1. Tushunchaning turlari va ular o`rtasidagi munosabatlar. Tushunchalar ustida bo`ladigan mantiqiy amallar
Download 69.41 Kb.
|
Tushuncha hukm va xulosaning fikr teranligining ta\'minlashdagi roli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
3. Oddiy va murakkab hukmlar.
Biz shu vaqtga qadar, sodda hukmlar, ya'ni bir sub'ekt va predikatdan iborat bo’lgan hukmlar ustida fikr yuritdik. Agar hukm tarkibida birdan ortiq sub'ekt va predikat bo’lsa, u murakkab hukm xisoblanadi. Mantiqiiy munosabatiga qarab murakkab hukmlar uch asosiy qismga, ya'ni qo’shuvchi (kon'yunktiv), ayiruvchi (diz'yunktiv), shartli (implikativ), va ekvivalentlik hukmlarga ajraladi. a) qo’shuvchi (kon'yunktiv) hukmlar. Ikki yoki undan ortio` sodda hukmlarning «va» bog’lovchisi yordamida qo’shiluvidan tashkil topgan murakkab hukmlar qo’shiluvchi (kon'yuktiv) hukmlar deb yuritiladi. qo’shuvchi murakkab hukmlar formal mantiq fanida qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: p(q Masalan, Alisher Navoiy va Z.M. Bobur o’zbek mumtoz adabiyoti vakillaridir. P q
b) Ayiruvchi (diz'yunktiv) hukmlar. Bunday hukmlarning sub'ekti yoki predikati bir necha narsalar, xodisalarni yoki ularning belgilarini ifodalashi mumkin. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi:pvq. Ayiruvchi hukmlar formulasi qo’yidagi shakllarda ifodalanadi: «S yoki R yoki R1 yoki R2 dir» Yoki «S yoki S1 yoki S2 – R dir». Birinchi shaklda bir sub'ekt va bir predikat bo’lsa, ikkinchi shaklda, aksincha bir necha sub'ekt va bir predikat bor. Bo’lingan hukmlarda sub'ektga ta'luqli bo’lgan predikatlar ba'zan o’zaro bog’langan va ba'zan esa bir-biriga zid bo’ladilar. P q
s) Shartli (implikativ) hukmlar asos va natija bog’lanishini shartli ravishda ifodalaydi. Bunday hukmlar o’z tarkibida bir necha sub'ekt va predikatga ega bo’lib, ma'lum bir buyumni tasdiq yoki inkor etadi. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi: R → q
Shartli hukm tasdiqlovchi bo’lsa: «Agar S – P bo’lsa, unda S1 – P1 dir» inkor etuvchi bo’lsa u « S – P bo’lmasa, S1 – P1 emas» formulasi bilan ifodalanadi va xokazo. Shartli hukmlar ham boshqa turdagi hukmlarga o’xshash chin yoki xato bo’lishi mumkin. Agar asos uchun keltirilgan shart natijasi extiyoj bilan bog’liq bo’lsa, u chin bo’la oladi. Agar shartli hukmda bir xodisaning ikkinchi bir xodisa bilan shartli munosabatda bo’lishi noto’g’ri aks ettirilsa, u xato bo’ladi. d) Ekvivalentlik hukmlar. Ekvivalentlik hukmlari “agar va faqat agar ... unda” mantiqiy bog’lovchisi yordamida ikki oddiy hukmlarning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Unda ikki holatning mavjud bo’lishi bir-biri uchun zarurat hisoblanadi. Ekvivalentlik hukmlar formulasi qo’yidagicha ifodalanadi: p(q P q
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi. Me’yor - predmet borlig‘ining chegarasi. U miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. Me’yor – bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur yetkazmaydi. Gegel fikricha, “Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir” Savol va javob orqali bilimlarimiz predmetlar haqida avval hosil qilingan hukmlardan ularni to’ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab boradi. Bu jarayon savolni qo’yish va javobni topish orqali amalga oshadi. Savollar so’roq gap orqali ifodalanganligi uchun hukmni ifodalamaydi. hukm predmet xaqidagi ma'lum bilimni qayd qilsa, savol uning yangi xossa va munosabatlarni aniqlashga qaratiladi.Savolning qo’yidagi xususiyatlari mavjud.Birinchidan,savolda ma'lum bir boshlang’ich bilim mavjud bo’ladi; ikkinchidan, savoldagi asosiy bilim noaniq bo’ladi; uchinchidan, savolda predmet haqida to’laroq bilimga ega bo’lish ehtiyoji bo’ladi. Demak, savol bilimdagi noaniqlikni yo’qotish hamda aniq va to’la bilim hosil qilishga qaratilgan fikrlash vositasidir.Savolning asosi (datum questioins ) unda mujassamlashgan bilimdir. Savolning qo’yidagi turlari mavjud: To’g’ri va noto’g’ri savol. Aniqlovchi va to’ldiruvchi savol. Oddiy va murakkab savol. Masala – savolning alohida bir turi bo’lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o’zgartirishni, yetishmayotgan ma'lumotlar bilan to’ldirishni, muhim jihatlarini ajratishni, muhim bo’lmaganlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi. Savol qo’yishning qoidalari: Savol til talablariga javob berishi kerak. Savol aniq va qat'iy ifodalanishi kerak. Savolning asosi chin hukmlardan iborat bo’lishi kerak. Javob – predmet haqidagi avvalgi qo’yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtirilgan yangi hukm. Javob savolni asosiga tayangan holda yangi bilim hosil qiladi. Javobni maqsadi savoldagi noaniqlikni aniqlashdir. Javobning turlari: Bevosita javob – savolda ko’rsatilgan noma'lum sohaga taaluqli mulohaza. Bilvosita javob – javobni qidirish sohasidan chetlashib, qo’shimcha ma'lumotlarga murojaat qilish orqali hosil qilingan mulohaza. To’liq javob – o’zida savolning barcha elementlari haqidagi bilimni mujassamlashtirgan mulohaza. To’liqsiz javob - o’zida savolning ba'zi elementlari haqidagi bilimni mujassamlashtirgan mulohaza. Chin javobdagi mulohazalar borliqqa muvofiq keladi. Xato javobdagi mulohazalar borliqqa muvofiq kelmaydi. qisqa javob “ha” yoki “yo’q” tarzidagi tasdiq va inkor shaklida bitta so’zdan iborat bo’ladi. Batafsil javob savolning har bir elementini takrorlaydigan mulohaza. Aniq javob – to’g’ri qo’yilgan savolga bildirilayotgan fikr bo’lib,undagi so’zlar mazmuni aniq bo’ladi. Noaniq javobda ikki xil ma'noni anglatuvchi so’zlar ishtirok etadi. Javobning to’g’ri bo’lishi qoidalari: Javob aniq varavshan bo’lishi kerak. Javob mantiqan ziddiyatsiz bo’lishi kerak. Javob yetarli asosga ega bo’lishi kerak. Javob savoldjagi noaniqlikni kamaytirishi kerak. Norma amalga oshirilishi lozim bo’lgan yoki istisno qilinadigan hatti-harakatlardir. Xulosa Tafakkur til bilan bog’liq bo’lganligi sababli hukm gap bilan bog’liq. hukm va gap aynan bir xil emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriya hisoblanadi. Barcha gaplar ham hukmni ifodalamaydi. So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq - ritorik) gaplar hukmni ifodalaydi. Masalan, “Onani kim sevmaydi?” so’roq gapi “Onani hamma sevadi” ma'nosidagi darak gap o’rnida ham kelishi mumkin. So’roq gaplarning asosiy maqsadi javob olishdir. Shuning uchun so’roq gaplar bir qator hukmlar yordami bilan ma'lum xabarni yetkazish usulidir. So’roq gapdagi «nima bo’ldi:?» so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. Bunday holat bo’lmaganda edi, so’roq ham ma'nosiz fikrga aylanar edi. Shuning uchun har bir so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida boshlang’ich xabar «nimadir bo’lganligi» va ikkinchisida aynan “qaysi hodisa bo’lganligi” haqidagi savol spetsifikasini tashkil etuvchi muaammo mavjud. Shunga o’xshash holat undov gaplarda ham mavjuddir. Fikrlash jarayonida turli xil savollarga bir xil gap shaklida javob beriladi. Shuning uchun bitta gap turli xil hukmlarni ifodalashi mumkin. Bundan tashqari hukm bilan gapning tarkibi bir-biridan farq qiladi. Gapda ega va kesim bir yoki bir necha so’z yordamida ifodalanadi. Shuning uchun gapda ega va kesimdan tashqari, boshqa bo’laklar aniqlovchi, to’ldiruvchi kabi bo’laklar ishtirok etishi mumkin, shunga qarab gapnig strukturasi o’zgarib turadi. hukm tarkibi qat'iy bo’lib, sub'ekt, predikat va ularni munosabatini aniqlovchi bog’lovchidan iborat bo’ladi. hukmning sub'ekti – bu hukmning predmetini ifodalovchi tushuncha bo’lib, S simvoli bilan ifodalanadi. hukmning predikati – uning predmeti belgisi va munosabatini ifodalovchi tushuncha bo’lib, P simvoli bilan ifodalanadi. Foydalanilgan adabiyotlar Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Q.Nazarov tahriri ostida. – T.:2004.78 Nosirov R.N., Sirojiddinov SH.S., Ziyautdinova X.A. O'rta Osiyolik allomalarning falsafiy qarashlari. – T.: O'zbekiston, 2007. Nazarov Q. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005 Download 69.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling