1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet27/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Shoir va yozuvchi Mirmuhsin Mirsaidov 1921- yilning 3-mayida Toshkent shahrining Qo'rg'on- tegi mahallasida kulol oilasida tiig'ildi. O'rta maktabni bitirgach, Toshkent davlat pedago- gika institutiga kirib, uni 1942-yilda tugatdi. Bo'lajak yozuvchi o'zini jurnalistika va badiiy ijodga bag'ishladi. 1944-1946-yillarda respub- lika radioqo'mitasida muharrir, 1947—1961 -yillar oralig'ida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1950-yildan 1960- yilgacha o'n yildan oshiqroq «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri, 1961—1963-yillarda «Qizil 0'zbekiston» gazeta- sida bo'lim mudiri, 1963-1971-yillarda «Mushtum» jurnali bosh muharriri, 1972-yildan 1981-yilga qadar yana «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri, 1982-1994-yillarda mashhur «Guliston» jurnali bosh muhamri vazifalarida ishlagan.
Badiiy ijodni shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin 1936- yilda «Sheralining mardligi» va «Ovchi bolalar» nomlari bi- lan she'r va hikoyalar to'plamlarini chiqargan. 1938-yilda «Qamar» nomli ilk dostoni bosilib chiqdi. 1948-yilda «Vafo», 1948-yilda «Qadrdon do'stlar», 1951-yilda «Farg'ona», 1952-yilda «Vatandoshlar», 1959-yilda «Irmoqlar», 1960-yilda «Qalb va falsafa», 1964-yiIda «She'rlar» nomli she'riy kitob- lari bosilib chiqqan. Shoir bir qator dostonlar ham yaratgan. Chunonchi, «Usta G'iyos» (1946), «Do'nan», «Yashil qish- loq» (1948), «Shiroq» (1969), «Nevara», «Avesto» (1970) singari dostonlarida qahramonlarning ruhiyati turli hayotiy to'qnashuv va kurashlar asosida ko'rsatib berilgan.
Mirmuhsin - o'zbek adabiyotida 1954-yilda yaratilgan «Ziyod va Adiba» ilk she'riy romanining muallifi. Adib bu asarida o'zbek yoshlari dunyoqarashi va ruhiyatida yuz ber- gan o'zgarishlarni qiziqarli tasvirlashga uringan.
Mirmuhsinning ilk qissasi «Jamila» 1956-yilda e'lon qilingan. Uning 1957-yilda yozilgan «Oq marmar», 1962- yilda bitilgan «Cho'ri», 1964-yilda dunyoga kelgan «Tun- gi chaqmoqlar» qissalari xalqimiz o'tmishini aks ettirishga bag'ishlangan. Ularda zulm-u zo'ravonlikka qarshi kurash- gan shaxslarning o'ziga xos obrazlari yaratilgan. Dunyo miqyosida fikrlashga uringan adib Mirmuhsin chet elliklar hayotini aks ettirishga qaratilgan bir qator asarlar ham yaratdi. Yozuvchining 1960-yilda bosilgan «Chodrali ayol» hikoyalar to'plami va 1979-yilda chop etilgan «Chodrali ayol» qissasi chet ellardagi kishilar hayotini ko'rsatishga bag'ishlangan.
She'riyat hamda kichik nasriy janrlar bo'lmish hikoya va qissachilikda muayyan tajriba orttirgan Mirmuhsin keng qamrovli roman janrida ham qalam tebratdi. 1969-yilda «Chiniqish» va «Umid», 1972-yilda «Degrez o'g'li», 1974-yilda «Me'mor», 1977-yilda «Chotqol yo'lbarsi», 1982-yilda «Ildizlar va yaproqlar», 1986-yilda «Temur Malik», 1995-yilda «Ilon o'chi», 1997-yilda «Turon malikasi» romanlari dunyo yuzini ko'rdi. Ularda turli davrlarda yashab o'tgan turli taqdir egalari bo'lgan kishilarning betakror taqdirlari aks ettirildi.
Mirmuhsin ijodiy umrining barcha davrida ham bolalar uchun asarlar yozgan adibdir. Uning «Sheralining mardligi», «Ovchi bolalar», «luqmon va O'roqboy» singari turli janrlar- dagi asarlarida bolalarning o'ziga xos hayoti va ruhiy dunyosi tasvirlangan.
Mimiuhsin uzoq ijodiy umridagi xizmatlari uchun 1974-yilda Hamza nomidagi davlat mukofoti, 1981-yilda «0'zbekiston xalq yozuvchisi», 1998-yilda «El-yurt hurmati» singari yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan.
Adib 2005-yil 2- fevralda Toshkent shahrida vafot etdi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling