O’tkazgan davra suhbati bayonnomasi
Download 1.91 Mb.
|
1 2
Bog'liqUrganch davlat universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI: 1. “Men ogohlikni qandayhis qilaman ” “ Kibr xavfsizlik ”
- Qaror qilindi
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti 214-216- TVM, 211-ETEMET guruh talabalari bilan “Men ogohlikni qanday his qilaman ” “ Kibr xavfsizlik ” mazvu yuzasidan o’tkazgan davra suhbati BAYONNOMASI 13.04.2023 yil Urganch sh. Qatnashdilar: Guruh tyutori A. Madraximov hamda Urganch shahar xotin qizlar masalalari bo’yicha inspector Z. Tillayeva va guruh talabalari . KUN TARTIBI: 1. “Men ogohlikni qandayhis qilaman ” “ Kibr xavfsizlik ” mavzu yuzasidan talabalarga to’liq tushuncha berish . 2.Talabalarga xavfsizlik qoidalari va Kibr xavfsizlik oldini olish chora tadbirlari to’g’risida ma’lumot berish . Kun tartibidagi masala yuzasidan guruh tyutori A. Madraximov so‘zga chiqib, talabalarga mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berdi. Urganch shahar xotin qizlar masalalari bo’yicha inspector Z. Tillayeva mavzu bo’yicha, Mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni – jahondagi turli ekstremistik oqimlar, terroristik tashkilotlarning buzg'unchi g'oyalari tahdididan himoyalash maqsadida turli davra suhbatlari, targ'ibot ruhidagi profilaktik tadbirlar, ma'naviy-ma'rifiy kechalar uyushtirilmoqda. Bu kabi tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad – fuqarolarimizni muttasil ogohlikka da'vat etishdan iborat. Ayniqsa, diniy mutaassib tuzilmalar o'z faoliyat ko'lamini yanada kengaytirib, global darajada namoyon bo'layotgani tinchlik, osoyishtalik va xalqaro munosabatlar barqarorligiga tahdid tug'dirishi tabiiy. Diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyatining tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, deyarli barcha ko'rinishdagi ekstremistik va terrorchi oqimlar asosan ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy ta'sir omillariga keng e'tibor qaratmoqdalar. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Afg'oniston bo'yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida o'tkazilgan xalqaro konferentsiyadagi nutqida ta'kidlanganidek, "Afg'onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo'ravonlik va qon to'kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani – bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo'l qo'yib bo'lmasligini ko'rsatmoqda". Mamlakatimizning bu davlat bilan qo'shni ekanligi esa yuqoridagi kabi tahdidlar mudom xavf solib turishini anglatadi- deb batavsil ma’lumot berdi va xavfsizlik to’g’risida ham ma’lumot berib shunday dedi Kibrxafsizlik nima-? U kompyuterlar, serverlar, mobil qurilmalar, tarmoqlar va elektron tizimlar orqali yaratilgan va qayta ishlanadigan ma'lumotlarni himoya qilish uchun amalga oshiriladigan protseduralar va vositalar to'plami sifatida belgilanishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, kiberxavfsizlik - bu muhim tizimlar va nozik ma'lumotlarni raqamli hujumlardan himoya qilishamaliyotidir. Kiberxavfsizlik odatda kibertahdidlar va kiberjinoyatlar bilan bog'liq. Biroq, bu, shuningdek, ma'lumotni himoya qilish va har qanday tashkilot yoki shaxs duchor bo'lgan kiberhujumlarning oldini olish yoki aniqlash uchun yaxshi amaliyotlar bilan bog'liq. Bundan kelib chiqadiki, kiberxavfsizlikning maqsadlaridan biri mijozlar, etkazib beruvchilar va umuman bozor o'rtasida ishonchni shakllantirishdir. Talabalarning shu mavzu bo’yicha qiziqtirgan savollariga toliq javob berdi . Qaror qilindi: 1. Urganch shahar xotin qizlar masalalari bo’yicha inspector Z. Tillayeva ning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin . 2.Talabalar bilan bunday uchrashuvlar keng targ’ib qiinsin . Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling