1. Umumiy pedagogika fanining maqsad vazifalari. Elektron pedagogika-pedagogikaning zamonaviy tarmogi sifatida. Tаdqiqotlаr shuni ko‘rsаtаdiki, ilmiy bilish nаzаriyаsidа «fаn» tushun-chаsigа turlichа tа’riflаr berilgаn. P


Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari


Download 129.89 Kb.
bet8/19
Sana21.04.2023
Hajmi129.89 Kb.
#1369795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
pedagogika

Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;differentsatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:1. Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko’rish qobiliyatini yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko’ra ko’proq darajada o’qitishg bog’liq.SHuninguchunanoma lbolalaro’qitilmasay okop yo’qitish kech boshlansauning rivojlanishigjid diyzarary kaziladi, psixik funktsiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o’quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funktsiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi.

22.Pedagogikada kompetentlik va kreativlik. Kretevlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni ozgartirishdir.Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi,yani uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralgan nazaryalar ham mavjud.Bazi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqwi olam va insonlardan yolg’izlanish daya tariff berishgan. Aynan realolamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bolgan moslasha olmagan inson o’zidagi yolg’izlikni yengib o’tishi uchun ijod qilish vayangilik yaratishni boshlar eken.A.Adlerning fikricha,insondagi kreativlik o’zida mavjud bo’lgan notiqlik kompleksini to’ldirish vositasi deb bilgan. Emprik tadqiqitlarda ko’rsatilishicha ijodkor qobilyatli bolalar shahsiy va emotsional sohada jiddiy muommolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqqanini kuzatishimiz mumkin. Demak intellect va kreativlik umumiy ko;rinishdagi ikki xil qobilyatlar bo’lib ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan boglash mumkin. Kreativlik insonda mavjud bo’lgan malumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. INtelekt esao’sha malumotlarni real amaliyotda qo’llashga va atrof muhitga moslashishiga javob beradi. Pedogogik kreativlik pedagogning ananaviy pedagogic fikrlashdan farqli ravishda ta;lim va tarbiya jarayonini samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi goyalarni yaratish shuningdek mavjud pedaogogik muammolarni ijobiy hal qilish ga bo;lgan tayyorgarlikni tavsiflovchi kattalik. Pedagogning kasbiy kompetentligi. O‘zbekistonda pedagogningkasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘ranilgan bo‘lib, ularorasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash,o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:kasbiy BKMni takomillashtirib boorish - faoliyatga tanqidiy va ijodiy ѐndashish - kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;Tarkibiy asoslar Maxsus ѐki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatniyuqori darajada tashkil etish) Shaxsiy kompetentlik (o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini namoѐn etish) Individual kompetentlik (o‘z-o‘zini boshqarish, kasbiy rivojlanish va yangiliklar yaratish) Ijtimoiy kompetentlik(qo‘shimcha faoliyatni hamkorlikda tashkil etish) Ta’limda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishning muhim jihatlari.



23.SHaxs rivojlanishixaqidagi nazaryalar. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar . sharq mutafakkirlari komil inson tarbiyasi haqida. 1. Shаxs – bu ijtimoiy rivojlаnishning mаhsuloti, mehnаt, muloqot vа bilish subyekti sifаtidа аniq tаrixiy shаroitdа yаshаb, ijtimoiy funksiyаni bаjаruvchi inson hisoblаnаdi. А.N.Leontevning fikrichа, shаxs ijtimoiy-tаrixiy vа insonni ontogenetik rivojlаnishi mаhsuli hisoblаnаdi. Individ tushunchаsi insonni tug‘ilishigа tааlluqli bo‘lib, аniq ijtimoiy vа psixologik xаrаkteristikаgа kirmаydi. Individuаllik tushunchа sifаtidа individni boshqаlаridаn fаrqlovchi, ontogenez jаrаyonidа shаkllаngаn jismoniy vа psixologik xususiyаtlаrni ifodаlаydi. Individuаllik insonni qobiliyаtlаridа vа ehtiyojlаridа, xаrаkteridа vа temperаmentidа ifodаlаnаdi. Mutаxаssislаr «odаm», «individ», «shаxs», «individuаl» tushunchаlаrini qiyoslаsh nаtijаsidа odаm individ sifаtidа tug‘ilib, shаxs sifаtidа shаkllаnib, individuаllik xususiyаtlаrini nаmoyon qilаdi deb tа’kidlаydilаr.Shаxs rivojlаnishini hаrаkаtgа keltiruvchi kuch qаrаmа-qаrshiliklаr hisoblаnаdi. Qаrаmа-qаrshilik — bu qаrаmа-qаrshi tomonlаrni nizolаrdа to‘qnаshuvidir. Qаrаmа-qаrshiliklаr ichki vа tаshqi, umumiy vа individuаl turlаrgа bo‘linаdi. Ichki qаrаmа-qаrshiliklаr insonni individuаl hissiyotidа ifodаlаnib, o‘zi bilаn kelishmаy qolgаndа hosil bo‘lаdi. Mаsаlаn, insonni yoshigа qo‘yilgаn tаlаblаri bilаn o‘z orgаnizmi, o‘z imkoniyаtlаri orаsidаgi qаrаmа-qаrshiliklаr. Tаshqi qаrаmа-qаrshiliklаr insonni boshqа odаmlаr bilаn, jаmiyаt, tаbiаt bilаn munosаbаtlаrini stimullаshtirаdi. Mаsаlаn, o‘quv muаssаsаlаrining tаlаblаri vа o‘quvchilаr xohishi orаsidаgi qаrаmа-qаrshiliklаr. Umumiy qаrаmа-qаrshiliklаr hаr bir odаmni vа bаrchа odаmlаrni rivojlаnishini tа’minlаydi. Mаsаlаn, moddiy vа mа’nаviy ehtiyojlаr vа obyektiv omillаr tа’siri nаtijаsidа hosil bo‘lаdigаn reаl imkoniyаtlаr orаsidаgi qаrаmа-qаrshiliklаr. Individuаl qаrаmа-qаrshiliklаr аlohidа olingаn odаm uchun xаrаkterli.Аmerikа pedаgog vа psixologlаri vаkillаri E.Torndаyk, D.Dyui, А.Kobslаrning tа’kidlаshichа, inson ongini, qobiliyаtlаrini, qiziqish vа ehtiyoj-lаrini irsiyаt аniqlаydi. Ushbu yo‘nаlish vаkillаri shаxs rivojlаnishining аsosiy omili irsiy, biologik omillаr deb hisoblаb, muhit vа tаrbiyаning rolini inkor etаdilаr. Odаm shаxsi vа xulq-аtvorining shаkllаnishidа biologik omillаrning rolini yuksаk bаholаb, shаxsni nаslgа bog‘lаb qo‘yuvchi biologik oqimning yаnа biri, bixeviorizm nаzаriyаsidir. Ushbu nаzаriyаgа аmerikаlik pedаgog E.Torndаyk аsos solgаn. Uning fikrichа, shаxsning bаrchа xususiyаtlаri, ongi vа аqliy qobiliyаtlаri hаm nаsldаn nаslgа o‘tаdi. E.Torndаyk tаrbiyаning shаxs rivojlаnishigа tа’sirini inkor etаdi. Progmаtizm nаzаriyаsining аsoschisi D.Dyui shаxs rivojlаnishini biologik nuqtаyi nаzаrdаn аsoslаdi. U hаm tаrbiyаning shаxs rivojlаnishigа tа’sirini inkor etib, rivojlаnishni fаqаt miqdoriy o‘zgаrishdаn iborаt deb hisoblаydi. Odаm nimа bilаn tug‘ilgаn bo‘lsа, tаrbiyа jаrаyonidа shu sifаt vа xususiyаt o‘sib borаdi. «Hаqiqiy tаrbiyа tаshqаridаn kiritilgаn nаrsа emаs, u odаm bilаn dunyogа kelgаn xususiyаt vа qobiliyаtni o‘stirаdi» deb tа’kidlаydi D.Dyui. D.Lokk, J.J.Russo, K.А.Gelvetsiylаrning tа’kidlаshichа, insonni rivojlа-nishigа muhit vа tаrbiyа tа’sir qilаdi. Ulаr inson rivojlаnishidа irsiyаtni rolini inkor etib, yаngi tug‘ilgаn bolаni — «tozа doskа»gа qiyoslаydilаr. D. Didro «rivojlаnish irsiyаt, muhit, tаrbiyаning o‘zаro uyg‘unligi tа’siridа аniqlаnаdi» deb tа’kidlаydi. Tаniqli rus olimi K.D.Ushinskiyning tа’kidlаshichа, insondа shаxsiy sifаtlаrini shаkllаnishi nаfаqаt irsiyаt, muhit vа tаrbiyа tа’siridа, bаlki shаxsiy fаoliyаti nаtijаsidа hаm shаkllаnаdi. Inson — nаfаqаt biologik omil vа shаroit mаhsuli, bаlki ushbu shаroitdа fаol ishtirokchidir. U o‘zining shаroitini o‘zgаrtirib o‘zini hаm o‘zgаrtirаdi.

24.Pedagogik kompetensiya. Pedagogning kasbiy kompetentligi.. Kompetensiya haqida tushunchaKompetensiya (lot.competo-erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. O‘qituvchi - muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan.Zardo‘sht ta’limotida, “muallim — kohinlarning burchlari bolalarga bilimlarni yaxshilik yo‘sinida o‘rgatib, ularni yaxshi bilan yomonni ajratadigan qilib tarbiyalash va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etishdir” deyilgan. Uning “yasht”larida aqlu farosat bilan, yomonlikka qarshi kurashni amalga oshirib, bolalar ruhiyatiga rost so‘z, pok aqida, halol niyatni singdiradigan ustoz-muallimlar peshvosi madh qilinadi. Shuningdek, “Avesto”ning “Yasht”larida tanballigi, befarqligi, mas’uliyasizligi, loqaydligi, farosatsizligi, o‘quvsizligi, bilimi va malakasini takomillashtirmasligi oqibatida bolalar zehnini, ularning mustaqil tafakkurini o‘tmaslashtiradigan, ayni chog‘da, yoshlarning aqlini “Zanglatadigan”, hayotga, mehnatga munosabatlarini susaytiradigan, imon-e’tiqodini zaiflashtirib, ma’anaviy jihatdan qashshoqlashtiradigan “Yomon ustozlar” qattiq qoralanadi. Zardushtning oliy tangri Ahuramazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida shunday deyiladi: “Noshud, yomon muallim o‘quvchi qalbidan hunarmandchilikni yo‘qotar ekan, ey yazdon, yomon ustozdan o‘zing asra”. Talabalarga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir, deb Ibn Sino o‘qituvchining shaxsiyati qanday bo‘lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;— beriladigan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;— ta’limda turli usul va shakllardan foydalanish;— talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;— fanga qiziqgira olish;— berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o‘qitish;— bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;— har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur.Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek davrida ilm-fan, adabiyot va san’at, ma’rifatchilik jadal taraqqiy etgan. Shuningdek, o‘qitishning sinf tizimlari, bolalarni yoshi bo‘yicha tabaqalashtirib o‘qitish, o‘quv tarbiya ishlarining aniq bir muddatini belgilab qo‘yish kabi g‘oyalar ilgari surilgan va ma’lum darajada amalga oshirilgan. Shu bilan birga Ulug‘bek o‘qituvchi va mudarrislarning insoniy xislatlariga bilimi va mahoratiga katta ahamiyat bergan. Ularning moddiy ehtiyojlari davlat ta’minotidan qondirilishini yo‘lga qo‘ygan, eng mahoratli ustozlarni e’zozlagan. Ayni paytda, u mudarrislarning dars berishdan tashqari ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishlarini talab qilgan.Shunga o‘xshash fikrlarni G‘arb pedagoglari ham aytib ketishgan. Jumladan, Disterverg: “Yaxshi o‘qituvchi o‘zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon qaytmaydi. O‘qituvchi o‘z ustida doimo mustaqil ishlashi lozim, yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi esa bolalarga haqiqatni topishga o‘rgatadi” degan.

25.Ekologik tarbiya. .Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar.

26.,,Kreativlik’’va ,,pedagogic kreativlik” tushunchalarning mohiyati. . Kretevlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni ozgartirishdir.Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi,yani uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralgan nazaryalar ham mavjud.Bazi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqwi olam va insonlardan yolg’izlanish daya tariff berishgan. Aynan realolamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bolgan moslasha olmagan inson o’zidagi yolg’izlikni yengib o’tishi uchun ijod qilish vayangilik yaratishni boshlar eken.A.Adlerning fikricha,insondagi kreativlik o’zida mavjud bo’lgan notiqlik kompleksini to’ldirish vositasi deb bilgan. Emprik tadqiqitlarda ko’rsatilishicha ijodkor qobilyatli bolalar shahsiy va emotsional sohada jiddiy muommolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqqanini kuzatishimiz mumkin. Demak intellect va kreativlik umumiy ko;rinishdagi ikki xil qobilyatlar bo’lib ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan boglash mumkin. Kreativlik insonda mavjud bo’lgan malumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. INtelekt esao’sha malumotlarni real amaliyotda qo’llashga va atrof muhitga moslashishiga javob beradi. Pedogogik kreativlik pedagogning ananaviy pedagogic fikrlashdan farqli ravishda ta;lim va tarbiya jarayonini samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi goyalarni yaratish shuningdek mavjud pedaogogik muammolarni ijobiy hal qilish ga bo;lgan tayyorgarlikni tavsiflovchi kattalik.

27.Ta’lim menejmenti.


Download 129.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling