1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet78/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
UVAYSIYMAN
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,


Barchadin yumib ko‘zni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil Xudo sori,


To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»

Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,


Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

To ko‘rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,


Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

Faqr borgohiga qo‘ysa gar qadam har kim,


Bosh agar kerak bo‘lsa, jon fido Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,


Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Savol va topshiriqlar:
1. She’rda «Uvaysiyman» radifi ikki ma’noda: shoirning taxallusi va tasavvufdagi uvaysiylik yo‘lidagi so‘fiy ma’nosida kelayotganidan kelib chiqib tahlilni olib boring.
2. Shoira nima uchun barchadan ko‘zni yumibgina muddaoga yetishini aytmoqda?
3. Dunyodan uzilib, dilni xudo sari band qil deganida nimani nazarda tutgan: tarki dunyo qilishnimi yoki mol-dunyoga berilib, butunlay Xudoni, iymon va vijdonni unutmaslik ma’nosinimi?
4. Ilohiy ishqda o‘rtanayotgan oshiqning kechinmalari nima uchun yer-u ko‘kni larzaga soladi?

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling