1. Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari
§1. Bexatar ishlatishni tashkillashtirishda asosiy talablar
Download 74.54 Kb.
|
mo\'rilar
§1. Bexatar ishlatishni tashkillashtirishda asosiy talablar 1. Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari qurilish, ishlatish, tekshirish, ta’mirlash, konservatsiya va bartaraf etish ishlarini bajaruvchi barcha tashkilotlar, ularga ma’lum ko‘rinishdagi ishlarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar va ularning nazorat qiluvchi organlar uchun majburiydir. 2. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalanilgan: qurilish— yangi qurilish, kengaytirish, qayta qurish; tekshirish— obyektning texnik holatini aniqlash. 3. Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini (keyinchalik matnda quvurlar deb yuritiladi) ishlatuvchi, tekshiruvchi, ta’mirlovchi tashkilotlarda, ushbu ko‘rinishdagi faoliyati uchun tegishli vakolati bo‘lishi kerak. 4. Quvurlarni ishlatish, konservatsiya qilish va bartaraf etish ishlari me’yoriy huquqiy hujjatlar talablari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan loyihalar, sanoat xavfsizligi doirasida amal qiluvchi normativ hujjatlar va mazkur Qoidalarga binoan amalga oshirilishi shart. 5. Ishlatish, konservatsiya qilish va bartaraf etish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetlashishlar taqiqlanadi. Loyiha hujjatlaridagi barcha o‘zgarishlar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. 6. Yangi qurilgan, tiklangan yoki ishlayotgan korxonalarda kapital ta’mirlash yoki konservatsiyadan chiqarilib ishga tushirilgan quvurlar komissiya tomonidan amaldagi me’yoriy va texnik hujjatlar talablariga muvofiq qabul qilib olishi shart. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2020-yil 4-noyabrdagi 20/YuB-67-sonli qarori tahririda) 7. G‘ishtli futerovkali va ketuvchi gazlarning harorati 100°S dan yuqori bo‘lgan g‘ishtli, temir beton va metall quvurlar ishlatishga kiritilishidan oldin loyiha hujjatlari talablariga, kapital ta’mirdan so‘ng yoki kamida 10 kunlik tanaffusdan keyin ishlatishda esa — ishga tushirishdan oldin quvurni ishlatuvchi korxonaning texnik rahbari bilan tasdiqlangan ishni tashkillashtirish rejasiga binoan quritilgan bo‘lishi shart. Download 74.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling