Ta’lim turlari va shakllarining tavsifi. Didaktik g’oyalar (tizimlar) tarixiy taraqqiyot jarayonida yangi g’oyalar bilan boyib davr talabiga mos keluvchi tizimlarga aylanadi. Didaktik tizimlarning ketma-ketligi o’qitish nazariyasi va amaliyotining umumiy qonuniyatidir. Ta’lim turlari (yunoncha «species» alohida, o’ziga xos xususiyatga ega) o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvdir. Pedagogik tizimlarning asosiy turlari quyidagilardir: arxaik (ibtidoiy) qadimgi (SHumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);avestiy (Baqtriya, Sug’diyona, Xorazmda – eramizdan avv. VII-VI asrlar);yunon (Ellins, rim-yunon, rim – eramizdan avv. V-I asrlar);o’rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko’rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o’qitish muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion); Og’zaki bayon metodlari - Hikoya, suhbat, ma`ruza ta`limning bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o‘quvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.Hikoya - Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o‘quv materialini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o‘tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Ma`ruza - Ma`ruza o‘rta umumta`lim maktablarining yuqori sinflarida, kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarda foydalaniladigan ta`lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta`sir o‘qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g’oya va bog’lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma`ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv materiali xajmiga ko‘ra belgilanadi.Suhbat - Suhbat o‘qituvchi o‘quvchining o‘zaro ta`siri dialog shaklidagi ta`lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog’liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi.
50.Ta’lim menejmenti. ;
Do'stlaringiz bilan baham: |