1 Tursunhodjayeva Sh. Z. – Tmi, talaba


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana10.11.2021
Hajmi0.76 Mb.
#173383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Risk menejmentining nazariy asoslari

www.interfinance.uz 

                                                                                                                       

3

 

RiskMetrics  tiziminida  risklarni  boshqarish  metodologiyasini  ochilishi  bo’ldi. 



Shunday qilib, moliyaviy risk-menejment sohasidagi birinchi sifatiy yuksalish bozor 

riskini baholash, nazorat va boshqarish bilan bog’liq bo’ldi. 

Moliyaviy risk-menejmentni rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1990-yillarning 

ikkinchi  yarmiga  to’g’ri  kelib,  kredit  riskini  baholash  va  nazorati  bilan  bog’liq.  Bu 

yerda ham J.P. Morgan banki o’zining bozor riskini baholash va nazorat metodi bilan 

ssuda portfelining kredit riskini baholashi metodini umumlashtirib namoyon qilishi va 

1997-yilda  bank  tomonidan  ishlab  chiqilgan  CreditMetrics  tizimi  risk  qiluvchilarda 

bozor va kredit riski oqibatlarini ehtimoliy yoqotishlari ko’rsatkichini integral hisoblab 

chiqish  imkoniyati  paydo  bo’ldi.  Bu  birinchi  marta  ,moliyaviy  risklarda  qo’llash 

mumkin bo’lgan, integratsiyalashgan risk-menejmenti haqida gapirishga imkon berdi.  

Uchinchi  bosqich  1990-yillar  oxirida  boshlandi  va  yildan-yilga  jarayon 

rivojlanib bordi. Bu bosqich oldingi bosqichlarga nisbatan, klassik moliyaviy risklarga 

emas,  bevosita  operatsion  risklarga  aloqadorligi  bilan  ajralib  turadi.  Hozirgi  vaqtda 

moliya bozori qatnashuvchilari operatsion risk baholashga umumiy “operatsion VaR” 

kabi,  miqodoriy  yondoshuv  ishlab  chiqishga  harakat  qilmoqdalar.  Bu  operatsion 

risklarni  miqdoriy  nazorati,  moliyaviy  risklarni  nazorati  bilan  birgalikda  qimmatli 

qog’ozlar  bozori  professional  ishtirokchilariga  qabul  qilinayotgan  risklarni  to’liq 

baholashga erishish imkoniyatini beradi deb hisoblamoqdalar. 

Oxirgi 40 yilda moliyaviy risklarni baholashni 4 ta asosiy yo’nalishlarini ajratib 

ko’rsatish mumkin, bular: 

Sezgirlik tahlili – tashqi omillarning o’zgarishiga sezgirlik tadqiqotini ssenariy 

metodi 


Tebranuvchanlik  (волатильность)  tahlili  -  umumiy  ko’rsatkichga  nisbatan 

kutilgan qiymatning o'zgarish o'lchovini o'rganish; 

Negativ risk tahlili (downside risk). VaR metodi boshqa risk tahlili metodlariga 

qo’shimcha  tarzda  qo’llaniladi.  Bundan  tashqari,  LVaR  va  SaR  metodlari  ham 

mashhur. 

Nisbiy tahlil - benchmark bilan taqqoslash orqali riskni ko'rib chiqadi (tanlangan 

indeksda). 

Ohirgi 25 yilda risklarni boshqarish sohasida revolyutsion o’zgarish sodir bo’ldi: 

risk-menejment  faqatgina  moliyaviy  korporatsiyalarda  emas,  balki  iqtisodiyotning 

boshqa  sektorlarida  ham  qo’llanila  boshlandi.  Risklarni  boshqarishdagi  yangi 

paradigmasi, kompaniyalar, holdinglar va iqtisodiyotning butun tarmoqlari risklarini 

boshqarishda  aniq  operatsiya  va  faoliyat  sohalari  bo’yicha  tor  doirada  qismli 

yondashuvidan kompleks boshqaruvga o’tishni ko’zda tutadi (1-rasm). 

 

1-rasm. Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi[7] 




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling