1. Ushbu shikoyat Qo'mita tomonidan ko'rib chiqilishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?


Ariza beruvchining Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudiga shikoyat qilishi uchun qanday talablar mavjud?


Download 178.91 Kb.
bet4/38
Sana09.11.2023
Hajmi178.91 Kb.
#1760362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
1. Ushbu shikoyat Qo\'mita tomonidan ko\'rib chiqilishi uchun qand-fayllar.org

1. Ariza beruvchining Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudiga shikoyat qilishi uchun qanday talablar mavjud?
2. Bu holatda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun qanday talablar qo'yiladi? 3. Vanada shtati sudining xulosasiga huquqiy baho bering.
4. Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi bu holatda qanday qaror qabul qilishi kerak? Javoblaringizni asoslang.

Javob:
1. Ariza beruvchining Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudiga shikoyat qilishi uchun qanday talablar mavjud? Ariza beruvchining Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudiga murojaat qilish huquqi mavjud. Unga qo’yilgan talablar ham quydagilardan iborat: Inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo'yicha Yevropa konvensiyasi nafaqat inson huquqlari doirasidagi asosiy huquqlami e’lon qildi, balki ulami himoya qilishning o'ziga xos mexanizmini ham tashkil etdi. Dastlab, ushbu mexanizm uchta organdan iborat edi: Inson huquqlari bo'yicha Yevropa komissiyasi, In son huquqlari bo'yicha Yevropa sudi va Yevropa kengashining Vazirlar qo'mitasi. 1998-yilning 1-noyabridan Yevropa konvensiyasining 11-sonli protokoli kuchga kirishi bilan Inson huquqlari bo'yicha Yevropa komis siyasi, Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi bitta, doimiy faoliyat yurituvchi organ - Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudiga birlashtirildi. Uning joylashgan joyi sifatida Strasburgdagi Inson huquqlari saroyi (Fransiya) tanlandi, Yevropa Kengashi ham shu yerda joylashgan. Dastlabki tizimga muvofiq, individlar yoki Konvensiya a’zolari bo'lgan davlatlar tomonidan taqdim etilgan shikoyatlar dastlab Inson huquqlari bo'yicha Yevropa komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilgan va u shikoyatlarni maqbulligi bo'yicha ko'rib chiqqach, u maqbul deb topilsa yakuniy, majburiy hal qiluvchi qarorini qabul qilish uchun Sudga berilgan. Agar ish Sudga berilmasa, u Vazirlar qo'mitasi tomonidan hal etilgan. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab, Komissiya tomonidan maqbul deb topilgan shikoyatlami murojaat qiluvchi laming o'zlari Sudga berishlari mumkinligi huquqi berildi. Konvensiyaga qo'shimcha 11-Protokol kuchga kirgandan boshlab, mazkur Komissiya faoliyatiga dahldor barcha vazifalar Sudning o'ziga yuklatildi va hozirda individlar to'g'ridan-to'g'ri Sudga murojaat qilishi mumkin. Sudning o'zi shikoyatning daxldorligi va maqbulligini ko'rib chiqadi. Yevropa konvensiyasiga binoan, Sud dastlab faqat taraflar o'rtasidagi nizolar bo'yicha yurisdiksiyaga ega edi, xolos. 1970-yilda Konvensiyaga doir Protokol kuchga kirganligi natijasida mazkur Sud maslahat yurisdiksiyasiga ham ega bo'lgan. Konvensiyaga muvofiq, bu Sudga individlar, ya’ni ayrim shaxslar murojaat qilish huquqiga ega. Umuman, bu sud insonni xalqaro huquqning cheklangan subyekti sifatida e ’tirof etishga asos bo'ladigan yurisdiksiyaga ega. Y a’ni, bilamizki, xalqaro huquqqa muvofiq, individlar o 'z davlati ustidan BMTning Xalqaro sudiga murojaat qilish huquqiga ega emaslar, chunki ushbu Xalqaro sudning Statuti individlami Sudning tomonlari sifatida e ’tirof etmaydi. Ammo, Yevropa sudi, birinchi o'rinda, individlaming murojaatlarini ko'rib chiqish uchun tashkil etilgan bo'lib, bu sohada samarali sudlov tizimi hisoblanadi. Sudga, shuningdek, boshqa davlatlaming fuqarolari ham murojaat etishi mumkin, agar ulaming huquqlari Sudning yurisdiksiyasini tan olgan davlatlar hududida buzilgan bo'lsa;
2. 03.09.1953 kuchga kirgan Inson huquqlari bo’yicha Yevropa konvensiyasining II bo’limi 34- moddasiga binoan Inson huquqlari bo’yicha yevropa sudiga yakka tartibda indivudial shaxslarning murojaat qilish huquqi borligi keltirib o’tilgan bo’lib, unda: 34-modda, idivudial ilovalar. Sud har qanday shaxs, nodavlat notijorat tashkiloti yoki shaxslar guruhining Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan Konventsiyada yoki uning Protokollarida belgilangan huquqlarning buzilishi natijasida jabrlanuvchi deb da'vo qilingan arizalarni qabul qilishi mumkin. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu huquqni samarali amalga oshirishga hech qanday tarzda to'sqinlik qilmaslik majburiyatini oladilar. Demak ushbu moddaga binoan Vanada davlati fuqarosi Rodrigues agar davlati Inson huquqlari bo’yicha yevopa konvensiyasi va protokolllariga a’zo bo’lgan bo’lsa yevropa sudiga murojaat qilishi mumkin.
Ushbu konvensiyaning 35-moddasiga ko’ra: Arizani qabul qilish talablari. 1. Sud ushbu masalani xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalariga muvofiq barcha ichki himoya vositalari tugatilgandan keyingina va yakuniy qaror qabul qilingan kundan boshlab to'rt oylik muddat ichida ko'rishi mumkin. 3. Sud 34-moddaga muvofiq berilgan har qanday individual arizani qabul qilib bo'lmaydigan deb topadi, agar u:
a) ariza Konventsiya yoki unga Protokollar qoidalariga mos kelmaydigan, ochiqdan-ochiq asossiz bo'lsa yoki individual ariza berish huquqini suiiste'mol qilsa; yoki
b) agar Konventsiya va unga tegishli Protokollarda belgilangan inson huquqlariga rioya qilish arizani mohiyatan ko'rib chiqishni talab qilmasa, arizachi jiddiy kamchilikka duchor bo'lgan bo’lsa.

Download 178.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling