1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet11/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Adibaning «Ona», «Ko‘zlar» nomli pyesalari ham bor. Saida Zunnunova sevimli adibimiz Said Ahmadning turmush o‘rtog‘idir. Said Ahmadning boshiga og‘ir kunlar tushib — tuhmat bilan «xalq dushmani» sifatida qamalganda, Saida opa uning hayotga, ijodga qaytishiga madad bo‘ldi. O‘zining boshiga tushgan og‘ir sinovlarga ham bardosh berdi. Undan ering xalq dushmani, undan voz kech, deb talab qildilar. Bunga rozi bo‘lmagan yosh ayolga do‘q-po‘pisa yog‘dirdilar, qo‘rqitishga urindilar. Ta’qib etdilar, tazyiq o‘tkazdilar, xo‘rladilar. Bu azoblar bir emas, ikki emas, davomli bo‘ldi. U hammasiga chidadi. To‘g‘ri, halol va pok deb bilgani turmush o‘rtog‘ini kutdi. Sevimli qo‘shiq bo‘lib kuylanayotgan bir she’ridagi
Vaslingning umidida dunyodan o‘tib borgum,
Qanoatda Saida filcha bo‘lurmi, hay-hay
satrlari shoiraning o‘sha davrdagi hayotini, ruhiy holatini aks ettirgan bo‘lsa ajab emas.
Shoira ezgulik, adolat uchun kurashni, halol mehnatni o‘zining hayotiy maslagi deb bilgan. Bu dunyoqarash, e’tiqod, ko‘ngil aqidasi barcha asarlarining mag‘zini tashkil etadi. Said Ahmad rafiqasi haqidagi xotiralaridan birida
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni
O‘g‘irlik mol deyman, qilaman hazar.
Qalbimning parchasi singmasa agar,
Rozimasman, birov hadya etsa zar
misralarini keltirib, «Bu satrlar Saidaxonning she’rda chizilgan suratiga o‘xshaydi» degan edi.
* * *
Buvilar duoga qo‘llarin ochib,
«Boshi toshdan bo‘lsin», — der jigarlarin.
Buvalar yelkaga ortib, opichib,
«Boshi toshdan bo‘lsin», — der jigarlarin.
Aziz buvijonlar, aziz buvalar,
Yodingizda bo‘lsin yana bir tilak.
Boshi toshdan bo‘lsin jigarlaringizning,
Ammo tosh bo‘lmasin ko‘ksida yurak.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling