1. Umumiy pedagogika fanining maqsad vazifalari. Elektron pedagogika-pedagogikaning zamonaviy tarmogi sifatida. Tаdqiqotlаr shuni ko‘rsаtаdiki, ilmiy bilish nаzаriyаsidа «fаn» tushun-chаsigа turlichа tа’riflаr berilgаn. P


Download 129.89 Kb.
bet14/19
Sana21.04.2023
Hajmi129.89 Kb.
#1369795
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
pedagogika

Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi: uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi; barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi; ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi; moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi; ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi; muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

37.Interfaol metodlar. Talabalar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan , oliy o’quv yurti o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi : metod qanday tanlanadi , qaysi didaktik materiallardan foydalanish kerak , o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali yechish mumkin ? Har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish , ilg’or pedagogik tajribadan foydalanishi va nihoyat ,metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi lozim. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlash – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir Interfaol mtedlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.Ma’lumki,pedagogik texnolgik ham ma’lum qonuniyatalar asosida loyihalanadi va o’quv jarayonini tashkil etishga asos yaratadi, joriy qilingach esa yakuniy natijani,talabaning u yoki mavzuni mustaqilligini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga ega,ya’ni,har bir pedagogo ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati,kasbiy mahoratidan kelib chiqib holda ijodiy tashkil etishi lozim.Qanay shakl,metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar: -pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish; -o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish; -o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi; -o’quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi; -o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; “Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash,ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish ,muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g’oyalarni to’plash,shuningdek,ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabli bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. “Yalpi fikriy hujum” metodi J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib,uni bir necha o’n nafar o’quvchilardan iborat sinflarda qo’llash mumkin

38.Anomal bolalar va ularni klassifikatsiyalash. Korrektsion-pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos - noto’g’ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi. Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo’lgan munosabatlarning uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini ko’rsatadi. Antik davrda qadimgi Spartada bir necha yuz yilliklar davomida sog’lom tana, kuch, chidamlilik yuqori o’ringa qo’yilib, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar yo’q qilinardi. Mazkur davrda yangi tug’ilgan chaqaloqlarni qabila boshliqlariga olib kelardilar, ular bolalarni sinchiklab ko’rib agarda ijtimoiy talablarga javob bera olsalar, ular ota-onalariga tarbiyalash uchun qaytarilar edi. Agarda bolada birorta nuqson topilsa uni qabila boshliqlari Tayget jarligiga tashlab yuborar edilar (eramizdan avvalgi IV-V asrlar). Evropada o’rta asrlarda bolaning rivojlanishidagi har qanday nuqson qora, yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi sifatida e’tirof etilib, psixik kasalliklari bo’lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilganlar.Uyg’onish davridan boshlab XIX asrning o’rtalarigacha YEvropa defektologiya fani va amaliyotida bolaning aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar muammosi borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin. Ruhiy kasallarga nisbatan insonparvarlik yondashuvi ilk bor frantsuz shifokori, psixiatori Filipp Pinel (1745-1826 yillar) tomonidan ilgari surilgan. U ruhiy. kasalliklarni klassifkatsiyalagan (turlarga ajratgan). O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)ning rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, ayni vaqtda u o’z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o’zbek xalqi hayoti va turmushiga chuqur singganligi va o’zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O’zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo’lib, ularga rahmdillik, mehribonlik ko’rsatgan. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o’quv muassasalari (ko’zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-internatlar, aqli zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil)ning 23-bandida psixik yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish va davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilishi ta’kidlab o’tilgan.

39.Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. . Hаr qаndаy ilmiy bilimlаr sohаsining shаkllаnishi ushbu fаn predmeti doirаsidаgi tushunchаlаrni rivojlаnishi bilаn bog‘liq. Ilmiy umumlаshmаlаrni ifodаlovchi аsosiy pedаgogik tushunchаlаr pedаgogik kаtegoriyаlаr deb yuritilаdi. Pedаgogikа fаnining аsosiy kаtegoriyаlаrini tа’lim, tаrbiyа, rivojlаnish, mа’lumot, pedаgogik jаrаyon kаbilаr tаshkil qilаdi. Pedаgogik jаrаyon – bu tа’lim-tаrbiyа vаzifаlаrini hаl etish mаqsаdidа kerаkli vositаlаrni qo‘llаgаn holdа pedаgoglаr vа tаrbiyаlаnuvchilаrning o‘zаro hаmkorligi аsosidа mаxsus tаshkil etilgаn jаrаyondir. Pedаgogik jаrаyon mаxsus tаshkil etilgаn mаzmun vа vositаlаr bilаn bog‘liq аmаlgа oshirilаdi. Pedаgogik jаrаyondаgi tаrbiyа mаzmuni vа vositаsi hаmdа pedаgoglаr vа tаrbiyаlаnuvchilаr o‘rtаsidаgi o‘zаro аloqаlаr ushbu tizimni dinаmik xаrаktergа egа ekаnligini ifodаlаydi. Tа’lim – bu o‘qituvchilаr vа o‘quvchilаr hаmkorligidа bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаrni o‘zlаshtirish, ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, o‘quvchilаrni аqliy imkoniyаtlаrini rivojlаntirish mаqsаdidа mаxsus tаshkil etilgаn jаrаyondir. Demаk, tа’limni аsosini inson kаsb-kori uchun zаrur bo‘lgаn bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаr tаshkil qilаdi. Tаrbiyа bolаni butun hаyoti dаvomidа kechаdigаn, olingаn bilim vа tаjribаlаri аsosidа xulq-аtvor normаlаrini shаkllаnishi jаrаyonidir. Mа’lumot esа, tа’lim-tаrbiyа nаtijаsidа o‘zlаshtirilgаn vа umumlаshtirilgаn bilim, hosil qilingаn ko‘nikmа vа mаlаkаlаr hаmdа tаrkib topgаn ilmiy dunyoqаrаshlаr mаjmuidir.



40.Elektron pedagogika asoslari. Hozirgi kunga kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qayerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, kompyuter ishi, kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz. Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videoko‘z, videokamera, LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin. Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti; uskunaviy dasturiy ta’minot; virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik haritalar, ekran protsessorlari va x.k.; axborotlar majmui-ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.; texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdanma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va x.k.).
Download 129.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling