1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»
Download 1.3 Mb.
|
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik. 2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: Zavqiy (1853-1921) Ma’lumki, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Qo‘qon yurtimizdagi madaniy-adabiy markazlardan biri bo‘lib, bu davrda shahar va uning atrofidan ko‘plab taniqli shoirlar yetishib chiqdi. Ularning ijodi o‘zbek adabiyotining yorqin sahifasini tashkil qiladi. Ana shu iste’dodlar sirasida lirik she’rlari, hajviy asarlari bilan o‘z davrida e’tibor topgan shoir Zavqiyning o‘ziga xos o‘rni bor. Zavqiy taxallusi bilan qalam tebratgan shoirning asl ismi Ubaydulloh bo‘lib, 1853-yilda Qo‘qon shahrining Qatag‘on dahasaga qarashli Shayxon mahallasida mahsido‘z kosib Muhammad Solih oilasida dunyoga kelgan. Bo‘lajak shoir dastlab mahallasidagi maktabda o‘qigan, so‘ng 1870—1874-yillarda shoirtabiat tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasai Oliy» va «Madrasai Chalpak» madrasalarida tahsil ko‘rgan. Ayni vaqtda ota kasbi mahsido‘zlikni o‘rganib, bo‘sh vaqtlarida otasiga yordamlashgan. Lekin onasining vafot etishi, otasining falaj bo‘lib qolishi sababli ota kasbi — kosiblik bilan ro‘zg‘or tebratadi. Ma’lum muddat Qo‘qon poyabzal rastasining xo‘jayini Mo‘minboy qo‘lida mirzalik ham qilgan. Shu xizmat taqozosi bilan Samarqand, Buxoro, Marg‘ilon, Andijon, O‘sh, Namangan, Xo‘jand, Toshkent kabi shaharlarda bo‘ladi. Shoirning ijodiy faoliyati madrasada tahsil olib yurgan paytlarida boshlangan. O‘sha paytlarda u Muqimiy, Muhyi, Furqat, Nisbat, Muhayyir kabi taniqli shoirlar bilan tanishdi, ular bilan adabiy majlislarda, mushoaralarda ishtirok etdi. Bu muhit Zavqiyning ijodiy kamolida alohida ahamiyat kasb etdi. Furqat o‘z esdaliklarida ushbu shoirlar tez-tez to‘planishib, adabiy suhbat qurganlari, bir g‘azalga ergashib, uning ma’nosini turli shakl va ifodalarda aytib, she’riy bahs va ijodiy musobaqa qilishlari haqida yozgan edi. 1890-yili tog‘asi Muhammad Siddiq bilan birga haj safariga chiqib, olti oy davomida Turkiya va Arabiston mamlakatlarida bo‘ladi. Shoir safar davomida boshqa xalqlarning hayoti, urf-odatlari bilan tanishadi. Natijada dunyoqarashi kengayib, ijodida yangi mavzu va ohanglar paydo bola boshlaydi. Haj safaridan qaytgan shoir ota kasbini davom ettiradi va umrining oxirigacha badiiy ijod bilan shug‘ullanadi. Zavqiy 1921-yilda ikki oy davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng 68 yoshida vafot etgan. Zavqiyning she’rlari, maqolalari o‘z davrida «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoyi Farg‘ona», «Tirik so‘z», «Najot» gazetalarida hamda «Al-Isloh» jurnalida bosilgan, asarlaridan namunalar to‘plam va bayozlarga kiritilgan. Shoir umri davomida talay she’rlar yozib, xalq olqishini olgan bo‘lsa-da, hayotlik chog‘ida she’rlarini jamlab kitob holiga keltirgan emas. Aniqlanishicha, shoirning o‘z qo‘li bilan tuzgan devoni uning vafotidan so‘ng, aniqrog‘i, 1930-yilda turmush o‘rtog‘i Xayrunniso tomonidan Qashqarga olib ketilgan. Hozir bu devon Zavqiyning Xitoy Xalq Respublikasida yashayotgan avlodlari qo‘lida saqlanmoqda. Yurtimizda shoirning saqlanib qolgan asarlari jamlanib, 1958- va 1960-yillarda ikki marta nashr etilgan. 2003-yili Zavqiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan mazkur to‘plamning to‘ldirilgan nashri bosmadan chiqdi. Mumtoz she’riyat an’analarini davom ettirgan shoir ko‘plab ishqiy mavzuda she’rlar yozgan. Ular xalqqa manzur bo‘lganligidan o‘sha paytlardayoq hofizlar tomonidan kuyga solinib, xalq o‘rtasida sevib ijro etiladigan qo‘shiqlarga aylanib ketgan edi. Zavqiy adabiyotimiz tarixida yirik hajvchi shoir sifatida ham e’tirof etiladi. Uning bir qator asarlarida, jumladan, «Ajab zamona», «Qahatchilik», «Zamona kimniki», «Veksel» kabi she’rlarida mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma’muriyati himoyasida bo‘lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. «Ta’rifi kalish», «Otim», «Fonus», «Pashshalar» kabi hajviyalarida esa u ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi holatlar ustidan zaharxandalik bilan kuladi. Hayotda va adabiyotda paydo bo‘lgan har bir xayrli yangilikni qizg‘in kutib olishga odatlangan Zavqiy Muqimiy boshlab bergan «Sayohatnoma» janri an’anasini munosib davom ettirib, bir nechta she’rlar yozgan. E’tiboringizga ulardan biri havola etilmoqda. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling