1-umumta’lim maktabining Ona tili va Adabiyot fani o’qituvchisi Abdullayeva Feuzaxon Kozimovnaning 7-sinf uchun Adabiyot fanidan «Adabiyot»


Download 1.3 Mb.
bet72/133
Sana17.10.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1706100
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133
Bog'liq
7-sinf adabiyot dars ishlanma to\'liq

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 7-sinf uchun darslik.
2) 7-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Turdi Farog‘iy
(XVII asr o‘rtalari -1699/1700)
O‘zbek adabiyotida hajviyot rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan shoir Turdi Farog‘iy Buxoroda tug‘ildi va shu yerda shoir sifatida shakllandi. Shoirning hayoti va ijodiy faoliyati Buxoro xonlari Nodirmuhammad va uning o‘g‘illari Abdulaziz hamda Subhonqulixon hukmronligi davrida kechdi. XVII asr yurtimiz tarixi uchun ziddiyatli va murakkab davr bo‘ldi. Keyinchalik Xivada qo‘ng‘irotlar, Buxoroda mang‘itlar, Qo‘qonda minglar o‘z hukmronligini o‘rnatib, Turkiston uch xonlikka bo‘linib ketishiga zamin yaratildi. XVIII asrda esa ular o‘rtasida toj-taxt, hudud uchun kurashlar kuchaygandan kuchayib bordi. Bu holat vijdonli, millat taqdiriga befarq qaramaydigan xalq vakillarining noroziligiga sabab bo‘lishi tabiiy edi.
1645-yilda Nodirmuhammad Xivani o‘ziga bo‘ysundirish uchun qo‘shin tortadi. Bir yurtda yashovchilar, bir millat vakillari o‘zaro to‘qnashishga majbur, qon to‘kilishi aniq. Xondan norozi bo‘lgan yuz urug‘i Xo‘jandda Boqi yuz boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘taradi. Turdi shular orasida edi. Chunki birodarkushlik harakati uning ham g‘azabini qo‘zg‘agan edi.
Isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulaziz otasiga xiyonat qilib, qo‘zg‘olonchilarga qo‘shildi. Ular bilan Buxoroga yurish qilib, taxtni egalladi. Nodirmuhammadning boshqa o‘g‘li Subhonquli bilan taxtni qaytarish harakatlari natija bermaydi va u hajga ketishga majbur bo‘ladi.
Aka-uka o‘rtasidagi taxt talashishlar Abdulazizxonning ham Buxoroni tashlab haj safariga jo‘nashi bilan yakun topdi. U otasiga ravo ko‘rgan qismat endi o‘zining boshiga tushdi. Xalq otasiga tik boqqan Abdulazizdan insof va adolat ko‘rmaganidek, akasiga tig‘ ko‘targan Subhonquli davrida ham ro‘shnolik topmadi.
1681-yilda Samarqand yaqinidagi Miyonkolda unga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonchilar orasida yakdillik bo‘lmay, bir qismi xonga taslim bo‘ldi. Ikkinchi qismi Xo‘jand va O‘ratepa hokimi Rahimbiy yuzdan yordam so‘rab, kurashni davom ettirdi. Madad kelmay, mag‘lubiyatga uchradilar. Turdi mana shu ikkinchi qism orasida edi. Chunki uning tabiatiga zolimga bo‘ysunish, zulm bilan kelishish yot edi. Umrining so‘nggi davrini Xo‘jandda Oqbo‘tabiy huzurida muhtojlikda o‘tkazadi.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling