1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»
Download 1.3 Mb.
|
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik. 2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: YOVVOYI YO‘RG‘A I ...Jo ham shu yerda bo‘lib, uning xayoliga, shu otni ushlab olsam ziyon qilmasdi, degan fikr keldi. Sharqiy shtatda yashovchi odamlar shunday niyat qilsa, ajablanmasayam bo‘ladi, ammo ot arzon G‘arbda yovvoyi otlarga hech kim e’tibor bermaydi. Avvalo, uni ushlash oson emas, bordi-yu, ushlagan taqdirda ham yovvoyi ot umrining oxirigacha sarkash, besamar, yovvoyiligicha qoladi. Ko‘p podachilar yovvoyi otlarni otadi. Boisi, ular nafaqat yaylovlarni tepkilab, bulg‘ab ketadi, yana tag‘in uy otlariniyam yo‘ldan urib, ergashtirib ketadi. Oqibat, uy otlariyam tez orada yovvoyilashib qoladi. Jo Kalon otni, uning fe’l-atvorini binoyiday biladi. U shunday deydi: - Men haligacha yuvosh emas bo‘z otni ko‘rganim yo‘q. Asov emas to‘riqniyam ko‘rmadim. Agar qora to‘riqni yaxshilab minib o‘rgatsa, undan baraka topsa bo‘ladi. Ammo lekin qora ot eshakday o‘jar, itday qahrli keladi. Qora otda tirnoq bo‘lsa, arslonniyam gumdon qiladi! Demak, yovvoyi ot butunlay foydasiz hayvon, qora yovvoyi ot undan ham o‘n baravar foydasiz ekan. Jo shu yili biron ishniyam amalga oshirolmadi. Boisi, u oddiy galachi bo‘lib, oyiga yigirma besh dollar olar, bekor vaqti juda oz edi. U ko‘pgina kovboy o‘rtoqlari kabi qachondir ferma sotib olishni, shuningdek, o‘z xususiy galasi bo‘lishini orzu qilardi. Uning Sant Feda risolaga solingan tamg‘asi bor, u yakka-yu yagona qoramolining sag‘risiga bosilgan edi. Keyinchalik Jo o‘z tamg‘asini har qanday tamg‘asiz hayvonlarga bosish huquqiga musharraf bo‘ldi. Kuzda hisob-kitob qilib ko‘rib, «shaharni aylanish» istagidan o‘zini tiyolmadi. Shu boisdan ham uning bor-yo‘g‘i egar, to‘shak hamda qari sigirdan iborat bo‘lib qoldi. Biroq u tushkunlikka tushmadi, qachonlardir «biror narsani amalga oshirib» birdan boyib ketaman, deb yurdi. Qora yo‘rg‘ani ko‘rgach, shu menga baxt keltiradi, deb o‘yladi, uni qo‘lga olish uchun qulayroq payt poyladi. Biroq Jo Kanada daryosi bo‘ylab yo‘lida davom etib, kuzda Don-Karlos do‘ngliklariga qaytib keldi. Garchi, yovvoyi yo‘rg‘a haqida ko‘p eshitib yursa-da, lekin o‘zini ko‘rmadi. Bu orada ikki yoshlik qora yo‘rg‘aning dong‘i o‘lkaga ketdi. Jayron bulog‘i yuza yalanglikdadir. Buloq oqib borib, tevaragi qiyoq, o‘tlar bilan o‘ralgan maydagina ko‘lga aylanadi. Ko‘l suvi ozayganda gir aylanasida loyning tilim-tilim qop-qora, yirik tasmalari qoladi, ayrim yerlarida oppoq tuz dog‘lari yaltirab turadi, chuqur joyida esa oqmasa-da, ichsa bo‘ladigan toza suv qoladi. Yaqin atrofda shu hovuzdan boshqa suv yo‘q. Hamisha mollar hamda uy otlari o‘tlaydigan ana shu yalanglik qora toychoqning ko‘ngil qo‘ygan yayloviga aylandi. Yaylovda asosan «l, f» harflari ayqash tamg‘alangan mollar o‘tlaydi. Ushbu ferma sohibi Foster juda uddaburon odam. U yaylovda zoti yaxshilangan uy hayvonlari boqilsa, kirim ko‘payishini yaxshi biladi, Uning qaramog‘ida o‘nlab ulkan, pishiq tanli, ohuko‘z chalazot baytallar bor. Serjun otlar ularning oldida g‘arib jonivorlar bo‘lib qoladi. Ana shu xushqomat baytallarning birovi kundalik yumushlar uchun hamisha otxonada qoladi, qolgan to‘qqizi toychoqlarini emizib bo‘lib, o‘z erkida o‘tlab yuradi. Ot hamisha sero‘t yaylovni topadi. To‘qqiz baytal ham o‘z fermalaridan yigirma mil janubdagi Jayron bulog‘ini topdilar. Yoz kelib, Foster bir o‘rtog‘i bilan baytallarni qidirib topdi. Baytallar orasida ko‘mirday qop-qora toy yurardi. Toy baytallarni gir aylanib, ularga homiylik qilar, ayni vaqtda hech qayoqqa ketgani qo‘ymasdi. Toyning qop-qora tani baytallarning oltinrang tanasidan keskin ajralib turardi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling