1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»
Milliy va umummadaniy kompetensiya
Download 1.3 Mb.
|
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish. Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin) Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar... Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik. 2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: Chingiz Aytmatov (1928-2008) YOZUVCHI O‘ZI HAQIDA Bizning ovulimizda yetti otasini bilish odatiga qat’iy rioya qilinardi. Shu sababdan o‘zimizdan oldin o‘tgan yetti ajdodimizni bilish muqaddas burch ekanligi bolalikdanoq ongimizga singdirilardi. Odatda ovul qariyalari bu borada o‘g‘il bolalarni: «Qani, ayt-chi, botir, kimlarning avlodidansan? Otang kim? Otangning ota-bobolari kimlar? Nima ish bilan shug‘ullanishgan? Odamlar ular haqida nima deydi?» kabi savollar bilan sinashardi. Agar bola bu savollarga javob berolmasa, uning ota-onasi qattiq izza qilinardi. Aytmat bobomni ko‘rmaganman. U 1918-20-yillarda vafot etgan. Men esa 1928-yil 12-dekabrda tug‘ilganman. Bizning Shakar ovulimiz chekkasidagi Qurqurov daryosi qirg‘og‘ida eski, yerga botib borayotgan tegirmon toshi bor. Yillar o‘tgan sayin u ko‘proq yemirilib, yerga chuqurroq singib bormoqda. Ana shu yerda bobomning tegirmoni bo‘lgan. Bu tegirmon bir yilcha ishlagan, xolos, keyin yonib ketgan. Shundan keyin inqirozga uchragan bobom 12 yoshli o‘g‘li To‘raqul — mening otam bilan u yerdan ketib, temir yo‘l tonnellari qurilishida ishlagan. Shu yerdan mening otam rus bojxona ma’muriyati yordamida Avliyoota shahridagi rus-tuzem maktabiga o‘qishga kirdi. Keyin u ikki marotaba Moskvada o‘qidi. Qirg‘izistonda rahbarlik lavozimlarida ishladi. Onam — Nagima Hamzayevna Aytmatova o‘qimishli, o‘z davrining ilg‘or ayollaridan bo‘lgan. Bu narsa ota-onamga meni rus madaniyati, tili va adabiyotiga oshno qilish imkonini bergan. Buvim esa har yozda meni toqqa olib ketardi. U ovuldagi eng aqlli va hurmatga sazovor ayollardan edi. U men uchun ertak, doston, qadimiy qo‘shiqlarning bitmas-tuganmas xazinasi edi. Ehtimol, o‘shanda buvim o‘zi sezmagan holda o‘z tilimni sevishga, hurmat qilishga o‘rgatgandir. Bunga hech qanday shubham yo‘q. Ona tili! U haqda nihoyatda ko‘p gapirilgan. Lekin uning sirli mo‘jizasini tasvirlab bo‘lmaydi. Bolalikda shuurga singdirilgan ona tiligina qalbni she’riyat bilan sug‘orishi, insonda milliy g‘ururning ilk kurtaklarini uyg‘otishi va ajdodlar tilining naqadar serqirra va sermazmun ekanligini anglatishi mumkin. Bolalik nafaqat quvnoq davr, bolalik — inson shaxsi shakllanishining ilk davri hamdir. Buvim mening bolaligimni turli ertak, qo‘shiq, dostonlar bilan bezagan. U meni turli davralarga, to‘y-hashamlarga o‘zi bilan birga olib borardi. Menga tez-tez o‘zining tushlari haqida gapirib berardi. Bu tushlar shunchalik qiziq ediki, u mudrab uxlab qolgan vaqtida ham men uni uyg‘otib, tushning davomini aytib berishini so‘rardim. Qisqa tushlar meni qoniqtirmasdi. Shunda buvim qo‘shnilarinikiga chiqib, «qarzga» tush so‘rar va menga so‘zlab berardi. Keyinchalik tushundimki, buvim bu tushlarni men uchun to‘qib berarkan. Buvim ko‘p o‘tmay vafot etdi. Endi men shaharda, o‘z uyimizda yashay boshladim. Keyin maktabga bordim. Ikki yil o‘tgach, sevimli ovulimga qaytib bordim. Bu safargi kelishim uzoq va qiyinchilik bilan kechdi. 1937-yil mening otam — partiya xodimi, Moskvadagi qizil professura institutining tinglovchisi — qatag‘on qilindi. Bizning oila ovulga ko‘chib keldi. Aynan shu vaqtdan men uchun qiyinchiliklarga to‘la asl hayot maktabi boshlandi. Onamning singlisi — Qoraqiz xola og‘ir kunlarda bizni o‘z bag‘riga oldi. U men uchun buvimning o‘rnini bosdi. Onam ovulga og‘ir ahvolda ko‘chib keldi va uzoq yillar kasallik bilan kurashdi. Oilamizda to‘rt farzand, men eng kattasi edim. Sharoit og‘ir edi, lekin butun Shakar ahli: qo‘shnilar ham, ilgari bizga tanish bo‘lmagan odamlar ham bizni tashlab qo‘yishmadi. Ular imkonlari yetgancha biz bilan non, yoqilg‘i, kartoshka va hatto issiq kiyimlarni ham bo‘lishardi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling