1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi. Kantellion g‘oyalari


Download 156 Kb.
bet16/19
Sana18.06.2023
Hajmi156 Kb.
#1581353
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3-Mavzu (1)

Qo‘shimcha qiymat nazariyasL Qiymatni aniqlab va qiymat qonunini ta’riflab bergach K.Marks qo‘shimcha qiymatni tahlil qilishga o‘tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisoblanadi. Bu yerda asosiy savol tugTladi: agar «ekvivalentli ayirboshlash» tamoyili bo‘yicha barcha mahsulotlar o‘z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda qo‘shimcha qiymat qanday hosil boTadi? Marks taTimoti bo‘yicha u quyidagicha ishlab chiqariladi.
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining maTum bosqichida pul kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul- tovar), ya’ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir. Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya’ni sotish uchun tovami sotib olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o‘rtasida har xil foydalilik ayirbosh qilinadi. P-T-P doiraviy aylanishda maqsad foyda olish hisoblanadi. Demak, P’>P boMishi kerak. Bu o‘sish qayerdan keladi (Marks uni «qo'shimcha qiymat» deb ataydi)? Qo‘shimcha qiymat tovarlar muomalasida paydo boMmaydi, chunki tovar ekvivalentli ayirboshlanadi, qo‘shimcha qiymat bahoning ustiga qo‘shib sotishdan ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo‘lganda xaridor va sotuvchilaming o‘zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‘lar edi, holbuki gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o'rtacha, ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‘shimcha qiymat olish uchun «pul egasi bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmogT kerakki, bu tovar iste'mol qiymatining o‘zi qiymat manbayi boTishdek orginal bir xususiyatga ega boTsin», u shunday tovar boTishi kerakki, bu tovami iste'mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham boTsin. Bunday tovar - ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste'mol qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini uning o‘z qiymati bo‘yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati ishchining va uning oilasining yashashi uchun zamr boTgan tirikchilik vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‘z ishchi kuchi qiymatidan ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun bo‘yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi bo‘yicha «zarur ish vaqtida») o‘z qiymatiga teng qiymat yaratadi, keyingi 5 soat mobaynida («qo'shimcha ish vaqtida») esa qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo'shimcha qiymatni haq toTamasdan o‘zlashtirib oladi. K.Marks bo‘yicha, kapitalist tomonidan qo‘shimcha qiymatning o‘zlashtirib olinishi mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. K.Marks o‘zi ishlab chiqqan «formula» yordamida ushbu ekspluatatsiya darajasini, ya'ni ekspluatatsiya me’yorini ko‘rsatib berdi. Qo‘shimcha qiymatning ishchi kuchi qiymatiga - o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbatini (mashinalar va xomashyoda ifodalangan doimiy kapital esa o‘z qiymatini faqat yangi mahsulotga o‘tkazishi mumkin, lekin qo‘shimcha qiymat yaratmaydi) u qo'shimcha qiymat me'yori, deb atadi. Uning yozishicha, «qo‘shimcha qiymat me'yori ishchi kuchining kapital tomonidan, yoki ishchining kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining aniq ifodasidir». Qo‘shimcha qiymat me’yori yangidan yaratilgan qiymatning kapitalist bilan yollanma mehnat o‘rtasida qanday taqsimlanishini, shuningdek, ish kunining qancha qismida ishchi o‘zi uchun va qancha qismida kapitalist uchun ishlashini ko‘rsatib beradi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, ishchi «zarur ish vaqti»da o‘z ishchi kuchi qiymatiga teng qiymat yaratadi, «qo‘shimcha ish vaqti»da esa qo‘shimcha qiymat yaratadi, ya’ni kapitalist uchun ishlaydi: kapitalist qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga erishishning ikki yo‘li mavjud: ish kunini uzaytirish va zarur ish vaqtini qisqartirish. Ish kunini mutlaq uzaytirish yo‘li bilan olinadigan qo‘shimcha qiymatni K.Marks «absolyut qo'shimcha qiymat» deb atadi. «Absolyut qo‘shimcha qiymat hosil qilish, deb yozadi u, - ish kunini ishchi faqat o‘z ishchi qiymatining ekvivalentini ishlab chiqara oladigan chegaradan nariga uzaytirishdan va bu qo‘shimcha mehnatni kapitalni o‘zlashtirib olishdan iborat».
Zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirish yo‘li bilan olinadigan qo‘shimcha qiymatni K.Marks “nisbiy qo'shimcha qiymat’’ deb atadi. Bu yerda shu narsaga e’tibor berish kerakki, ya’ni qiymat qonuniga xilof ish qilmaslik, ekvivalentli ayirboshlashning buzilmasligi uchun kapitalist ishchi kuchi qiymatiga nisbatan ish haqini kamaytirish hisobiga zarur ish vaqtini qisqartirishi mumkin emas. Ammo ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etish va samarali texnika va texnologiyani qo‘llash tufayli mehnat unumdorligini oshirish yo‘li bilan bunga erishish mumkin.
Kapitalist o‘z foydasini ko‘paytirish maqsadida fan va texnika yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko‘proq foydalanishga harakat qiladi. Ayrim kapitalistlar tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini amaliyotda qo‘llash o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi, bu esa unga foydani ko‘paytirish imkonini beradi. Bu yerda «ortiqcha qo ‘shimcha qiymat» vujudga keladi. Ammo raqobat qonuni asosida boshqa kapitalistlar tomonidan ham yangiliklaming ishlab chiqarishda qo‘llanilishi natijasida bozor bahosi pasayadi va ortiqcha qo‘shimcha qiymat yo‘q bo‘lib ketadi. Demak, qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish tadbirkorlami yangi texnika va texnologiyalami qo‘llashga undaydi.

Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling