1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»
Download 1.3 Mb.
|
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik. 2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: OQ KEMA (Ertakdan so‘ng) Uning ikki ertagi bo‘lardi. Biri o‘ziniki bo‘lib, uni hech kim bilmasdi. Ikkinchisini esa, bobosi so‘zlab bergandi. Keyin birontasi ham qolmadi. Gap shu xususda. O‘sha yili u yetti yoshga to‘lib, sakkizga qadam qo‘ygandi. Avval portfel sotib olindi. Qop-qora dermantin portfelning ochib yopganda shiqillaydigan qulfi yaltirab turardi. Yonida mayda-chuyda soladigan kissasi ham bor. Kissasi g‘aroyib, ayni paytda oddiy maktab portfeli edi. Hamma narsa ehtimol shundan boshlandi. Bobosi uni ko‘chma do‘kondan sotib oldi. U o‘sha ko‘chma do‘konni uzoqdan ko‘rib qoldi, mashina ketidan to‘zon ko‘tarib, tog‘dan tushib kelayotgan edi. Shunda u quvonib ketdi, o‘ziga portfel olinishini bilgandek quvonib ketdi. Shu zahotiyoq suvdan sakrab chiqdi, chillakdek oyoqlarini pochalariga tiqdi-yu, suvning sovuqligidan ko‘karib ketgan badanining ho‘li bilan ko‘chma do‘konning kelayotganini birinchi bo‘lib yetkazish uchun so‘qmoqdan uylar tomonga chopib ketdi. Bola butalar ustidan hatlab, sakrab o‘tish qiyin bo‘lgan xarsangtoshlarni yonlab o‘tib, na o‘siq o‘tlar, na xarsangtoshlar oldida, bular shunchaki narsalar emasligini bilsa-da, bir daqiqa ham to‘xtamay chopib borardi. Ular ranjib qolishi, hatto chalib yiqitishi ham mumkin edi. «Mashina-magazin keldi. Men keyin kelaman», — yo‘l-yo‘lakay u «cho‘kib yotgan tuyaga» gap qotdi. U bag‘rini yerga berib yotgan sarg‘ish bukri toshni shunday deb atardi. Odatda bola o‘z «tuya»sining yonidan uning o‘rkachini silamasdan o‘tmasdi. Xuddi bobosi, dumi cho‘ltoq axta otini shapatilagani kabi, u ham ishning ko‘zini biladigan kishilar singari o‘z «tuya»sining yonidan o‘tib borayotib naridan beri, sen sabr qilib turasan endi, mening ishim chiqib qoldi, deb uni shapatilab qo‘yardi. Uning xarsangtoshida «egar» ham tayyor edi. Yarmi oq, yarmi qora bu chavkar toshdagi egarchada xuddi otda o‘tirgandek o‘tirgan bo‘lardi. Yana «bo‘ri» degan tosh bor — bo‘riga juda o‘xshash qo‘ng‘ir-oq oralagan, yoldor cho‘ng peshonali. Bola uning oldiga pisib, emaklab borardi-da, mo‘ljalga olardi. Lekin eng sevimli tosh bu suv yuvib ketgan qirg‘oqdagi kattakon xarsang «tank» edi. Qarab tursang, «tank» qirg‘oqdan otilib chiqadi-yu, daryoni shovqin-suronga solib, to‘lqinlantirib, ko‘piklantirib yurib ketadigandek. Tanklar kinolarda axir shunday yuradi-ku, qirg‘oqdan suvga otiladi, ketadi! Bola kinolarni kam ko‘rgan, shuning uchun ham ko‘rganlari yodida qattiq o‘rnashib qolgan. Bobosi ba’zan uni kino ko‘rsatgani tog‘ ortidagi — qo‘shni daradagi sovxoz naslchilik fermasiga olib borardi. Shu sababli ham qirg‘oqda daryoni har qachon kesib o‘tishga shay turgan «tank» paydo bo‘ldi. Yana boshqa — «yaxshi» va «yomon» toshlar, hatto «ayyor» va «ovsar»lari ham bor. O‘tlar orasida ham «sevimli», «botir», «hurkak», «yovuz» hamda boshqa har xillari mavjud edi. Chaqirtikanak, masalan, eng birinchi dushman. Bola u bilan kuniga o‘n martalab jang qilgan, chopib tashlagan. Lekin bu jangning oxiri ko‘rinmasdi — chaqirtikan hadeb o‘saverar, ko‘payaverardi. Mana, shu daladagi pechakgullar, to‘g‘ri, ular ham yovvoyi, shunga qaramay, bular eng aqlli va quvnoq gullardir. Ular ertalab quyoshni hammadan ortiq yayrab qarshi oladi. Boshqa o‘tlarga — tong nima, tun nima baribir. Pechakgullar esa kun ilishi bilan ko‘z ochadi, kulib boqadi. Oldin bir ko‘zini, keyin ikkinchisini ochadi, shundan so‘ng bag‘ridagi barcha gullar birin-ketin ochila boshlaydi. Oq, och ko‘k, binafsha va yana har xil rangda... Agar ularning oldida sukut saqlab o‘tirsang, go‘yo bu gullar uyqudan uyg‘onib allanimalar haqida shivirlayotgandek tuyuladi. Chumolilar ham buni sezadi. Ular ertalabdan pechakgullar huzuriga chopib, quyosh nurlaridan ko‘zlarini qisib, gullarning o‘zaro nimalar haqidadir shivirlashayotganiga quloq soladi. Balki ko‘rgan tushlarini so‘zlashayotgandir? Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling