Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
KO‘NGIL
Ko‘ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do‘stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
Haqorat dilni og‘ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?
Tiriksan, o‘lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsen.
Kishan kiyma, Bo‘yin egma,
Ki sen ham hur tug‘ulg‘onsen!
Savol va topshiriqlar:
1. She’rning birinchi bandida shoirning alangali murojaati qaratilgan obyektni aniqlang va iztirob sababini toping.
2. Ikkinchi bandda zo‘rlik vositalari va xorlik unsurlari tasvirining misrama-misra kuchayib borganligini kuzating va izohlang.
3. She’rda odamlik o‘lchovi sifatida qanday xususiyat ko‘rsatilganligiga e’tibor qiling.
4. Qullik sizningcha qayerdan boshlanadi: jismning tutqunligidanmi yoki ko‘ngilning? Ozodlik-chi?
XALQ
Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o‘chdir...
Xalq qo‘zg‘alsa kuch yo‘qdirkim, to‘xtatsin,
Quvvat yo‘qkim, xalq istagin yo‘q etsin.
Xalq isyoni saltanatni yo‘q qildi,
Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi...
Xalq istagi — ozod bo‘lsin bu o‘lka,
Ketsin uning boshidagi ko‘lanka.
Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar.
Yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar,
O‘z yurtini har narsaga to‘q etar...
Butun kuchni xalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!
Do'stlaringiz bilan baham: |