1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi. Kantellion g‘oyalari


Download 156 Kb.
bet12/19
Sana18.06.2023
Hajmi156 Kb.
#1581353
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
3-Mavzu (1)

Ijtimoiy siyosatga munosabat. «Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba» asarining yozilishiga U.Godvinning «Ijtimoiy adolat to‘g‘risida» ocherki sabab bo‘lgan. Unda daromadlaming adolatsiz taqsimlanishi - kambag‘allikning asosiy sababidir, deb ko‘rsatilgan va taqsimot mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan. T.Maltus esa ijtimoiy siyosatning hukumat va boshqa jamiyat tashkilotlari tomonidan olib borilishiga qat’iy qarshi bo'lgan. Uning fikricha kambag‘allarga boTgan xayrixohlik ulaming ahvolini yaxshilashga qodir emas, balki faqat vaziyatni keskinlashtiradi. Aholining quyi tabaqalariga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam qisqa muddatli samara beradi va shu bilan aholining o‘sishini rag‘batlantiradi. Ammo bu unga muvofiq ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘payishiga olib kelmaydi. Demak, umuman olganda jamiyat kambag‘allashadi. T.Maltusning fikricha qashshoqlikning asosiy sababi boshqamv yoki notekis taqsimotga bogTiq emas, balki u «tabiiy qonunlar va inson ehtiroslari», tabiatning xasisligi va odamlaming juda tez ko‘payishi bilan bogTiqdir. Shu bois, «xalq o‘z azob-uqubatlari uchun birinchi navbatda, o‘zini ayblashi kerak». Unga hech qanday inqilob va ijtimoiy islohotlar yordam bera olmaydi. Shuning uchun aholining o‘sishini va tekinxo‘rlikni rag‘batlantiruvchi ijtimoiy va xususiy xayrixohlikdan voz kechish zarur.
Hozirgi zamon iqtisodchilari T.Maltusning ijtimoiy siyosatning ahamiyatiga bergan bahosiga qo‘shilmaydilar. Mehnatga yaroqsiz va kam ta'minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash hozirgi zamonaviy jamiyat iqtisodiy siyosatining zarur qismidir. Bundan tashqari xayriya faoliyati ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ushlab turish uchun ham zarur: kambag‘allaming ko‘payishi bunday barqarorlikka xavf solishi mumkin. Biroq bunda faol ijtimoiy siyosatning salbiy tomonini ham hisobga olish zarur: u mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni susaytiradi.
T.Maltus o‘zining «Nufus nazariyasi»ni tarixiy material va faktlardan foydalangan holda asoslab berishga harakat qilgan. Ammo u unumdorlikning pasayishi masalasi bo‘yicha o‘z dalillarida jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini muttasil kengaytirib boruvchi texnika taraqqiyotining ahamiyatini inkor etdi. Masalan, XIX asming ikkinchi yarmida AQSh aholisi deyarli to‘rt barobar ko‘paydi, lekin shu bilan birga jamiyat a’zolarining o‘rtacha daromadlari ham to‘rt marta o‘sdi. T.Maltus aholi zich joylashgan mamlakatlarga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun tabiiy sharoiti yaxshi bo‘lgan mamlakatlardan oziq- ovqat mahsulotlarini olib kelish imkonini beruvchi transport vositalarining tez rivojlana borishini ko‘ra olmagan. Nihoyat, ingliz olimi o‘lim darajasiga e’tibor bermagan (o‘lim darajasi bilan aholining ko‘payish darajasi nisbatan bir xil) va jamiyat farovonligining o‘sishi tug‘ilishning kamayishiga olib kelishini ham hisobga olmagan.
T.Maltusning nufus nazariyasi industrial jamiyatdan oldingi taraqqiyot bosqichlari uchun to‘g‘ri keladi, negaki unda ishlab chiqarishdagi asosiy rolni tabiiy resurslar o‘ynagan, texnika taraqqiyoti esa tasodifiy xarakterda bo‘lgan. Sanoat inqilobi ingliz olimining aholi o‘sishi va farovonlik darajasining oshishi birga mavjud bo‘lmasligi to‘g‘risidagi prognozini yo‘qqa chiqardi. Kishilar daromadlarining oshib borishi aholining o‘sishini rag‘batlantiradi, degan maltuscha konsepsiyadagi markaziy g‘oyalardan birining ham noto‘g‘ri ekanligini
hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi. Rivojlangan mamlakatlarda farovonlikning o‘sishiga qaramay tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Masalan, XX asrda AQSh real mahsulotlari 12 marta ko‘paydi, aholi soni esa faqat 3 marta o‘sdi. Demak, tovar va xizmatlar miqdori aholi sonidan ko‘ra 4 marta ko‘p oshgan.

Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling