Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1. Bu ravzaga kimki kelib,
Bir kechasi mehmon ekan,
Umrida bir ko‘rgan kishi,
O‘lganda bearmon ekan.
|
2. Ikki tarafdin soy deng,
Ko‘m-ko‘k musaffo choy deng,
Har dam ichib hoy-hoy deng,
Obihayoti jon ekan.
|
3. Osmonga qo‘ygan nardbon,
Chiqsang tamosho bir jahon,
Nahri ulug‘, har so‘y ravon,
Ko‘rmakka ko‘z hayron ekan.
|
4. Keldik yetib mohi rajab,
Har kim ko‘rar aylar ajab,
Na pors ko‘rgan, na arab,
Bir jannati rizvon ekan.
|
5. Boloda tang-tang ko‘chalar,
Turg‘ayki, shayx-u xo‘jalar,
Kelsa tovuq ham jo‘jalar,
Yozmoqda dasturxon ekan.
|
6. Badshakl-u badxo‘, badnamo,
Botinda kiyna, fisq, riyo,
Kim uchrasa shilqim gado,
Sulloh ozori jon ekan.
|
7. Sahni ajoyib xushhavo,
Ham ruhparvar, jonfizo,
Xushbo‘y ko‘ringan har giyoh,
Jambil bilan rayhon ekan.
|
8. Kabiklari bo‘ynin cho‘zib,
Yuz savt ila nag‘ma tuzib,
Bulbul navolar ko‘rguzib,
To‘tisi xushilhon ekan.
|
9. Bo‘lsa kerak bul tog‘lar,
Kam-kam chiroyli bog‘lar,
Hech kimsa ko‘rmas dog‘lar,
Ko‘ngli aro qolgan ekan.
|
10. Zavqiy kelib ko‘p turmadi,
Tursa rafiqlar qo‘ymadi,
Oyo nasiba bo‘lmadi,
Ehromi Uchqo‘rg‘on ekan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |