1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet96/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug‘ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilaridan bo‘lib, savdogarchilik bilan shug‘ullanar edi. U zamonasining o‘qimishli kishilaridan hisoblanar, o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda bo‘lajak shoirning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumotlar bor.
Cho‘lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‘qimishli bo‘lmasa-da, o‘g‘lining ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Negaki, u xalq qo‘shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshigina xabardor bo‘lgan.
Abdulhamid avval eski maktabda o‘qidi. Vaqti yetgach, Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Zamonning talabini ilg‘agan Sulaymonqul o‘g‘lini rus-tuzem maktabida ham o‘qitdi. Bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullanishi va tabiiy iste’dodi tufayli o‘zbek, turk, fors, arab, rus tillarini va bu tillardagi adabiyotlarni puxta biladigan o‘qimishli kishi bo‘lib
yetishdi. Tinimsiz o‘qish-o‘rganish va kuchli iste’dod tufayli Abdulhamid o‘n olti yoshlarga yetib-yetmay ijod qila boshladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she’rlari Turkiston o‘lkasi gazetalarida chop etilardi.
Ijodkorning iste’dodi ko‘lami uning o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbati ko‘lami bilan o‘lchanadi. Katta iste’dod ko‘pincha katta muhabbatdan iborat bo‘ladi. Cho‘lponning dastlabki asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan Turkiston xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbat yorqin ko‘rinib turardi. U xalqini ozod va baxtli ko‘rishni istardi. Buning uchun odamlarni jaholat uyqusidan uyg‘otish, ma’rifatdan, ilm-u fandan bahramand qilish kerak deb hisoblardi. Ayni paytda, rus bosqinchilari millatning ma’rifatli bo‘lishiga keng yo‘l bermasligini ham bilardi. Erksiz ma’rifatning, ma’rifatsiz esa erkning bo‘lmasligi shoirga ayon edi. Shu bois Cho‘lpon 1917-yilning fevralida Rossiyada sodir bo‘lgan inqilobga katta umid bilan qaradi. Lekin bu inqilob Turkiston o‘lkasiga chin ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o‘zga kishi yoki tabaqa, yoxud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki kurashlarda qo‘lga kiritiladigan ne’matdir. O‘sha yilning oktabrida ro‘y bergan to‘ntarish esa shoirning so‘nggi umidlarini ham so‘ndirdi. Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun holini aks ettirish va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi Cho‘lpon ijodining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi.
Minglab yillik an’analarga ega qadimiy o‘zbek she’riyatida Cho‘lpon o‘z yo‘lini izladi va hech kimnikiga o‘xshamagan, samimiyligi, jozibadorligi, ta’sirchanligi, tuyg‘ularning ranginligi bilan o‘zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yarata bildi. Bugungi o‘zbek adabiy tili ko‘p jihatdan Cho‘lpon she’rlari ta’sirida shakllangan tildir.
Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfiyotlardan tashqari «Kecha va kunduz» deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-dilogiyasining muallifi hamdir. Afsuski, zamondoshlarining xotirlashlaricha, romanning ikkinchi kitobi Cho‘lpon qamalgan paytda yo‘q qilingan va hozirgacha topilgan emas. Birinchi kitobi «Kecha» egamanlik yillarida qaytadan nashr etildi va ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani darajasidagi asar sifatida baho oldi.
Cho‘lponning 1921-yilda yaratgan «Yorqinoy» dramasi badiiy jozibasi jihatidan hozirgacha ham o‘z ta’sir kuchini yo‘qotmay kelmoqda.
Shoirni 1937-yilning 13-iyulida qamoqqa olishdi. O‘zbekning buyuk shoiri uzoq qiynoq va tahqirlardan keyin 1938-yilning 4-oktabrida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida otib tashlandi. Dahshatlisi shundaki, Cho‘lponni o‘limga hukm qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi. Dushmanlar xalqimizning asl farzandlarini tezroq yo‘q qilishga, odamlarni ma’naviyat buloqlaridan bebahra qoldirishga shoshilardi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling