1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»
) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik. 2)
Download 1.3 Mb.
|
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzu
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: 1. Saida Zunnunovaning hayoti 2. Shoiraning ijodiy faoliyati 3. Yaratgan asarlari Nodira, Uvaysiy, Zulfiyaxonimlar izdoshi bo‘lgan, o‘tgan asr o‘rtalarida o‘zining samimiy she’rlari, mazmunli hikoya va qissalari, betakror dostonlari bilan adabiy jamoatchilik nazariga tushgan Saida Zunnunova o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan ijodkordir. U asarlarida o‘zbek qizlarining tortinchoq, hayo to‘la sajiyasini, Sharq ayolining andishaga o‘ralgan qiyofasini, onalarning cheksiz mehri va uning o‘ziga o‘xshash ayollargagina xos bo‘lgan matonatni, sadoqatni tarannum etdi. Saida Zunnunova 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan shoira onasi va qarindoshlari qo‘lida ulg‘aydi, kamol topdi. Andijon shahridagi 30-maktabni tugatgach, 1941-yilda Andijon o‘qituvchilar institutiga o‘qishga kirib, uni 1943-yilda tamomladi. Birmuncha muddat maktabda muallimlik qildi, viloyat gazetasi redaksiyasida ishladi. Adabiyotga muhabbat uni O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga yetakladi, bu yerda 1947-1952-yillarda tahsil oldi. Oliy o‘quv yurtini tamomlagach, qizg‘in jurnalistik faoliyatga sho‘ng‘idi va badiiy ijodga butun borlig‘i bilan berildi. «Gulxan» jurnali, «O‘zbekiston madaniyati» gazetasida adabiy xodim, badiiy adabiyot nashriyotida muharrir hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib ishladi. Saida Zunnunovaning ilk she’ri — «Salom senga» 1945-yili Andijon viloyatining «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. Shundan so‘ng bir qator she’rlari gazeta va jurnallar sahifalarida chop etila boshladi. Uning birinchi she’riy to‘plami talabalik yillari nashr etilgan. «Saidaning birinchi kitobini o‘qib, «Qizingiz yozdi» deb nom qo‘yib berganman, — deb yozgan edi akademik shoir G‘afur G‘ulom. — Xalqimizning Saidaga qilgan yaxshi niyati bekor ketmadi. U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi». Ustozlar ishonchini oqlagan shoiraning birin-ketin «Yangi she’rlar», «Gullar vodiysi», «Qizlarjon», «She’rlar», «Bir yil o‘ylari», «Nilufar» she’riy to‘plamlari bosmadan chiqdi. Shoira go‘zal lirik she’rlar bilan bir vaqtda «Sodiq va Anor», «Xayrixon», «Surat bilan suhbat», «Qo‘shnilarim» singari dostonlar ham yaratdi. S. Zunnunova bu she’riy asarlarida inson ruhiy hayotining nozik qirralarini, tuyg‘u va kechinmalari, dard-u hasrat va orzu-armonlarini mahorat bilan ifodalay oluvchi shoira sifatida shakllanganini namoyish etadi. «Surat bilan suhbat» dostoni shoira ijodida alohida mavqega ega. Bu asari bilan shoira iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya bitadi. Dostonda onaning urush tufayli ota mehridan benasib bo‘lgan, ne mashaqqatlar bilan o‘stirgan o‘g‘lining nikoh kechasidan keyingi iztirobli o‘y-xotiralari tasvirlanadi. Onaning qalbida ikki qarama-qarshi kechinma — farzandining kamolga yetganini, to‘yini ko‘rganidan quvonch, shukronalik hamda shu kunlarga yetolmaganlar haqidagi g‘am-anduhli xotiralar kurashadi. Saida Zunnunova o‘zbek-xotin qizlari hayotini o‘rganish, ular turmushidagi mashaqqatli jihatlar va murakkabliklarga jamoatchilik e’tiborini jalb etish niyatida oila va muhabbat mavzusida bir qancha hikoya va qissalar yozdi. Uning «Gulbahor», «Povest va hikoyalar», «Gulxan», «Do‘stlik», «Qanot», «Olov», «Ko‘chalar charag‘on», «Bo‘ylaringdan o‘rgulay» singari kitoblari xalqimizning ma’naviy mulkidan joy olgandir. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling