6-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalarini sinash usullari
Olov o’tkazuvchi shnurni sinash
Download 214.99 Kb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
Olov o’tkazuvchi shnurni sinash.
Olov o’tkazuvchi pilik ham tashqi ko’zdan kechiriladi. Bunda bitta yashik ichidagi barcha buxtalar tekshirib ko’riladi. Agar ko’zdan kechirishda kamchiliklar aniqlansa olov o’tkazuvchi (pilik) shnur partiyasi yaroqsiz deb topiladi. Kamchilik aniqlangan buxtalar yondirib yo’q qilinadi. Tashqi ko’zdan kechirib bo’lingan buxtalarning yaroqli deb topilgan qismidan 2% i tanlab olinadi va boshqa xossalari tekshirib ko’riladi. Olov o’tkazuvchi pilikni to’liq yonishini tekshirish uchun olov o’tkazuvchi shnurdan 5 sm bo’lakcha qirqib olinadi va yondiriladi. Bunda bo’lak to’liq yonishi kerak. Olov o’tkazuvchi pilik yonish tezligini tekshirish uchun har bir buxtadan 60 sm dan bo’lakcha qirqib olinadi va yonish tezligi sekundomer yordamida o’lchanadi. Bunda 60 sm uzunlikdagi bo’lak yonish vaqti davomiyligi 60 sek dan 70 sek oraliqda bo’lishi lozim. Agar birortasida farq kuzatilsa tekshirish ishlari 2 marta olib boriladi. Olov o’tkazuvchi pilikni suvga chidamlilikka tekshirish. Buning olov o’tkazuvchi shnur 1m chuqurlikdagi suvga botirib qo’yiladi. Suvda saqlash vaqti davomiyligi OШA markali olov o’tkazuvchi shnur uchun 1 soat ushlab turiladi, OШДA va OШП markali olov o’tkazuvchi pilik uchun 4 soat ushlab turiladi. Download 214.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling