1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet121/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:

O‘zbek o‘quvchilari Ernest Seton-Tompson ijodini yaxshi bilishadi. Yozuvchi 1860-yil avgustning 14-kunida Angilyada tug‘ildi. Uning tomirida shotland qoni bor. Ernestning ajdodlari tog‘liklar bo‘lib, ular hamisha tabiat orasida, tabiat bilan hamnafas yashadi...


Ernest olti yosh bo‘lganda ularning oilasi Kanadaga ko‘chib keldi. U shu yoshidan boshlab esini tanidi, ko‘rgan-bilganlarini eslab qoladigan bo‘ldi. Shu yil qishda maktabga bordi.
«Qish olis-olis bo‘ldi. Nihoyat, martda chinakam ko‘klam keldi, kun charaqlab ketdi, tevarakdagi qorlar eriy boshladi, osmon tiniqdan tiniq, zangori bo‘ldi. Shunda, jajjigina bir qushcha uyimiz oldidagi terakka kelib qo‘ndi-da, ohista-ohista sayradi. Bizdan kattaroq bir bola uni: «Bu -baxt qushi», — dedi. Xayolimda baxt qushining moviy yelkasini ko‘rganday bo‘ldim. Baxt qushi qayta-qayta sayrab, o‘zining nafis qo‘shig‘ini kuyladi.
Nimagaligini o‘zim ham bilmayman, shunda men birdan o‘pkam to‘lib, yig‘lab yubordim. Baxt qushining qo‘shig‘idan ko‘nglimning tub-tubigacha to‘lqinlanib ketdim. Shundan buyon men har yili bahor bilan moviy qushimni — baxt qushimni kutadigan bo‘ldim».
Iste’dodlar hamisha o‘jar bo‘ladi. Shu bois, maktabdagi eng iste’dodli bola ham, eng o‘jar bola ham Ernest bo‘ldi.
«Bir kuni bir e’lon o‘qib qolib, unda doktor Rossning «Kanada qushlari» kitobi chiqib, Piddington kitob magazinida sotilayotganini bilib oldim.
Ertasi kuni hayajondan qalt-qalt qaltirab, o‘sha yoqqa yo‘l oldim. Qarasam, kitob bir dollar turar ekan. Otamdan pul so‘rab bo‘lmaydi, u mening tabiat ilmi bilan qiziqishimga qarshi odam. O‘zimda bo‘lsa pul yo‘q. Shunda men ana shu yuz sentni halol mehnatim bilan topmoqchi bo‘ldim. Ikkita ajoyib quyonim bor edi, shularni bozorga solib, ellik sentga pulladim... Bir hafta o‘tib, bir ayolning o‘tinlarini ko‘chasidan hovlisiga tashib berdim. Ayol xizmat haqim uchun o‘n sent berdi. Jamg‘argan pulim jami oltmish sent bo‘ldi. Keyin bor mayda-mayda toshlarimni pullab, yana o‘n ikki sent topdim. Tag‘in ish izladim. Bisotimdagi narsalarimni jalloblarga pulladim. Bir ingliz xonimga hasharot terib berdim. Bir-ikki hafta deganda jamg‘argan pulim to‘qson sent bo‘ldi. So‘ng, omadim kelmay, qolgan sentlarni topolmay qoldim... Ammo kitob magaziniga bormagan kunim qolmadi, har kuni Piddingtonga borib, kitob magazini tokchasidagi meni tabiatning bor sir-asroridan voqif etajak mo‘jizaviy kitobni ko‘rib kelib yurdim».
Keyin akasi Ernestga ish buyurib, haqiga bir galstuk uzatdi. Ernest galstukni emas, pulini oldi. Shunday qilib, puli yuz sent — bir dollar bo‘ldi. Nihoyat, magazindan orzu qilgan kitobini olib, murod-maqsadiga yetdi...
U avval-avval rasmlar chizdi. Rassom bo‘lmoqchi bo‘ldi. Qator-qator rasmlar chizdi. Rasmlarni ko‘rgazmaga qo‘ydi...
U ajoyib animalist — jonivorlar tasvirini yaratuvchi rassom bo‘ldi. Ammo «baxt qushi»ni tabiatshunos olimlikdan, adiblikdan topdi...
Tabiat... uch olam (rassomlik, badiiy adabiyot va ilm) nuqtayi nazaridan kelib chiqib tasvirlandi. Aksariyat hollarda bu uch olam nuqtayi nazari, fikri bir-biriga to‘g‘ri kelmay qoldi. Rassomlar tabiati boshqa, yozuvchilar tabiati boshqa, olimlar tabiati boshqa bo‘lib keldi. Seton-Tompson ana shu uch nuqtayi nazar, ana shu uch qarash — rassomlik, yozuvchilik, olimlikdan Seton-Tompson bo‘ldi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling