1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?


b) ushbu shaxs huquqiy himoyaning barcha imkoniyatli vositalaridan foydalanib bo‘lgani xususida


Download 178.91 Kb.
bet2/38
Sana09.11.2023
Hajmi178.91 Kb.
#1760362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
1. Ushbu shikoyat Qo\'mita tomonidan ko\'rib chiqilishi uchun qand-fayllar.org

b) ushbu shaxs huquqiy himoyaning barcha imkoniyatli vositalaridan foydalanib bo‘lgani xususida.
Mazkur Protokolda qayd etilgan xabarlarni ko‘rib chiqishda qo‘mita yopiq majlis o‘tkazadi. qo‘mita o‘z fikr-mulohazalarini tegishli ishtirokchi-davlatga va shaxsga ma’lum qiladi


2. Ariza beruvchilarning o‘z mamlakati prokuraturasiga shikoyat berishdan bosh tortishi barcha ichki himoya vositalarini qo‘llash talabiga qay darajada mos keladi?
Yuqoridagi savolda qo’mitaga murojaat qilish talablari va qoidalari bilan tanishdik. Ushbu savolda esa yuqoridagi talablarni tahlil qilgan holda yuqoridagi kazusimizda berilgan murojaatning rad etilishini asoslaymiz. Hamda Ariza beruvchilarning o‘z mamlakati prokuraturasiga shikoyat berishdan bosh tortishi barcha ichki himoya vositalarini qo‘llash talabiga qay darajada mos kelishini tahlil qilamiz. Qo’mita rad etilishiga asos qilinib ko’rsatilayotgan qoida bu yuqoridagi savola keltirilgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar rto’g’risidagi paktning fakultativ protokolining 5- moddasi ikkinchi qism B bandida keltirilgan shaxs huquqiy himoyaning barcha imkoniyatli vositalaridan foydalanib bo’ganligi sharti hisoblanmoqda. Masalaga oydinlik kiritish uchun ushbu normani sharhlashimiz lozim. Ayni haqiqatki har bir davlatda fuqarolarning huquqini himoya qiluvchi ko’plab vositlar mavjud. O’zbeksiton misolida aytadigan bo’lsak sud, prokratura, ichki ishlar, ombustman inistituti va boshqalar. Bu ro’yxatni yana davom etirishimiz mumkin. Ularning barchasidan foydalanish imkonsiz va mavjud bo’lganda ham juda ko’p vaqt sarf qilinadi. Hamda amalga oshrilib bu vositalrni barchasidan o’tgan holatda inson huquqlari bo’yicha qo’mitaga murojaat qilish amalda nihoyatda foydalanish kofisenti past imkonsiz holat bo’lar edi. Aniqroq aytganda qo’mita amalda ishlamaydigan inistitutga aylangan bo’lar edi. Hosh unda qo’mita nima uchun bu talabni qo’ymoqda. Buning uchun ushbu normani maqsadiga ko’ra sharhlashimiz lozim. Bu moddadan ko’zlangan maqsad qo’mitaga asosiz murojaatlar kelib tushishi va buning hisobiga ish hajmining keskin miqyosda oshishini oldini olish hisoblanadi. Qo’mita bir davlat miqiyosida emas butun boshli davlatlarga miqiyosidagi murojaatlarni ko’rib chiqadi. U ushbu modda orqali har bir davlatda asosli tarzda to’liq ko’rib chiqilgan va shunda ham arizachini qanoatlantirmagan masalalarni ko’rib chiqishni nazarda tutgan barcha himoya vositlaridan foydalish deyilganda esa barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning har bir instansiyasidan o’tisji emas bir huquqni muhofaza qiluvchi organining har bir instaniyasidan o’tishi nazarda tutilgan. Demak kazusimizda arizachi sudning barcha inistansiyalaridan o’tganligining o’zi uning barcha himoya vositlaridan foydalanganligini anglatadi. Unda qo’shimcha boshqa organlar xususan prokraturadan ham o’tgan bo’lishini talab qilish protokolning yuqorida ta’kidlangan 5- modda ikkinchi qism b bandini noto’g’ri qo’llash bo’ladi.


3. Bunday holda, Qo'mita 1966 yilgi Xalqaro Paktning qaysi moddalarini qo'llash mumkin deb hisoblaydi? Javobingizni asoslang.
Yuqoridagi o’tkazish huquqi borsida ketmoqda. Bu huquq fuqarolarning siyosiy huquqlarining tarkibiy elementlari hisoblanadi. Siyosiy huquqlar fuqarolarnin davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi hisoblanib qonunlarga binoan miting, namoyish , yig’ilish o’tkazish huquqi, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari iga uyushish huquqi omaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi , har bir shaxsning vakolatli davlat organlari , muasalariga yoki vakillariga ariza, shikoyat va takliflar bilan muorjat etish huquqlarini amalaga oshirishda namoyon bo’ladi. Namoyish o’tkazish huquqi ham shular jumlasiga kiradi va fuqarolik va siyosiy huquqlar tog’risidagi paktning 21- moddasi bilan mustahkamlanadi, Unmga ko’ra Tinch yig‘inlarga bo‘lgan huquqlar tan olinadi. Bu huquqdan foydalanishda hech bir cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonunga muvofiq qo‘yilgan va demokratik jamiyatda davlat yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi salomatligi va ma’naviyatini muhofaza etish yoki boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan cheklashlar bundan mustasno.
4. Gdansk shahar ma'muriyatining 1121-sonli farmoni talablarining Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt normalariga muvofiqligini tahlil qiling.
Gdansk shahar ma’muriyatining 1121-sonli farmonini yuqorida ta’kidlagan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi paktning 21- moddasiga muvofiqligini aniqlash normani to’g’ri sharhlashni talab qiladi.Moddaning daslabki qismidagi Tinch yig‘inlarga bo‘lgan huquqlar tan olinadi. Bu huquqdan foydalanishda hech bir cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi jumlasi faqatgina tinch namoyishlarga ruxsat berilishi ayni paytda urushni targ’ib qilish, genosit yoki boshqa irqiy ayrimachilikni targ’ib qiluvchi notinch namoyishlarga yo’l qoyilmasligini anglatadi.hamda tinch namoyishlarni o’tkazish bo’yicha cheklovlar bo’lmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Moddaning ikkinchi qismi da esa ba’zi istisno holatlar ta’kidlaanadi- Qonunga muvofiq qo‘yilgan va demokratik jamiyatda davlat yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi salomatligi va ma’naviyatini muhofaza etish yoki boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan cheklashlar bundan mustasno. Ya’ni tinch namoyishlar cheklanmaydi lekin gap jamiyat va davlat xavsizligi , aholi salomatligi man’anaviayat muhofazasi yoki boshqa fuqarolarning huquqlarini cheklaash borasida borar ekan davlat ma’lum bir cheklovlarning qo’yishi mumkin. Kazusimizdagi shahar ma’muriyatining 1121 sonli farmoni asosida qanday cheklovlar qo’yilyotganligiga va ulardan ko’zlangan maqsadga e’tiborimizni qaratsak pakt normaga muvofiqlik yoki zidligini aniqlashimiz mumkin. Kuzusda ma’lum bo’lishicha 1121-son qarorga muvofiq namoyish faqatgina shahar chekkasidagi joyda o‘tkazilishi hamda uni tashkil etayotgan shaxslar shaharning xavfsizlik, tibbiy va obodonlashtirish xizmatlari bilan shartnoma tuzishlari kerak. Bu normalar orqali shahar ma’muriyati namoyishlar o’tkazilishi orqali yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ba’zi xavflarni oldini olishni ko’zlamoqda. Shahar chekasidagina amalga oshirish lozim degan qoida orqali aholisi zich bo’lgan shahar markazida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan taribsizliklar, jamiaytning harakatga keltiruvchi qator tuizilmalari yul-transport va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida tartibsizliklarni oldini olish . xavfsizlik, tibbiy va obodonlashtirish xizmatlari bilan shartnoma tuzish orqali esa namoyishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vayronagarchilikl shahar obodonlashtirish sohalari va fuqarolarning sog’lig’iga solinishi mumkin bo’lgan xavfni oldini olish ko’zlangan. Shu sababli ushbu cheklob paktning 21 modda ikkinchi qismida ko’rsatilgan cheklov qo’yish asoslariga to’g’ri keladi va shahar ma’muriyatining 1121 sonli farmoni xalqaro hujjatlarga muvofiqdir.

32. Jeroniya federativ davlat bo‘lib, uning hududidagi Velasku o‘lkasini terrorchilar egallab olganidan so‘ng ikki yil davomida o‘lkani terrorchilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilayotgan edi.
2021 yil 23 mart oqshomida Jeroniya davlatidagi separatistik harakatining qurolli terrorchilari mazkur davlatdagi Freda shahri teatrida 800 dan ortiq odamni garovga oldi hamda teatr binosini minalashtirdi. Terrorchilar Jeroniya qo‘shinlarini Velasku o‘lkasidan zudlik bilan olib chiqib ketish shartini qo‘yishadi. Garovdagilarni ozod qilish bilan bog‘liq muzokaralar natijasiz yakunlanada, o‘z navbatida terrorchilar tomonidan bir necha garovga olinganlar o‘ldiriladi.
Shundan so‘ng Jeroniya xavfsizlik xizmati boshchiligida qutqaruv operatsiyasini o‘tkazishni rejalashtiradi. 2021 yil 26 mart kuni tongda Jeroniya maxsus xizmatlari binoning ventilyatsiya tizimi orqali binoga gaz yuboradilar (milliy qonunchilik terrorchilarga qarshi qurol va maxsus vositalardan foydalanishga ruxsat beradi). Bir necha daqiqadan so‘ng deyarli barcha terrorchilar gaz ta’sirida hushidan ketadi, maxsus bo‘linma binoga kirib, ularning aksariyatini o‘ldiradi. Garovga olinganlar esa tezda binodan evakuatsiya qilinib shifoxonalarga jo‘natiladi. Biroq, taxminan 125 nafar garovga olingan voqea joyida, ularni tashish vaqtida yoki kasalxonada vafot etadi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi, biroq keyinchalik qutqaruv operatsiyasini rejalashtirish va o‘tkazishni tergov qilmaslikka qaror qilindi. Garovga olinganlarning ommaviy o‘limining rasmiy izohi shunda ediki, vafot etganlar zalda garovga olinishi tufayli zaiflashgan yoki og‘ir kasal bo‘lgan. O’z navbatida ekspertiza xulosasida insonlar o‘limi bilan gazning qo‘llanilishi o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud emasligi qayd etilgan.
Arizachilar (garovga olinganlar yoki qutqaruv operatsiyasi vaqtida halok bo‘lgan garovga olinganlarning qarindoshlari)ning jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi keyingi murojaatlari va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’volari rad etildi. Arizachilar Inson huquqlari bo‘yicha yevropa sudiga murojaat qilishga qaror qilishadi.

Download 178.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling