Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
MARDLIK AFSONASI
Uzoq-uzoq o‘tmishlar tarixin titsam,
Massagetlar shonidan bir qissa bitsam,
Afsona deb, kitobxon, qo‘limni tutma!
Shonli uzoq o‘tmishdan ko‘zing berkitma!
Axir, qancha chuqurdan qaynasa buloq,
Suvi shuncha pok bo‘lur, shuncha totliroq!
Ko‘hna tarix bu kunga gar bo‘lsa ibrat,
Uni eslab turmoqlik kerakdir albat.
Afsonaga o‘xshaydi qissaning o‘zi,
Ammo unda mavjuddir haqiqat izi.
Haqiqatdan tug‘ilar ba’zan afsona!
Ulush qo‘shsa ne ajab ertakchi ona.
Baxshi unga bog‘lasa qanot va quyruq,
Qalbi bergach ko‘ksidan shunday bir buyruq!
Tariximiz ko‘p ulkan, keksa, beqiyos,
Har yili yuz dostonga bo‘lur bir asos!
Amudan suv ichganmiz, cho‘lda mol boqib,
BALLADA
She'riyatning o‘ziga xos janri bo‘lgan ballada fransuzcha «ballada» so‘zidan olingan bo‘lib, «raqs qo‘shig‘i" ma’nosini anglatadi. Hajman u qadar katta bo‘lmagan bu xil asarlarda shoir o‘z his-tuyg‘ularidan tashqari ana shu tuyg‘ularga sabab bo‘lgan voqealarni ham tasvirlagan.
O‘zbek adabiyotida balladalar ko‘proq tarixiy-fantastik va qahramonlik yo‘nalishlarida bitilib, ularda o‘tmishda ko‘pchilikning foydasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan kishilarning jasorati tasvirlangan.
Shoir Shuhrat qalamiga mansub Siz tanishib chiqqan «Mardlik afsonasi» balladasi ko‘rganingizdek, xalqimizning shonli o‘tmishidagi qahramonliklardan birini tasvirlashga bag‘ishlangan. Siz 5-sinfdaligingizda Mirkarim Osimning «To‘maris» afsonasi bilan tanishgan edingiz. Bobolarimiz tarixida bo‘lib o‘tgan o‘sha voqea Shuhrat tomonidan boshqacharoq talqin etilgan. Agar «To‘maris» afsonasida voqealar yozuvchi tomonidan xolis tasvirlangan bo‘lsa, «Mardlik afsonasi»da shoir asarda aks etgan voqealarga aralashadi, qahramonlarning xatti-harakatlariga munosabat bildiradi. Shuhrat To‘maris va uning qavmiga muhabbatini, ayni vaqtda, Kayxusrav va uning bosqinchi qo‘shinlariga nafratini ochiq bayon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |