1. Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini chuqurlashtirib o`rganish


Download 109 Kb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi109 Kb.
#1541639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qiziqarli o`yinlar. Har хil to`garak mashg`ulоtlari bilan bir qatоrda chizmachilikdan qiziqarli o`yinlarni o`tkazib bоrish ham o`quvchilarda fanga qiziqishlarini оrttiradi. Qiziqarli o`yinlarni tashkil qilishda I.Rahmonоvning «Chizmachilikdan didaktik o`yinlar» kitоbidan fоydalanish mumkin. Undagi turli хil ko`plagan o`yinlar o`quvchilar uchun qiziqarli tuzilgan. Sinfdan tashqari mashg`ulоtlar paytida o`quvchilar har хil rеbuslar, tоpshiriqlardan ibоrat stеnd tayyorlashlari ham mumkin.


UMUMIY XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, chizmachilik fanidan sinfdan tashqari ishlar mazmunini o’rganish undagi kamchilik va yutuqlarni ko’rsatish hamda zamon talabiga mos holda yangi takliflar kiritishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ish orqali men avvalom bor chizmachilikni ilmiy pedagogik jihatdan o’rganishning nazariy asoslari hamda chizmachilik ta’limining maqsadi va vazifalari haqida kichik izlanishlar olib bordim.
Chizmachilik o’quv predmeti har bir inson uchun zarur bo’lgan madaniyatga doir elementlar bilim va malakalar beradi. Chunki, har bir o’quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak bo’ladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey, ko’rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish ulardan zavqlanish orqali erishadi. Shuningdek ko’pchilik o’quvchilar o’zlarining kelajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga to’g’ri keladi. Chizmachilik chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, me’morlar uchungina emas, u o’qituvchilar, (injenerlar) muhandislar tibbiyot xodimlari, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar uchun ham zarurdir.
Demak, chizmachilik fani bo’yicha darsdan tashqari ishlar, to’garaklar, ustaxona faoliyati turli tadbirlar bolalarni kelgusida qaysi soha vakili bo’lishidan qat’iy nazar yuksak did, badiiy fikr doirasi keng ma’naviyati boy kishi bo’lib shakllanishiga yordam beradi.
Chizmachilikdan dars va darsdan tashqari vaqtlarda mahalliy materiallar (natura uchun narsa va buyumlar, o’simliklar, gullar, mevalar, sabzavotlar, qush va hayvonlar, turmushda qo’llaniladigan buyumlar, shuningdek O’zbekiston rassomlari, kompozitor va arxitektorlari, yozuvchilarning asarlari, o’zbek xalq og’zaki ijodiga oid ertaklar, masal, hikoya, dostonlar va h.k.) o’z mazmuni, shakli, rangi jihatdan bolalarga tanish va yaqin bo’lganligi sababli ham bolalar ularni tez va oson idrok etadilar, ular haqidagi tasavvurlari boy va turli – tuman bo’ladi. Borliqni o’rganish bolalarning badiiy didini o’stirish, fikr doirasini kengaytirish bilan bir qatorda, bilish faoliyatini aktivlashtirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Maktabda chizmachilikni o’qitish yuzasidan olib boriladigan ishlarning muvafaqqiyati ko’p jihatdan yuqorida qayd qilingan ta’lim va tarbiyaning forma va metodlarini, vositalarini kompleks va muntazam amalga oshirishga bog’liqdir.

TAVSIYALAR

Chizmachilik fani o’quvchilarda badiiy didni o’stirish bilan bir qatorda ularda borliqni idrok etish madaniyatini va unga estetik munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.



  • Mustaqillik yillarigacha bo’lgan davrdan to hozirgi davrgacha bo’lgan chizmachilik olimlarini bilish.

  • Chizmachilik bilan bog’liq bo’lgan yirik muzeylarni nomini va joylashgan joylarini bilish.

  • Respublikamizda o’tkazilayotgan “Tashabbus” yil ko’rik tanlovi ishtirokchilari ijodi bilan internet materiallari orqali tanishishni o’rganish.

  • Ijtimoiy foydali ishlarda chizmachilik fanidan foydalana bilish.

  • Chizmachilik fanining turlari: unda ishlatiladigan asbob va materiallar, qo’llaniladigan usullarni bilish kabilarni tavsiya sifatida sinfdan tashqari ishlar to’garaklar tashkil etishdagi oylik, yillik ish rejasiga kiritishni tavsiya etmoqchiman.




Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling