1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet84/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, va ulardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Maxtumquli turkman xalqining iftixori hamda yorqin adabiy siymosidir. O‘zbek kitobxonlari ozarbayjonlik Fuzuliyni qanchalik o‘ziniki deb bilsalar, turkman Maxtumqulini qalblariga shunchalik yaqin ko‘radilar. Uning adabiy merosida oczbek-turkman ellarining qon-qardoshlik tuyg‘ulari muhrlangan. Ayniqsa, Yassaviyning ta’siri, Navoiyga izdoshlik chizgilari unda yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Asarlarida umumturkiy mushtarak g‘oyalar, orzu-armonlar, sharqona ma’naviyat va yuksak ma’rifat tarannum etilgan.

Maxtumquli 1733-yilda Turkmanistonning Atrak daryosi bo‘yidagi Hojigovshon qishlog‘ida tug‘ilgan. Qizig‘i shundaki, uning bobosining ismi ham Maxtumquli edi. Bobosi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Ayni paytda nazm ta’biga ega bolgan bu shaxs xalq qo‘shiqlari yo‘lida she’rlar aytgan oqin sifatida ham tanilgan. Shoirning otasi Davlatmamad 1700-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Xiva madrasasida tahsil ko‘rgan, keyinchalik shu madrasada mudarrislik qilgan g‘oyat ziyoli kishi edi. U iste’dodli shoir bolib, Ozodiy taxallusi bilan qocshiq va g‘azallar yozgan. Turkman adabiyoti taraqqiyotida Ozodiy alohida mavqega ega ijodkor sanaladi. Olti ming misrali, to‘rt bobdan iborat «Va’zi Ozod» yirik ilmiy risola-dostoni Ozodiy ijodida, umuman, turkman mumtoz adabiyotida muhim o‘rin tutadi.


Maxtumquli dastlabki boshlang‘ich ta’limni oilada o‘z otasidan olgan. So‘ng ovul maktabida Niyozsolih mulla qo‘lida o‘qidi. Maktab tahsili tugagach, o‘qishni Qiziloyoq ovulidagi Idrisbobo, Buxorodagi Ko‘kaldosh, keyinchalik xonlik markazi bo‘lmish Xivadagi Sherg‘ozi madrasalarida davom ettirib, zamonasining yetuk fozil kishisi maqomiga erishdi. O‘z mehnati bilan halol rizq topish maqsadida zargarlik hunarini o‘rgandi.


Maxtumquli hali bola yoshidanoq qo‘liga qalam olib, she’r yozishga tutingan. To‘qqiz yoshda bobosi va otasi izidan borib, xalq yo‘lida qo‘shiqlar to‘qiy boshlagan. Shoir ba’zi she’rlariga «Firog‘iy» taxallusini qo‘llaydi. Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon, Samarqand, Turkiston kabi bir qancha mamlakat va shaharlarga sayohat qilgan. Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra shoir 1791-yilda vafot etgan.


Maxtumquli ijodi lirik she’rlar, liro-epik dostonlar, g‘azal, mumtoz she’riyat yo‘lida hamda xalqona ohanglarda yozilgan to‘rtliklar va muxammaslardan iborat. Mutaxassislarning fikricha, ijodining umumiy hajmi o‘n ming misradan ortiq.


Maxtumquli she’riyatining mavzu ko‘lami keng va o‘ziga xos. Ishq-muhabbat mavzuidagi she’rlarida bir tomondan Sharq mumtoz adabiyoti an’analari bo‘y ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan turkman xalq og‘zaki ijodi ruhi ufurib turadi. Bir qator she’rlari shoir yoshlikda sevib yetisholmagani go‘zal Menglixon ismli qizga atab yozilgan. Ularda tengsiz suluv ma’shuqa go‘zalligidan zavqlanish, ishqiy kechinmalar, hijron onlaridagi o‘rtanishlar va judolik alamlari nafis ifodalarda bayon etilgan.





Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling