1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?
Download 178.91 Kb.
|
1. Ushbu shikoyat Qo\'mita tomonidan ko\'rib chiqilishi uchun qand-fayllar.org
38-kazus bo’yicha javob.
1-savol. Zara qizini Liberiyada fuqarolikka ega bo’lmasdan ham o’rta maktabda o’qishga bera oladimi? 1989-yil 20-noyabrda 25/44 rezolyutsiya bilan BMT tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaning 28-moddasida ishtirokchi-davlatlar o’z hududida bolani ta’lim olishiga bo’lgan huquqini tan oladi va a) bepul yoki majburiy boshlang’ich ta’lim olishni; b) professional , o’rta ta’lim olish uchun barcha sharoitlarni ta’minlaydi- deb yozilgan. Liberiya Respublikasi ushbu konvensiyani 1990-yilda imzolagan hamda 1993-yil 4-iyunda ratifikatsiya qilgan. Demak barcha majburiyatlariga rozilik bildirgan. Undan tashqari 1960-yil dekabrdagi “TA’LIM SOHASIDAGI DISKRIMINATSIYAGA QARSHI KURASH HAQIDA KONVENSIYA”ning 1-moddasiga ko’ra, Ushbu Konventsiyada "kamsitish" iborasi irqi, rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy holati yoki tug'ilishiga asoslangan har qanday farqlash, istisno qilish, cheklash yoki afzal ko'rishni o'z ichiga oladi. ta'lim sohasidagi tenglikni buzish yoki buzish oqibatlari, xususan: a) har qanday shaxs yoki shaxslar guruhining istalgan darajadagi yoki turdagi ta'lim olish imkoniyatini yopish. Liberiya esa bu Konvensiyani 17-may 1962-yilda ratifikatsiya qilgan. 1986-yilgi Liberiya KONstitutsiyasi II bobi 6-moddasiga ko’ra, Respublika Liberiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy farovonligi uchun ushbu Konstitutsiya bo’yicha har bir fuqaroga yuklangan hayotiy rol tufayli barcha fuqarolar uchun mavjud resurslar darajasida ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish ta’minlanadi. Bu yerda aniqlashtirib ketsak, barcha fuqarolar deganda, faqat Liberiya fuqarolari nazarda tutilmagan. Chunki, 2011-yil 8-avgustdagi “Liberiya Yangi ta’lim islohoti to’g’risidagi Akt” Preambulasida barcha fuqarolar va rezidentlar(domiy yashovchilar) uchun ham teng ta’lim imkoniyatlari ta’minlanadi, 1.5 bandiga asosan, sifatli ta’lim barcha fuqarolarga hamma bilim darajasida bo’lsa ham ta’minlanadi deb yozilgan. Ushbu normalarni sharhlasak, Zara qizini o’rta maktabga berish huquqiga ega rezident sifatida, chunki Konvensiyani Liberiya ratifikatsiya qilgan va milliy qonunida ham belgilab qo’ygan. Download 178.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling