1. Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari


Download 74.54 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi74.54 Kb.
#1597176
  1   2   3
Bog'liq
mo\'rilar


O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshlig‘ining
Buyrug‘i
TUTUN VA ShAMOLLATISh SANOAT QUVURLARINI IShLATIShDA XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 30-dekabr 6-15/11-10660/6-son]

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) muvofiq, buyuraman:


1. Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-dekabr,
260-son

O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 5-dekabrdagi 260-son buyrug‘iga


ILOVA
Tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda xavfsizlik
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ishlatishda sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan texnik talablarni, tutun va shamollatish sanoat quvurlarini ko‘zdan kechirishda, tekshirishda, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ish tartibi va normativ muddatlarni, hamda har bir quvur uchun texnik hujjatlarni rasmiylashtirishda ro‘yxat va shakllarini belgilaydi.


Mazkur Qoidalar amalga kiritilishi bilan tutun va shamollatish sanoat Quvurlarini ishlatishda xavfsizlik bo‘yicha masalalarni aks ettirgan barcha idoraviy normativ hujjatlar ushbu Qoidalarga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi shart.
I. Umumiy qoidalar
Download 74.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling