1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet13/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Asli ot-u nasabi G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-aprelida Toshkent shahrining Xastimom (Hazrati Imom) mahallasida tug‘ilgan. Bo‘lajak ijodkor oldin mahalladagi otinoyi maktabida, keyin sho‘ro maktabida o‘qidi. Adabiyot o‘qituvchisi Yunus Latifning ta’sirida badiiy adabiyotga mehr qo‘ydi, she’rlar yoza boshladi. U 1932-1933-yillarda transport texnikumida, 1934-1936-yillarda O‘rta Osiyo transport injenerlari institutida tahsil ko‘radi. 1936-1940-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)da ta’lim oladi.
Shuhratning birinchi she’ri 1935-yilda 17 yoshida e’lon qilindi. Kasbiga ko‘ra transport injeneri bo‘lishiga qaramay, adabiyotga qiziqishi katta bo‘lganligi sababli respublika Yozuvchilar uyushmasiga ishga kirdi. Bu yerda yosh ijodkorning yozuvchi-shoirlarga, adabiy muhitga yaqin bo‘lish istagi amalga oshdi. U 1930-yillarning ikkinchi yarmidan e’tiboran bitgan she’rlariga «Shuhrat» taxallusini qo‘llay boshladi. O‘sha yillarda Shuhratning «Orzu va qasos» dostoni, «Mehrol» nomli ertak-dostoni chop etildi va o‘quvchilarning e’tiborini tortdi.
1941-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangach, shoir Shuhrat urushga safarbar qilindi va u yerda 1943-yilda og‘ir yarador bo‘lgunga qadar janglarda qatnashdi. Shuhrat janggoh ham ijodni to‘xtatmadi. Uning o‘zi keyinchalik: Garchand, frontda muntazam ijod etolmagan bo‘lsam ham, qachonlardir bu sevimli hunarimga qaytish ishtiyoqi bir lahza ham xayolimdan ketgani yo‘q. Ba’zan zavq-shavqimni yoki dushmanga nafratimni qog‘ozga tushirib qo‘yar edim», — deb yozadi.
Frontdan qaytgach, urush mavzusida «Shinelli yillar daftari» she’rlar turkumini yozdi, «Farzand», «So‘lmas chechaklar» kabi dostonlar yaratdi. Ularda urushda qatnashgan odamning tuyg‘ulari, urushning vayrongarchiliklariga nisbatan nafrati ta’sirli aks ettiriladi.
Hayotga romantik ko‘z bilan qaraydigan, hamisha ezgulikka intilgan Shuhratning ijodida qahramonlik ko‘rsatgan odamlarning jasorati tasvirlangan balladalar alohida o‘rin tutadi. Shoirning «Ona va farzand», «Jamila», «Raymonda» kabi balladalari markazida bolalar obrazi turadi. Ularda o‘zgalarning vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon bolalar hayoti tasvirlanadi. Agar birinchi asarida sho‘ro yerlarida borgan urush voqeasi aks etgan bo‘lsa, «Jamila»da arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi, «Raymonda»da Vyetnamda borayotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etiladi.
Shuhratning «Uch qiz afsonasi», «Guldursun», «Qora va oq aravacha haqida ertak» kabi balladalarida ham turli odamlar tomonidan turli davrlarda ko‘rsatilgan qahramonliklar madh etilgan. Siz o‘rganadigan «Mardlik afsonasi» balladasi ham ana shu yo‘nalishdagi asarlardan bo‘lib, juda qadim zamonda yashab o‘tgan momomiz To‘marisning tengsiz shijoatini tasvirlashga bag‘ishlangan.
Urushda sho‘ro tuzumi uchun qon to‘kkan Shuhrat 1951-yilda shu hukumat idoralari tomonidan «millatchi» degan tuhmat bilan qamoqqa hukm qilinib, Shimoliy Qozog‘istonga jo‘natiladi. Yozuvchi to‘rt yildan ortiqroq vaqt mobaynida qamoqda g‘oyat og‘ir azoblarni boshidan kechiradi. Shoir Shuhrat qanchalik og‘ir azoblarga solinmasin, hech kimga qarshi ko‘rsatma bermaydi, biror ijodkorga tuhmat qilmaydi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling