1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet86/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Maxtumquli ijodi lirik she’rlar, liro-epik dostonlar, g‘azal, mumtoz she’riyat yo‘lida hamda xalqona ohanglarda yozilgan to‘rtliklar va muxammaslardan iborat. Mutaxassislarning fikricha, ijodining umumiy hajmi o‘n ming misradan ortiq.
Maxtumquli she’riyatining mavzu ko‘lami keng va o‘ziga xos. Ishq-muhabbat mavzuidagi she’rlarida bir tomondan Sharq mumtoz adabiyoti an’analari bo‘y ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan turkman xalq og‘zaki ijodi ruhi ufurib turadi. Bir qator she’rlari shoir yoshlikda sevib yetisholmagani go‘zal Menglixon ismli qizga atab yozilgan. Ularda tengsiz suluv ma’shuqa go‘zalligidan zavqlanish, ishqiy kechinmalar, hijron onlaridagi o‘rtanishlar va judolik alamlari nafis ifodalarda bayon etilgan.
Shoirning bir qator she’rlarida turkman xalqining hayoti, orzu-armonlari, milliy an’analari, muhim ijtimoiy-siyosiy hodisalari ham aks ettirilgan. «Turkman binosi» she’rida


Qurganim aslida, bilgil, bu zaminning mixidir,
Erur ul erkin doim, budur turkman binosi.


Garki dunyo ayladi, gar kelsa raqib qoshiga,
Bir po‘latdan bino bo‘lgan, budur turkman qal’asi

misralarini faxriya bilan yozar ekan, ayni paytda yurt uchun eng katta saodat millat birligi, yakdilligi ekanini alohida ta’kidlaydi:




Taka, yovmut, yazir, go‘klang, ahal eli bir bo‘lib,
Gar qilsa bir joyga yurish, ochilar gul-lolasi.

Shoirning hayot va o‘lim, inson va borliq, go‘zal insoniy fazilatlar va odob-axloqqa oid she’rlarida islom dini va tasavvufiy qarashlar yaqqol sezilib turadi. Bunday she’rlar shoir to‘plam-larining salmoqli qismini egallaydi. Hatto muhabbat mavzusidagi eng go‘zal she’rlari Yaratganga bo‘lgan ilohiy ishq kechin-malari bilan uyg‘un tarzda berilganligini kuzatish mumkin:




Asli seni ko‘rmaganman, nigorim!
Qumrimisan, bulbulmisan, namasan?
G‘amgin dilni xayoling-la aldarman,
Bog‘ ichinda bir gulmisan, namasan?..


Yo mushkmisan, yokijambil, yo anbar?
Aytolmayman, yo charxmisan, yo chambar?
Daryomisan, yo mavjmisan, yo savsar?
Girdobmisan, to‘lqinmisan, namasan?..


Maxtumquli, kechgin kibr-u oringdan,
Qo‘lingni tori bu befavo koringdan,
Jahon to‘la, sen g‘ofilsan Yoringdan,
Yo mastmisan, shaydomisan, namasan ?

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling