6-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari


Download 214.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi214.99 Kb.
#1736967
  1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza



6-MA’RUZA. 
SANOAT PORTLOVCHI MODDALARINI SINASH USULLARI. 
 
Sanoat PMlari (portlatish vositalari ham) ma’lum muddatlarda sinab turiladi. 
1. 
Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan ko’p bo’lgan va qo’llanilish 
sharoiti bo’yicha III, IV, V, VI sinflarga kiruvchi saqlagichli PMlar kafolat 
muddati tugagandan so’ng va har oyda bir marta tekshirib turiladi. 
2. 
Tarkibida suyuq nitroefirlar 15% gacha bo’lgan qo’l shar bo’yicha I 
va II sinfga kiruvchi saqlagichsiz PMlar kafolat muddati tugagandan so’ng va har 3 
oyda bir marta tekshirib turiladi. 
3. 
Portlatish vositalari kafolat muddati tugagandan so’ng va bir yilda bir 
marta tekshiriladi. 
4. 
Agar PMning to’liq portlashiga shubha uyg’onadigan bo’lsa yoki 
portlatish ishlarida «отказ» yoki «rad» kuzatiladigan bo’lsa, saqlash muddatidan 
qatiy nazar barcha turdagi PMlar va portlatish vositalari tekshirib ko’riladi. 
PMlarni tekshirish, ularni portlatib ko’rish orqali amalga oshiriladi. Bunda 
portlatish ishlarining PM saqlanadigan ombordan kamida 200m masofada 
joylashgan maxsus poligonda amalga oshiriladi. Bunda portlatishni amalga 
oshirayotgan hodim (portlatuvchi yoki portlatish ishlari ustasi) portlash 
bo’layotgan joydan kamida 50m masofada maxsus panagoh joylashishi kerak.
PMlar va portlatish vositalari quyidagi usullar yordamida tekshiriladi. 
1.Tashqi ko’zdan kechirish. Ushbu usul barcha turdagi PMlarga taaluqli 
bo’lib, yashiklarda saqlanadigan PMlar va vositalarning qadog’idagi plomba 
bog’lami va yozuvlarining buzilmaganligini ko’zdan kechirish maqsadida olib 
boriladi. Tashqi ko’zdan kechirishda kamchilik aniqlangan yashik ichidagi 
qadoqlar butunligi tekshirib ko’riladi. Agar yashik ichidagi qadoqlangan PM 
qadog’ida kamchiliklar aniqlansa uning massasi tekshirib ko’riladi. Agar hujjatda 
ko’rsatilgan va haqiyqiy massasi orasida farq kuzatilsa reklamatsion dalolatnoma 
tuziladi va birinchi nusxasi ishlab chiqaruvchi zavodga ikkinchi nusxasi 
O’zSanGeoKonTexNazDavInspeksiyasining mahalliy idoralariga, uchinchi 
nusxasi esa omborxonada saqlanadi. 

Download 214.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling