1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi


Download 1.3 Mb.
bet74/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy, intellektual rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, orasta kiyinish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Turdidan bizga ijodining juda oz qismi — 400 misra atrofidagi o‘n sakkizta she’r yetib kelgan. Ularning ko‘pchiligi g‘azal va muxammaslardan iborat. Bir g‘azal va bir muxammasi tojik tilida bitilgan. Bu uning zullisonayn (ikki tilda ijod qiluvchi) shoir bo‘lganligidan darak beradi.
She’rlarida «Turdi» hamda «Farog‘iy» taxalluslarini qo‘llagan.
«Tor ko‘ngullik beklar...» she’ri g‘azal janrida yozilgan. U adabiyotimiz tarixidagi xalqni milliy birlikka chaqirgan, o‘zaro tenglikka da’vat etgan, hududiy yaxlitlikni targ‘ib qilgan siyosiy ruhdagi birinchi she’r sifatida alohida e’tiborga molikdir.
O‘zbeklar etnik jihatidan to‘qson ikki urug‘dan iborat bo‘lgan. Ular qirq, yuz, ming, jaloyir, jig‘alboyli, oytamg‘ali, xitoy, qipchoq, nayman, boymoqli, sirg‘ali, o‘roqli, bolg‘ali, boyovut, qo‘ng‘irot, so‘loqli, qaropchi, kenagas, mang‘it kabi nomlar bilan atalgan. Bu urug‘larning boshchilari, yurt kattalari mavqe, amai, hudud talashib urug‘-aymoqlar o‘rtasida o‘zaro nizolarni kuchaytirdilar. Bundan oddiy xalq aziyat chekdi, qishloqlar vayron, ekinzorlar payhon bo‘ldi. O‘lka parokandalikka yuz tuta boshladi. Bu holdan qattiq g‘azablangan shoir Turdi mamlakat, mansab uchun qirpichoq bo‘layotgan beklarni ko‘ngillaridagi tor shaxsiy g‘arazlarni qo‘yib, keng miqyosda millat uchun qayg‘urishga chaqiradi:
Tor ko‘ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidir, tenglik qiling.
Navbatdagi baytda parokandalik, tarqoqlikdan voz kechib, bir hukmdor qo‘l ostida yaxlit bir mamlakat, yagona bir milliy davlat haqidagi orzularini bayon etadi. Keyingi uch urug‘ning nomi sonlarga uyg‘unligidan foydalanib, tazod vositasida mazmunga mos shakl topa biladi. Ya’ni urug‘ingiz nomi qirq, yuz, ming bo‘lsa-da, siz bir xonlikda yashashni, bir mamlakat bo‘lib birlashishni odat qiling, deydi shoir.
Uchinchi baytda g‘azalning umumiy g‘oyasi yanada yorqinroq, ta’sirliroq ifodalangan. Birlikka da’vat etayotgan shoir baytdagi misralarda «bir» so‘zini bir maromda besh marta takrorlaydi va uni bitta kiyimning qismlari misolida ifoda etadi:
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib,
Bir o‘ngurlik, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.
Oxirgi ikki baytda o‘z mulki, ya’ni mamlakatini boshqarishni uddasidan chiqmagani holida boshqa yerlarga ko‘z olaytirayotgan beklarni tanqid qiladi, yuragida mardlar kabi maydonda zahmat chekish javhari — jur’ati yo‘q yurt kattalariga o‘zining achchiq kinoyasini, istehzosini bildirishga jur’at etadi. G‘azalda o‘zidan kechib maydontalab bo‘lolmaydigan, ammo turli o‘shag-u ig‘volar bilan el orasini buzadigan kimsalar pardoz qiluvchi satang ayollarga o‘xshatib «yuzga upo-enlik qiling» deya kulgi qilinadi:
Mardlar maydon chekib, rangin ko‘tarib zaxmlar,
Sizga yo‘q, ul javhar-u yuzga upo-enlik qiling.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling