O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Yo‘q savohil ichinda rahzan ul,
Bahr aro ham anga kelib fan ul.
U sohilda, ya’ni quruqlikdagina qaroqchi emasdi,
Dengiz ichida ham bu (qaroqchilik) unga fan edi.
Bir necha zavraq asrabon tayyor,
Yangi oy zavraqi kibi sayyor.
(U doim) bir necha qayiqni tutardi tayyor,
(Ular) yangi (chiqqan) oy kabi edilar sayyor.
Qaysi zavraqkim, ul yasab oni,
Asrabon o‘zga yerda pinhoni.
U qaysiki kema(lar)ni yasagan bo‘lsa,
(Ularni) o‘zga, ya’ni boshqa yerda pinhon asrardi.
Necha rahzan anga mulozim etib,
Hifzini borchasig‘a lozim etib.
Qancha yo‘lto‘sarni unga, ya’ni kemalarga etib mulozim, Barchasiga (kemalarni) qo‘riqlashni ayladi lozim.
Qaydakim zavraqi topib taskin,
Anda bir diydabon qilib tayin.
Qayerdaki kemasi taskin topgan — yashirilgan bo‘lsa,
U yerga bir diydabon — kuzatuvchini tayin qilardi.
Kim jazoirdakim tutub besha,
Ul kishiga bu ish bo‘lub pesha.
Kim (qaysi) jazira, ya’ni orolda makon tutsa,
Unga bu ish, ya’ni kuzatuvchilik pesha — vazifa bo‘lardi.
Kim, chiqib bir biyik shajar uzra,
Ko‘z solib bahri mavjvar uzra.
(Kuzatuvchi) bir ulkan daraxt ustiga chiqib,
Mavjli dengiz uzra ko‘z solib (o‘tirar edi),
Ko‘ziga kema uchrasa nogah,
Ani filhol etar edi ogah.
Nogoh ko‘zlariga kema ko‘rinsa,
Darhol u (zolim)ni ogah etardilar.
Ul minib zavraqi sabuksayre,
O‘ylakim suvda sayr etar tayre,
U (darhol) tezyurar kemaga minar (edi),
Go‘yoki suvda sayr etuvchi suzar qush(dek bo‘lardi)
|
Kema ahlig‘a hay deguncha yetib,
Borchag‘a har ne ko‘ngli istar etib.
Kema ahliga «hay» deguncha — birpasda yetardi,
Barchasiga ko‘ngli istaganini qilardi.
Talabon mol-u, elni aylab halok,
Yonibon komi dil bila bebok.
Mol(lar)ni talab, (kemadagi) elni halok qilib,
Dildagi maqsadi(ga yetib) xotirjam qaytardi.
Bahr aro ofati nechukki nahang,
Hesha ichra nechukki sher-u palang.
(U) dengiz ichida go‘yo nahang kabi ofat (bo‘lsa),
To‘qay, ya’ni quruqlikda sher-u yo‘lbars(day edi).
Suv yuzinda sabo kibi obir,
Otini xalq aytibon Jobir.
Suv yuzida shabada kabi kezuvchi (edi),
Xalq (uning) otini Jobir derdi.
Dasht-u daryoda lek ahli ubur
«Jobiru rohzan» qilib mashhur.
Lekin dasht-u daryoda(gi) sayyohlar (orasida)
(U) «qaroqchi Jobir» (nomi bilan) mashhur edi..
Bor edi bir jazira ma’man anga,
Xalq molin yig‘org‘a maxzan anga.
Uning bir jazirada joyi bo‘lib,
(U talangan) xalq moli yig‘iladigan xazina edi.
Bir yig‘ochqa yaqin jazirag‘a davr,
Davrida suvg‘a topmayin kishi g‘avr.
Jaziraning davr(i) — atrofi bir yig‘ochga yaqin (bo‘lib)
Bu masofadagi suv tubiga hech kim yetmagandi
Davrasida ko‘runmayin ko‘zga,
Onchakim ko‘z tushar sudin o‘zga.
Atrofdan (qaraganda, jazira ko‘zga ko‘rinmasdi,
Shunchalik ediki, ko‘z suvdan o‘zgasiga tushmasdi.
Ichida beadad shajar butubon,
Sabza o‘rnig‘a nilufar butubon.
Ichida beadad, ya’ni behisob daraxt bitgan,
Sabza, ya’ni maysalar o‘rniga nilufar bitgandi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |