1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»
Download 1.3 Mb.
|
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik. 2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: MAXDUMNING BAXTI Shu kundan boshlab Anvarning hayotida yangi sahifa ochiladir. Ya’ni maxdum Anvarga ilgarigicha — istiqboli qorong‘u bir yatim, deb qaramay, balki Anvar kabi o‘z o‘g‘li bo‘lmag‘anig‘a o‘kuna boshlaydir. Darhaqiqat, uning o‘kunishiga arziydirgan chigil masalalar ham tug‘uladirkim, masalan: Anvar o‘rda xizmatiga kirib qolsa, oyig‘a besh tillo-o‘n tillo naqdina daromad qilib tursa, bu mablag‘lar... Shunday istiqboldag‘i bu «mablag‘lar» masalasi maxdumning ichini ari bo‘lib talaydir. «O‘n yoshidan beri o‘qutib, yedirib, kiydirib kelaman; albatta, daromadda manim haqqim bo‘lur», - deb o‘ylasa ham, bu hukmidan o‘zi uncha rozi bo‘linqiramaydir. Harholda masala chigil... Mohlar oyimning Ra’noni Anvarga berish to‘g‘risidagi «ahamiyatsiz» so‘zlari o‘sha vaqtlarda maxdumning ensasini qotirg‘an bo‘lsa, hozir shu haqda chinlab o‘yladig‘ina emas, balki «haligidek Anvarning baxti ochilib ketsa, nima malomati bor. Yatimlik ayb emas, inson uchun fazl-u kamol lozim, kulib turg‘an baxt hojat, nasl-u nasabning hech ahamiyati yo‘q. Ra’noning husniga har kim tahsin qilur. Anvar, albatta, yo‘q demas... Bu borada mol va jonni bir qilishdan boshqa maslahat yo‘q» degan qarorg‘a daf atan kelib qoldi. Mundan birar oylar ilgari Nigor oyimg‘a: «Anvar balogatg‘a yetayozdi. Sen bilan Ra’noga shar’an nomahram, undan qochishlaring lozim», degan bo‘lsa ham, bu buyruq hozirg‘acha amalga oshmag‘an edi va bundan keyin ham amalga oshmaydirg‘an bo‘ldi. Zero, maxdumning fikricha Anvarga og‘ir tuyulish ehtimoli bor edi... Anvar Muhammad Rajab poygachi tarafidan belgilangan bir muftida hisob, insho (tahrir) qoidalarini o‘rgana boshladi. Maxdum ham jon otib arab va forsiydan ta’limni kuchaytirdi. Anvar bir yil ichida hisobni o‘rgandi. Va boshqa darslarida ham yaxshi muvaffaqiyat qozondi, ham shu ko‘klamdan e’tiboran har kun o‘rdag‘a borib, Muhammad Rajab munshiy qo‘l ostidag‘i mirzolar yonida daftardorliq, nomanavislik usullarini tajriba qila boshladi. Bir yil chamasi maoshsiz tajriba ko‘rdi. Shunda ham hafta sayin Muhammad Rajabbek o‘z kissasidan uch-to‘rt tanga choy puli berib turar edi. Anvar shu arzimagan uch-to‘rt tangani ham maxdumning qo‘lig‘a keltirib berar va hafta sayin o‘ziga ustozining umidini kattaroq bog‘latib borar edi. Anvar bir yillik tajribada o‘rdadag‘i daftardorliq, forsiycha va turkcha nomanavislik hunarlarini tamoman deyarlik o‘rganib tajribalik mirzolar qatorig‘a kirdi. Sarmunshiyning og‘zidan chiqqan ma’noni tartibka solib noma, yorlig‘ yoki boshqacha bir tazkirani tahrir qua olar, mirzolar jumlani g‘alat ifoda qilib, sarmunshiydan aksar tanbeh eshitkanlarida, Anvar bunday tanbehka juda siyrak uchrar edi. Ikkinchi yildan boshlab yetti tillo mohona bilan maoshliq mirzolar qatorig‘a o‘tdi. Mohonadan tashqari soliqlardan ham darxonliq qog‘ozi oldi. Soliqlardan darxonliq maxdumning ro‘zg‘orig‘a katta yengillik edi. Chunki so‘ngg‘i yillarda xonliq tomonidan xalq ustiga tushkan va tushib turg‘an soliqlar behad va to‘lab bo‘lmasliq darajasida edikim, bu haqda kelasi boblarimizda so‘z bo‘lur. Shu xursandlik barobarida birinchi oyning yetti tillosi yaxlit holda maxdumning qo‘lig‘a tegishi go‘yo to‘y ustiga to‘y edi. Domlaning yetti tilloni olg‘andag‘i holini tasvir qilish, albatta, qiyindir; ko‘zlari g‘ilaylashqan, aftida qiziq o‘zgarish ko‘rilib, og‘zining tanopi uzoq sayohatni ixtiyor qilg‘an — «habba... hosiling durust, Anvar bolam, lekin pulga ehtiyot bo‘l, bo‘tam!» — degan edi. Yetti tilloning qo‘ldan chiqish xabari Nigor oyimning qulog‘ig‘a yetishkach, Anvardan ranjidi: «Hamma pulingni domlangg‘a chakki beribsan, Anvar; ust-boshingni, ko‘rpa-yostig‘ingni, ortib qolsa Ra’no ukangning ustini tuzatishing kerak edi. Domlang tuflab tugishdan boshqani koshki bilsa!» — dedi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling