1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi. Kantellion g‘oyalari


Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus, Xyum


Download 156 Kb.
bet8/19
Sana18.06.2023
Hajmi156 Kb.
#1581353
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
3-Mavzu (1)

6. Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus, Xyum


David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug‘ilgan. Oiladagi o‘n yetti farzandning uchinchisi bo‘lgan David yoshligida muntazam ta’lim olgan emas va u hech qachon kollej va universitetlarda ham o‘qimagan. Lekin u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o‘rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo‘lib ishlagan.
D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo‘ldi. Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo‘ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan 5-6 yil o‘tgach, D.Rikardo birjada o‘ynab yirik boylik orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug‘iladi, keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko‘radi). D.Rikardo 1810-yilga kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslaming biriga aylanadi.
1799-yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning “Xalqlar boyligi ...” asarini o‘qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqtisodga bo‘lgan jiddiy qiziqish paydo bo‘ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan shug‘ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi.
Rikardo: uslub, siyosat, predmet
Rikardo iqtisodiy ta’limotlarda o‘zining sof nazariyasi bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. U sanoat davriga xos ilmlami hajm va uslubda abstrakt tahlil orqali ko‘rib chiqdi.
Rikardo uslubiyoti
D.Rikardogacha Adam Smit siyosiy iqtisodni tahlil qilishda ikkita yo'nalishda:

  1. 0‘z davrining iqtisodiyotini deduktiv nazariya orqali.

  2. Zamonaviy va tarixiy institutlar to‘g‘risidagi tasvir orqali amalga oshirgan.

A. Smitning bu usuli “tarixiy tavsiflovchi materiallar” nazariyasini boyitganligidir. Rikardo aksincha, o‘z ishida sof nazariy yondashuviga asoslandi. U o‘z davrining iqtisodiyotini abstraksiyalash va deduktiv usulni qo‘llash bilan amalga oshirdi. Uning sof nazariyasidagi matematik texnikasi biroz qo‘pol bo‘lsa-da bugungi kun matematiklarini hayratga solmoqda. Garchi Rikardoning usuli yuzaki va sof nazariy bo‘lsa ham amaliy iqtisod, siyosiy iqtisodiyot uning kuchli tomonlari bo‘lgan. Jumladan, uning don masalasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uning Angliyadagi ijodi - bug‘doy importi va undan olinadigan daromadni taqsimlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatmagan bo'lsada, keyinchalik bu nazariya unga amaliy masalalami aniq tahlil qilish uchun zamin bo‘ldi.
Rikardo va iqtisodiy siyosat
Rikardo o‘z davridagi iqtisodiy muammolami yechishga harakat qildi, uning asosiy vaqti bug‘doy narxini tushirish, ijara narxlarining ko‘tarilishi, Angliyadagi ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik o‘rtasidagi aloqadorlikni asoslab berish bilan kechdi. Ushu holatda eng asosiy savol bu xalqaro savdoni nazorat qilishda siyosiy manfaatdor taraflami taqqoslash edi. Yer egalari erkin savdo, unda xarajatlar erkinligi tarafdori bo‘lsa, Britaniya sanoat vakillari esa ko‘plab qishloq xo'jaligi mahsulotlari va arzon xomashyoni import qilish tarafdori bo‘ldi.
Rikardo siyosati keyinchalik faqatgina sog‘lom iqtisodiy rivojlanishgagina emas, balki qator iqtisodchilaming siyosiy qarashlarining shakillanishiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Rikardo modeli tarmoqlar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini tahlil qilishda amaliyotchilar tomonidan keng foydalanildi. Rikardo uslubi (yuqori abstrakt darajadagi) va uning siyosatga nisbatan yondashuvlari oxir - oqibatda keyingi iqtisodchilar uchun dasturul amal vazifani o‘tadi.
Rikardoning iqtisodiy kelishuv predmeti
Rikardo iqtisodiyotning asosiy konsepsiyasida burilish yasadi. Adam Smit xalqlar boyligini aniqlashda merkantilist g‘oyalariga tayandi, ammo Rikardo iqtisodiyotning asosiy maqsadi kapitalistlar va ishchilar o‘rtasida daromadlami taqsimlashni tartibga solish qonunini o‘rganish, deb hisoblagan.
Turgo, Stuart, Smit, Sismondi va boshqalar asarlarida ijara, foyda, ish haqi va boshqa tabiiy ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, siyosiy iqtisod muammolari: daromad va uni taqsimlash qonunlari ilmiy tahlil qilinmagan edi4.
Rikardo daromadlami taqsimlash funksiyasiga to‘liq kirishib, uni tizimda makroiqtisodiyotning bir qismi sifatida tan oldi. Uningcha bu yerda uch sinf muammosi yotadi, bular: kapitalistlaming foyda olishga qiziqishi, yer egalarining renta olishi, ishchilaming ish haqi olishi. Kapitalistlaming aksiyadan oladigan daromadini tushintirish uchun daromad, foiz, renta va ish haqi nazariyalari yaratildi. Xuddi Smit kabi Rikardo ham mikroiqtisodiy darajada ish olib bordi (lekin Rikardoning ko‘p nazariyalari, jumladan, aholi nazariyasi, ish haqi fondi ta’minoti, kadrlar, narxlaming umumiy darajasi va iqtisodiyotning qisqa va uzoq muddatli barqarorlik holati kabi makroiqtisodiy masalalardan iborat edi). Xususan, daromadlami taqsimlashda narxlaming davriy o‘zgarishlariga to‘xtalib o‘tilgan. Umuman olganda daromadlami taqsimlash funksiyasi zamonaviy iqtisodiyotining makro va mikro darajadagi oddiy ko‘rinishi, makroiqtisodiyot nazariyasining esa bir qismidir. Shunday bo‘lsada, u tomonidan ilgari surilgan qiymatning mehnat nazariyasi nisbiy narxlaming shakllanishiga tayanch nuqta bo‘ldi. Boshqa tomondan, Maltus va Rikardoning iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlik g‘oyalari pravoslav cherkov tomonidan qariyb bir asrga yopib qo‘yildi.

Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling