12.4. Ssenariyli yo’lni qo’llab ko’p variantli hisoblashlarni bajarish
Excel sohasida ssenariy deb o’zgaruvchan yacheykalar qiymatining nomlangan to’plamiga aytiladi.
Funksiya argumentlarining turli qiymatlarini berish asosida variantli moliyaviy hisoblashlar uchun Excel vositalarida ya’ni moliyaviy funksiyalar argumentlari hisoblanadigan yacheykalarga turli qiymatlarni berish orqali amalga oshirilgan ssenariyli yo’lni ishlatish maqsadga muvofiq.
Ssenariylarni ishlab chiqish uchun joriy ishchi varaqning ssenariylar ro’yxati berilgan Servis va Ssenarii buyruqlar menyusini ishlatib, Dispetcher ssenariyev (12.6, a-rasm) muloqot oynasini chaqirish kerak.
12.6-rasm. Dispetcher ssenariyev (a) va Dobavleniya ssenariya (b) muloqot oynalari
Ochiq kitoblarda yoki joriy ishchi kitobning boshqa varaqlarida joylashgan ssenariylarni birlashtirish uchun [Obyedinit] tugmasi bosiladi va Dobavleniye ssenariya oynasini ochiladi (12.6, b-rasm).
Bu holda Nazvaniye ssenariya maydoniga belgilar ketma-ketligini berib, yangi ssenariy nomi kiritiladi, bunda nom uzunligi 255 belgidan oshmasligi kerak. Ishchi varaqda qiymati o’zgaradigan yacheykalar (qo’shni bo’lishi shart emas) belgilanadi.
Odatda bu yacheykalar funksiyani hisoblash uchun argumentlardan (boshlang’ich qiymatlar) iborat bo’ladi.
Qo’shni bo’lmagan yacheykalar [Ctrl] tugmasi bosib turilgan holda belgilanadi.
Bitta ishchi varaqning turli ssenariylari uchun o’zgaruvchan yacheykalar tarkibi o’zgarishi mumkin.
Bu turli moliyaviy funksiyalar uchun bitta ishchi varaqda argumentlarni tayyorlash va variantli hisoblashlarni bajarish imkonini beradi.
Primecheniye maydoniga ssenariyni tushuntiruvchi matnni yozish mumkin. Jimlik qoidasiga ko’ra bu yerga foydalanuvchi ismi va ssenariyni yaratish sanasi kiritiladi. Foydalanuvchi ismini Servis va Parametrы buyruqlari, Obщiye vkladkasi va Imya polzovatelya maydoni yordamida o’zgartirish mumkin.
[Zapretit izmeneniya] pereklyuchateli yordamida o’zgaruvchan yacheykalarning qiymatini tahrirlashdan himoyalash amalga oshiriladi. [Skrыt] pereklyuchateli ssenariy nomini ro’yxtda ko’rsatmaslikka ruxsat beradi, ya’ni u vaqtincha nofaol bo’ladi.
[OK] tugmasi bosilgandan keyin o’zgaruvchan yacheykalar qiymatini kiritish uchun muloqot oynasi paydo bo’ladi (12.7-rasm).
Ma’lumotlar kiritib bo’lingandan keyin yangi ssenariyni shakllantirish mumkin ([Dobavit] tugmasi bilan asosiy Dobavleniye ssenariya oynasiga o’tish yoki [OK] tugmasi yordamida ishni tugatish va Dispetcher ssenariyev oynasiga o’tish mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |