1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi. Kantellion g‘oyalari


Download 156 Kb.
bet6/19
Sana18.06.2023
Hajmi156 Kb.
#1581353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-Mavzu (1)

5. Adam Smit


Buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning «Xalqlar boyligining
tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqob> asari zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o‘z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarini umumlashtirdi va tizimlash- tirdi. U xo‘jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.
Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning
Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida
dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi, bu yerda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o‘rgandi. A.Smit 1748-yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o‘qiy boshladi, 1751-yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759-yilda o‘qigan leksiyalari asosida o‘zining etikaning falsafiy muammolariga bag‘ishlangan birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764-yili A.Smit hayotida keskin o‘zgarish bo‘ldi: u kafedrani tark etdi va o‘sha davrda ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbob - gersog Baklning o‘g‘li - yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga hamrohlik qilish to‘g‘risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko‘rar edi, ya’ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko‘p bo‘lgan. Sayohat chog‘ida u Shvetsariyada Valter, Fransiyada fiziokratlar G‘.Kepe, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ulaming ishlari.
Xalqlar boyligi asarining birinchi jumlalaridanoq Smit Xalqlar boyligining tabiati konsepsiyasini tushuntirib
o‘tgan. Bu ishi bilan u o‘z qarashlarini merkantalistlar va fiziokratlamikidan farqlanishini isbotlab berdi.
Xalqlar boyligi asarining ko ‘p qismlarida Smit boylik savdoda yaratiladi, degan fikrlari uchun merkantalistlarga qarshi bo 'lgan. Uning fikricha, boylik qimmatbaho metallar miqdori bilan emas, balki tovar va xizmatlardan olinadigan yillik foydadir. U shuningdek, eksport va import o'rtasidagi bog'liqlikni ham tushuntirib beradi15.
A. Smit Xalqlar boyligi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan ham o‘lchanadi, deb ta’kidlaydi. Hozirda masalan, Angliya Xitoydan boyroq, deyilganda ulaming aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad qiyoslanadi, umumiy ishlab chiqarilayotgan mahsulot va daromad emas. Bu qarash hozirda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan.2
ixtisoslashtirilganligi mehnat unumdorligini oshirishning kafolati sifatida qaralgan. Bu “xalqlar boyligi” dan ancha oldin aytib o‘tilgan bo‘lsada, lekin hech kim Smitdek tushimtirib o‘tmagan.
A. Smit mehnat taqsimotini ko‘p misollar bilan, tarixdan o‘rganib, zavodda har bir ishchining faoliyatini kuzatib, foydasini o‘rganib chiqqan. Agar har bir ishchi donalab mahsulot ishlab chiqarsa, unda ishlab chiqarish jarayoni juda sekin ketadi, agar ishlab shiqarish jarayoni bir qancha operatsiyalarga bo‘lib tashlansa, har bir ishchi shu operatsiyalardan biriga ixtisoslashsa, har bir ishiga nisbatan mahsulot hajmi katta miqdorda oshadi.
Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning bir salbiy tomoni shundaki, ishchilar bir xil ishni bajaraverishadi va natijada zerikish paydo bo‘ladi. Insoniyat ishlab chiqarish jarayoniga bog‘lanib qolib, mashinalashib ketadi, qayta-qayta bir xil ishni qilaverib noinsoniylashib ketadi. Lekin Smit inson farovonligi mehnat taqsimotiga bo‘gliq ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling