1. Umumiy pedagogika fanining maqsad vazifalari. Elektron pedagogika-pedagogikaning zamonaviy tarmogi sifatida. Tаdqiqotlаr shuni ko‘rsаtаdiki, ilmiy bilish nаzаriyаsidа «fаn» tushun-chаsigа turlichа tа’riflаr berilgаn. P
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 129.89 Kb.
|
pedagogika
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi. 5. Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.6. Fiziologiya- o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.7. Gigiyena – o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.10. Madaniyatshunoslik – o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi . Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'-risida ma'lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo'llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi Metod yun. ‘metodos’ bilish yoki tadqiqot yo’li nazarya, talimot voqelikni amaliy va nazariy egallash o’zlashtirish o’rganish bilish unyol yoliklar usullar majmuasu, falsafiy biliml;arni yaratish va asoslash usuli.
32.Ijtimoiy pedagogika kategoriyalari prinsiplari Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari “ijtimoiy pedagogik faoliyat” “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya” bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq atvorning me’yor va qoidalari haqidagi bilimlar, tajribalarni o‘zlashtirib boradi. Bolalar ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyati shuki, ular jamiyat ilgari surayotgan yurishturish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. Faqat ular bu darajani hayot davomida egallaydilar. Shuning uchun bolalar ijtimoiylashuviga ota-onalar, qarindoshlar, bolalar bilan ishlayotgan mutaxassislar (psixolog, shifokor, pedagoglar – “agent”lar) bu masalaga alohida e’tibor bermoqlari zarur. Chunki, bolalar hayotda zarur bo‘lgan ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari va ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buni ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bolalar avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda 8 u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni ham qo‘lga kiritadi. Bular esa bolalarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish va unda ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni “ijtimoiy ta’lim” deyiladiTarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida uning rivojlanish tarixi mobaynida o‘rganib kelingan. Chunki, bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni ifodalaydi. Boshqa tomondan tarbiya-ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosiga qaraganda bir muncha kengdir 33.Deviatsiya ijtimoiy pedagogik muammo sifatida. Deviant xulq - atvor – bu xulq - atvor o’zgarishlarining bir turi bo’lib, kichik ijtimoiy munosabatlarda va kichik ijtimoiy guruxlarga xarakterli yoshga tegishli xulq – atvordagi ijtimoiy norma va qoidalarning buzilishi bilan bog’liq bo’lgan xulq - atvor tushiniladi, ya`ni xulq – atvorning bu turini antistsiplinali (tartib qoidalarga qarshi) deb atash xam mumkin. Deviant xulq – atvorning ko’rinishlari deb vaziyatli o’zaro bog’langan bolalar va o’smirlar xulq – atvoridagi reaktsichlari aytiladi, ular namoyish, tajovuzkorlik, bosqinchilik, chaqiriq, mustaqil va tizimli ravishda o’qishdan yoki mexnat faoliyatidan o’zilish, tizimli uydan chiqib ketishlik va daydilik, bolalar va o’smirlar ichkilikbozlik va aroqxo’rlik vaqtli, giyoxvantlikka berilishi jinsiy xarakatlardagi jamiyatga qarshi xarakatlar va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Delinkvent xatti - sharakat - deviant sharakatlardan farkli ularok, ular vaziyat ta`sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial` sharakatlarning doimiy sharakterga ega bulishidir. Delinkvent sharakatlarning quyidagi turlari mavjud:• xaqoratlash, xirlash, azoblash va undan xuzurlanish kabi agressiv bosqinchilik sharakatlar; • kichik urriliklar, ta`magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va anjomlarni urirlash kabi moddiy fonda kirishga qaratilgan uz shaxsiy manfaati yulidagi sharakatlar; • narkotiklar sotish va tarkatish. Kriminal xatti — sharakat — bu jinoiy javobgarchilikka tortilishta yoshietgan shaxslarning xuxuklarga zid zsharakatlari bilib, ular'ustidan jinoiy ish kuzgatilish jarayonidir. Kriminal sharakatlarga deviant va delinkvent sharakatlar asos yaratadi. 35.Aqliy tarbiya . Axloqiy tarbiya. Download 129.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling