1 Tursunhodjayeva Sh. Z. – Tmi, talaba


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana10.11.2021
Hajmi0.76 Mb.
#173383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Risk menejmentining nazariy asoslari

www.interfinance.uz 

                                                                                                                       

2

 

konsepsiyasi”,  E.Xolms  ning  “Risk-menejment”  va  boshqalarning  ilmiy  tadqiqot 



ishlarida o’z ifodasini topgan bo’lib, risk tushunchasiga, ya’ni, kompaniyaning risk-

menejmenti asosida yotuvchi: istalgan natijadan o’gishuvchi risk-yoqotish, risk-imkon, 

risk-chetlanish  kabi  yondoshuvlarga  ega  bo’lgan  turlicha  qarashlar  va  paradigmalar 

borligini ko’rsatadi.  

Shunga ko’ra, Rossiyalik iqtisodchi olim V.T.Sevruk riskka quyidagicha ta’rif 

beradi:  “Risk  –  bu  zarar  ko’rish  yoki  manfaatni  qo’ldan  chiqarish  bilan  bog’liq 

ehtimollar o’lchovidir”. Professor V.M.Usoskin o’zining “Zamonaviy tijorat banklari” 

nomli izlanishida “Risk doimo noaniqlik bilan kelib, oxiri o’z navbatida oldindan ko’ra 

bilish  yoki  mumkin  bo’lmagan  voqealar  bilan  bog’liq  bo’ladi”[1],  deb  izoh  beradi. 

Agar  iqtisodiy  adabiyotlarda  berilgan  ta’riflarni  umumlashtirilsa  quyidagi  ma’noni 

olish  mumkin:  Risk  –  bu  iqtisodiy  kategoriya  bo’lib,  u  jamiyatning  rivojlanishidagi 

ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda aniq bir yechimga ega bo’lmagan holatning miqdor va 

sifat  jihatdan  qo’shimcha  daromad  ko’rish  yoki  ma’lum  zarar  ko’rish  ehtimoliga 

aylanishi mumkin bo’lgan voqelikdir. 

Risk  –  bu,  miqdor  va  sifat  jihatdan  yoqotishlar  ehtimolini  ko’rsatsa,  unga 

hayotning har bir jabhasida duch kelishimiz hech kimga sir bo’lmay qoldi. Xususan, 

risk  iqtisodiyot  subyektlari  oldida  yechimi  topilmagan  muammolardan  bo’lib 

hisoblanishi,  unga  bo’lgan  e’tibor  yildan  yilga  ko’payotganligidan  dalolat  beradi. 

O’zbekistonda risk-menejmenti standarti mavjud emas, uni milliy iqtisodiyotga tatbiq 

etishdan  oldin,  xalqaro  andozalarni  ko’rib  chiqqan  ma’qul  hisoblanadi,  zero 

“Tayyoriga qarab to’n bichish” ham oson, ham qulay va eng asosiysi, vaqtni va pulni 

tejaydi.  Bu  o’z  navbatida  yo’limizni  oydinlashtiradi,  chunki  xalqaro  standartlar 

yuqoridagi savollarga to’liq javob bera oladi! 

Birinchi  navbatda,  moliyaviy  risk  menejmentining  alohida  faoliyat  sohasi 

sifatida  paydo  bo’lish  va  rivojlanishi  bosqishlarini  ko’rib  o’tadigan  bo’lsak,  u  risk 

sohasining o’ziga qaraganda uncha uzoq bo’lmagan, ya’ni taxminan 40 yillik tarixga 

ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu sohani paydo bo’lishi 1973-yildagi 3 ta muhim 

voqeiliklar bilan bog’liq: 

-  Qat’iy  belgilangan  valyuta  kurslar  siyosatining  tugashi  (Bretton-Vuds 

tizimining qulashi); 

-  Chikago opsionlar birjasi ish faoliyatini boshlanishi (Chicago Board Options 

Exchange); 

-  Amerika  iqtisodchilari  Blek,  Shoulz  va  Mertonlarning  opsionlar  qiymatini 

hisoblash modeli (yevropacha) nashr etilishi. 

Moliyaviy-risk menejmenti rivojlanishi, asosiy moliyaviy risklarni baholashning 

yangi metod va yondoshuvlari shakllangan 3 bosqichdan o’tdi, ular: 

Birinchi  sifat  bosqichi,  moliyaviy  risklarni  baholash,  nazorat  va  boshqaruvi 

metodologiyasi  sohasidagi,  1980-yillar  oxiri  –  1990-yillar  boshidagi  risk  me’yori 

qiymati  modeli VaR (Value-at-risk, “riskdagi qiymat”) paydo bo’lishi bilan bog’liq. 

VaR  moliyaviy  instrument  bilan  egalik  qilgandagi  yo’qotishning  mutloq  maksimal 

hajmini  ko’rsatadi.  VaR  ko’rsatkichi  birinchi  navbatda,  yirik  moliyaviy  institutlar 

tomonidan ma’qullangandan keyin, moliya bozori boshqaruvchilari tomonidan e’tirof 

etilgan.  Bunda  ehtimol  so’ngisi  bo’lib,  1994  yilda  J.P.  Morgan  banki  tomonidan 



“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2018 йил 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling