1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi


Download 1.3 Mb.
bet33/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Taniqli o'zbek yozuvchisi O'lmas Umarbekov 1934-yilning 25-yanvarida Toshkent shahrida tug'ilgan. Millatimiz hayotida chuqur iz qoldir- gan jadid Abdulla Avloniy asos solgan 40- mak- tabda o'qigan. Maktabni oltin medal bilan bitir- gan O'lmas o'sha vaqtdagi O'rta Osiyo dav- lat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ning filologiya fakultetiga o'qishga kirgan.
O'zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o'zbek ada- biyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo'shgan adib O'lmas Umarbekov serqirra iste'dod sohibi edi. Talabalik yillarida- yoq xabar, maqola, lavha va ocherklar yozgan bo'lajak adib nafaqat badiiy asarlari, balki ijtimoiy-siyosiy faoliyati bi­lan ham xalqimiz hayotida muhim iz qoldirgan. Oliy o'quv yurtini tugatmay turib, 1956-yilda Respublika radiosida muharrir sifatida ish boshlagan O’.Umarbekov 1971-yilga- cha bo'lgan davr ichida bosh muharrirgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1971—1974-yillarda O'zbekiston kompartiyasi Markaziy qo'mitasida sektor mudiri, 1974—1981 -yillarda «O’zbekfilm» kinostudiyasi direktori, 1982-1986-yillarda
Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari, 1987-1989-yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1989-1991- yillarda respublika Bosh vazirining o'rinbosari kabi o'ta mas'ul lavozimlarda mehnat qildi.
Taniqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi O'lmas Umar­bekov uzoq davom etgan og'ir kasallikdan so'ng 1994-yilning 10- noyabrida vafot etdi.
O'.Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan boshlagan. Yosh yozuvehining «Xatingni kutaman» (1956) nomli birinchi asariyoq «Yilning eng yaxshi hikoyasi» deb tan olinib, maxsus mukofot bilan siylandi. «Hikoyalar» (1959), «Qishlog'imiz kishilari» (1960), «Yulduzlan> (1962), «Charos» (1962), «Bol- gar qo'shiqlari» (1966), «Ko'prik» (1968), «01tin yaproqlar» (1970), «Qiyomat qarz» (1976), «Yer yonganda» (1993) sin- gari o'ndan ortiq to'plamda uning yuzlab hikoyalari bosildi.
0\ Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosiga kirishga va odamning o'yu tuyg'ularini ichdan turib tasvir- lashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuchli. U odam, uning o'ylari, kechinmalari, orzu va armonlari haqida qalam suradi. O'lmas Umarbekov hikoyalarining qahramonlari - oddiy odamlar. Hikoyalarda yozuvehining sinchkov nigohi, tasvirlanayotgan narsa-yu hodisalarni miridan siriga- cha bilishi, kerakli bayon maromi va ifoda ohangini yanglish- may topa olishi sezilib turadi.
O'lmas Umarbekov mohir qissanavis sifatida ham e'tibor qozongan. Adibning: «Sevgim, sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yo'q» (1965), «Urush farzandi» (1972), «Damir Us- monovning ikki bahori» (1978), «Cho'li iroq» (1971), «Yoz yomg'iri» (1973), «Oq qaldirg'och» (1974) kabi qissalari mil- liy nasr rivojida salmoqli o'rin tutgan asarlardir.
Adibning «Sevgim, sevgilim» qissasi ko'p bahslarga sa- bab bo'lgan. Adolatsiz tuzum mamlakatning en^chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi asarda ta'sirli aks ettiriladi. Siyosiy vaziyat qanday bo'lsa-da, odam insonlarga bo'lgan
ishonchini yo'qotmasligi lozimligi, olomonning qutqusiga uchgan, odamga emas, to'daga xos tarzda o'ylay boshlagan Idshi o'ziga ham, o'zgalarga ham falokatlar yog'dirishi qis- sada ta'sirchan aks ettirilgan. Shu asardan boshlab milliy adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib keldi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling