Dispetcher ssenariyev oynasida aniq ssenariylar bo’yicha o’zgaruvchan yacheykalar qiymatining natijasini ko’rish uchun ro’yxatdan kerakli ssenariy nomi tanlanadi va [Vыvesti] tugmasi bosiladi.
Excel tizimi ssenariyning o’zgaruvchan yacheykalari qiymatini qo’yishni bajaradi va funksiya qiymatini hisoblaydi.
Barcha o’zgarishlar ishchi varaqning ssenariyning formulalar va o’zgaruvchan yacheykalaridan iborat yacheykalarida tasvirlanadi, bunda yana hisoblashning yangi natijalari ham chiqariladi.
[Zakrыt] tugmasi Dispetcher ssenariyev oynasidan chiqishni ta’minlaydi, bunda o’zgaruvchan yacheykada ssenariyni ko’rishda oxirgi qatnashgan qiymat saqlanadi. [Otchet] tugmasi bosilganda yakuniy hisobot turini tanlash uchun muloqot oynasi ochiladi.
Bu oynaning Yacheyki rezultata maydonida ssenariyning o’zgaruvchan yacheykalariga bog’liq qiymatlardan iborat yacheykalar manzili ko’rsatiladi.
Yakuniy hisobtlarning ikki turini shakllantirish mumkin, aynan:
ssenariy yakuni – har bir ssenariy uchun o’zgaruvchan yacheykalar tarkibi va tanlangan hisblanuvchi yacheykalar qiymatidan iborat jadvalli hisobot;
yig’ma jadval – o’zgaruvchan yacheykalarda qiymatlarni qo’yish natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |