1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi. Kantellion g‘oyalari
Download 156 Kb.
|
3-Mavzu (1)
2. U.Petti: Xalqlar boylik konsepsiyasi
Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo‘yicha nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo‘yicha o‘z fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat - boylikning otasi, yer esa uning onasi» degan iborani ishlatdi. Mamlakat boyligini ko‘paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o‘miga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‘lashga «qurbi yetmagan o‘g‘rilami» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda boylik, eng awalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya’ni xo‘jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi. U.Petti bu fikmi rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema’ni narsa ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Davlatning bunday xatti- harakati, uning fikricha mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o‘zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko‘rsatdi va muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori to‘g‘risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki tushunganligi aniq ko‘rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi, haqiqatdan ham «pul o‘z-o‘zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko‘rsatdi, ikkinchi tomondan esa - U.Petti va undan keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so‘zi bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tibomi pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda, tovar va pul bozorlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi. Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to‘g‘ri tanqidlari bilan birga U.Pettining bu borada noto‘g‘ri tushunchalari ham bo‘lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto, savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma’qulladi. U.Petti savdogarlami davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi «o‘yinchilar»ga o‘xshatadi. U «qon» deganda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini nazarda tutadi. Download 156 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling