1.Moliyaviy funksiyalar bilan ishlash va ma’lumotlar jadvalini qurish.
2.Ma’lumotlar jadvali asosida ma’lumotlarni qidirish, tahrirlash, saqlash.
3.Murakkab hisoblash ishlarini bajarish.
4.Moliyaviy hisoblashlarning modellari va metodlari
Moliyaviy-iqtisodiy hisoblashlarning modellari va metodlari
Excel ning moliyaviy funksiyalariga mos keluvchi klassik moliyaviy-iqtisodiy hisoblashlarda ishlatiladigan ba’zi tushunchalar, ta’riflar va metodlarni ko’rib chiqamiz.
Sonli moliyaviy analiz moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblashning modellari va metodlarini qo’llashni bildiradi. Moliyaviy hisoblash metodlari shartli ravishda ikkita kategoriyaga bo’linadi: asosiy va amaliy.
Moliyaviy hisoblashning asosiy metodiga quyidagilar kiradi:
to’lovni nazorat qilish bilan bog’langan operasiyalar asosi hisoblanuvchi oddiy va murakkab foizlarni aniqlash;
moliyaviy rentaning turli ko’rinishlarida qo’llaniladigan to’lovlar ketma-ketligini (oqimini) hisoblash;
Moliyaviy hisoblashning amaliy metodiga quyidagilar kiradi:
moliyaviy-kreditlash operasiyalari samaradorligini rejalashtirish va baholash;
sug’urta annuitetlarni hisoblash;
uzoq muddatli qarzdorlikni qaytarishni rejalashtirish;
ipoteka qarzlari va tadbirkorlik kreditlarini qaytarishni rejalashtiish;
qimmatli qog’ozli bo’yicha moliyaviy hisoblar;
lizingli, faktoringli va forfeytingli bank operasiyalari;
sarmoya loyihalarini rejalashtirish va analiz qilish va b.
Barcha moliyaviy hisoblarning ahamiyati pullarning vaqtinchalik qiymati, ya’ni vaqtning turli momentlarida pulning turg’unsizlik tamoyili hisoblanadi. Bugun olingan pul kelajakda shu pul ekvivalentiga mos ravishda olingan pulga nisbatan katta qiymatga ega deb hisoblanadi, ya’ni rejalashtirilayotgan pul hozirgi pulga nisbatan qadrsiz bo’ladi. Bu esa sarmoya chuun turli davrlarda olingan pul birligi kelajakda turli foyda keltirishini anglatadi.
Moliyaviy hisoblashlarning asosiy tushunchalariga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |