1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet92/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
TANIYSANMI SHU JAJJI QIZNI?
Falakmi kajraftor, turmishmi bemaza, harholda Anvarlarning tole’i yana pastlik qildi. Bir kun Anorbibi biravnikida yumish qila turib to‘sindan og‘rib qoldi, bir soatning ichida tilidan ham ayrildi. Zanbilga solib o‘z uyiga keltirib tashladilar. Bolalarning fig‘oni falakka chiqdi. Kuyavi tabibga yugurdi. Natijada yurak falajiga yo‘liqqani ma’lum bolib, shu kun kechasi hatto uch go‘dagi to‘g‘risida bir og‘iz vasiyat qilolmay vafot etdi. Mozorg‘a eltdilar. Tobut oldida ikki og‘asi bilan olti yoshliq Anvar ham yiglab bordi.
O‘n bir yoshliq Temur, to‘qquz yoshliq Qobil va Anvarlarni tarbiya qilish og‘irlig‘i Nodiraning ustiga tushdi. Marhuma onasining yodgorlari bo‘lg‘an bu uch bolani begonalar qo‘lida xor qilib qo‘yishni Nodira istamasa ham, erining faqirlig‘i bunga mone’ edi. Taziya kunlari o‘tkandan keyin o‘g‘ulliqqa deb so‘rag‘anlarg‘a ikki bolani berib yubordi va Anvarni o‘zi bilan olib, onasining qaqir-ququrlarini bir aravaga ortib erining uyiga keldi.
Nodira onasi o‘rnig‘a Anvarning boshini siladi, yuvib-taradi va Anvarning istiqboli uchun qayg‘urdi. Otasi va erining kasblariga yaxshi baho bermagani uchun Anvarni boshqa kishi qilmoq fikriga tushti. Uni o‘qutmoqchi, hatto madrasalarga yubormoqchi va shu yo‘sun mullaliq darajasiga yetkuzib, otasining uyiga charog‘chi qilmoqchi edi. Anvarni o‘zlari turg‘an mahalladan bir guzar nari bo‘lg‘an Solih maxdumning maktabiga berdi. Anvar «taxta»dan o‘qush boshladi, zehnining tiniqlig‘idan bolsa kerak, o‘n bir yoshida savodi chiqayozdi. Biroq o‘qishda qancha baxtli bolsa, peshanada o‘shancha baxtsiz edi. Shundog‘ki, Nodira ikki bolaliq bo‘lg‘an edi. Eri: «Ukangga yedirib-kiydiraymi yoki o‘z bolalaringnimi? Ukangni kishiga shogird berib yubor», - deb Nodirani qistashga turdi. Bechora Nodira og‘ir holda Anvarni kishiga shogird berib, o‘qushini zoye’ qilishg‘a ko‘zi qiymaydir, eriga muqobala uchun hech bir mantiq topolmaydir. Chunki erining holi o‘ziga ma’lum. Shu yo‘sun yana bir yil o‘tib, Anvar to‘g‘risida eri bilan achchig‘-tiziq bo‘lg‘an bir kun paranjisini yopinib ko‘chaga chiqdi va to‘g‘ri Solih maxdumning uyiga bordi. Shu vaqtlarda Solih maxdumning onasi Marg‘ilong‘a ketmagan edi.
Nodira Mohlar oyimg‘a yig‘lab hasrat qildi. Hamma sarguzashtlarini birma-bir so‘zladi. Shu bola uchun eridan chekkan izolarinmi chizib:
— Ulug‘ dargohlaringizga shu yatim bolaning umri zoye’ bo‘lmasmikin, o‘qushi juvanmarg qilinmasmikin, deb keldim. Bir parcha nonlaringizni ayamay, yatim boshini silasalaringiz, deb keldim, — dedi.
«Qush tilini qush biladir» deganlaridek, Nodiraning samimiy arzi bandachiligi Mohlar oyim bilan Nigor kelinning yuraklarini ezdi va shu onda Mohlar oyim maktabxonadagi bolalar ichidan Anvarni chaqirtirib oldi. Anvar kelishkan, do‘ndiq bola edi.
— Domlasi maxtaydirg‘an o‘zimning zehnlik bolam-ku, — dedi Mohlar oyim Anvarni ko‘rish bilan va Nodiraga taskin berdi.
— Xo‘b, qizim, xo‘b, pochchasi boqmasa boqmasin, men o‘zim boqaman, o‘qutib katta mulla qilaman.
Anvar pochchasining keyingi kunlardagi dag‘al muomalalari sababini o‘ylab, xafalanib yurar edi. Mohlar oyimning haligi so‘zi bilan masalaga tushundi va yatimona boshini quyi soldi. Bu holdan opasi ta’sirlanib, ko‘ziga yosh oldi.
— Yig‘lamang, juvon, — dedi Mohlar oyim, — yo‘qliq qursin — yo‘qliq. Pochchasi kambag‘al bolsa, unda ham gunoh yo‘q, hamma gap taqdiri azaldan. Yaxshi: bu kundanoq bola siznikiga bormaydir, o‘z yonimda o‘glim bolib yotadir. Oting nima, katta yigit?
— Anvar...
— Oh, oting ham o‘zingga o‘xshash chiroylik ekan... Manovi do‘ndiq qizni taniysanmi?
Shu o‘rtada o‘ynab yurg‘an olti yoshlar chamaliq Ra’no yugurib kelib, Mohlar oyimning bag‘rig‘a kirdi. Anvar o‘zidan ham do‘ndiqroq Ra’noga qarab kuldi:



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling